O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Tayanch so’zlar:
Uqtirish, irodaviy xislatlar, psixologik tayyorgarlik, intiluvchanlik, 
taktikaviy tayyorgarlik, onglilik, intizomlilik, enstiklopedik lug’at, 
pedagogik jarayon.
 
O’z-o’zini nazorat qilish savollari: 
1.Sportchida irodaviy xislatlarni tarbiyalashda usullar va vositalar 
qanday ahamiyatga ega 
2.Ma’naviy-irodaviy va psixologik tayyorgarlik jarayonida necha 
vazifalardan iborat 
3.O’yin boshlanishida ham jarima to’pini otish sabablari 
4.Yetuk sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish amaliyoti 
5.Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlik maqsadi va vazifalari 
6.Insonning irodaviy xislatlari nimalardan iborat 
7.Ma’naviy ifodani tarbiyalashning asosiy yo’llari 
Adabiyotlar: 
1.Semashqo N.V. Basketbol. - Uchebnik dlya IFK. M., FiS, 
2.Sokolova N.D. Uprajneniya primenyaemie pri obuchenii lovli i 
peredachi myacha v basketbole. Metod.rekomendastii. T., 1993 
3.Sokolova N.D. Uprajneniya primenyaemie pri obuchenii broskov 
v basketbole. Metod.rekomendastii. 1996 
4.Sokolova N.D. Primenenie nekotorix variantov pozitsionnogo 
napadeniyapri igre v basketbol. Metod.rekomendastii. T., 1998 
5..Qasimov A.Sh., Rasulеv O.T, Ismatullaеv X.A. Baskеtbol. 
O’quv qo’llanma. Toshkеnt,1986-y. 
Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012 
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
4.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 
 


132 
XI-BOB. YUQORI MALAKALI BASKETBOLCHILARNI 
TAYYORLASHNI O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
Sportchilarning mashq qilish jarayonini aniqlashda sport taqvimi 
muhim o’rin tutadi. Uslubiy nuqtai nazardan sport taqvimini mashq 
qilish jarayonining ob’ektiv sabablarini e’tiborga olib tuzish lozim. 
Faqat shundagina u mashg’ulotlarning yuqori bo’lishiga ko’maklashadi. 
Yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda taqvim yo’lining ko’p 
qismini mausobaqalar egallaydi. 
Bunda ular javobgarlik darajasining ahamiyatini his etadi va mashq 
qilish davrini tegishli xususiyatlarga bo’lib chiqishadi. 
Tayyorgarlik ko’rish davrida mashq qilishni cheklangan javobgarlik 
bilan o’tkazish o’rinilidir, mashq qilish jonli ifodalangan va nazorat 
mashq qilish yo’nalishida bo’lishi kerak. Bu davrda, qoidaga ko’ra, 
qatnashadiganlar 
maxsus 
oldindan 
mashq 
qilmasdan, 
asosiy 
musobaqalarga tayyorgarlik fonida buladi. 
Keyingilari musobaqalar chegarasi jarayonida taqsimlanadi. 
Ob’ektiv mumkin bo’lgan o’tish muddati “forma”ga binoan. O’tish 
davri odatda majburiy musobaqalardan ozod bo’ladi. 
Tayyorgarlik kurish davri ikkita yirik “umumiy tayyorgarlik” va 
“maxsus tayyorgarlik” bosqichlariga bo’linadi. Birinchi bosqichning 
asosiy yo’nalishini - tashkil etish va takomillashtirishdagi dastlabki 
sharti qaysiki, sport formasini tuzish bazasidadir. 
Dastlabki shartlarning eng muhimi organizmning funksional 
imkoniyatlarining umumiy darajasini ko’tarilishidan iborat. Mashq 
qilishning etakchi qismini umumiy tayyorgarlik ko’rish tashkil etadi. 
Lekin solishtirma og’irlik umumiy tayyorgarlikka ko’ra har doim ham 
maxsus jismoniy tayyorgarlikdan ustun keladi degani emas. Ularning 
konkret mutanosibligi sportchini oldindan tayyorgarlik ko’rganligiga 
bog’liqligi muhimdir. Umumiy tayyorgarlikning birinchi bosqichida 
keyingi o’yinlarga ko’ra, ancha yaxshi o’ringa ega bo’lish adolatdan 
bo’ladi. 
Maxsus tayyorgarlik ko’rish bosqichida mashq qilishni boshqacha 
tuzumini shunday tashkil qilish lozimki, aynan sportchi formasini 
saqlab qolishini ta’minlash zarur. Maxsus tayyorgarlikni alohida 
komponentlarini rivojlantirishni ta’minlaydi, malaka va mahoratni 
o’zlashtira olishi yoki uni qayta qurish, bular tanlangan sportning 
texnika va taktika tarkibiga kiradi. Bunda asosiy vosita bo’lib, tanlangan 
yo’naltirilgan mashqlar xizmat qiladi. Musobaqalararo mashqlar 


133 
chegaralangan hajmda qo’llaniladi va eng asosiysi bo’ladigan musobaqa 
harakatlarini forma modelida xizmat qiladi. Birinchi bosqichda mashq 
qilishning umumiy dinamika tendensiyasi sekin-asta uyin hajmi va 
jadalligini ortishi bilan xarakterlanadi. 
Ish yuklatishning dinamika tendensiyasi har xil tarzda namoyon 
bo’ladi, mashqlar turiga va ularni mashq qilishga belgilashga bog’liqligi 
bilan xarakterlanadi. Ish yuklatish dinamikasini tayyorlov mashqlarni 
ko’pgina me’yorlirini xarakterlaydi, bu esa o’z navbatida ish 
qobiliyatini har xil rivojlanishiga yunaltirilgan. Mashqlarga kelsak, 
ularning hajmi, ayniqsa birinchi bosqich doirasida oshib boradi, kelgusi 
musobaqalarni modellashtiradi. Jadallikning esa eng boshidan, adekvat 
sport natijalarining darajasiga yaqinlashib boradi. 
Ushbu mashqlarni birinchi bosqichga kiritishda ish yuklatishni 
sekin-asta ko’paytirib borishda umumiy tendenstiyani buzilishiga yo’l 
qo’ymasdan olib borish lozim. 
Birinchi bosqichning mezostikllarini namunaviy shakllari-“ichga 
tortuvchi” va “baza”lidir. Baza mezostikli, keyingi bosqichlarga 
nisbatan, tez-tez ma’lum davomiylikka ega bulib, bu ish yuklatishni 
jadalligini eng past darajasini belgilaydi. Ushbu namunaviy mezosikl 
soni o’yinchini oldindin mashq qilganligi darajasiga tayyorgarlik 
davrining umumiy davomiyligiga bog’liqdir. 
Maxsus tayyorgarlik ko’rish bosqichida mashq qilishning 
boshqacha tuzishni shunday tashkil etish lozimki, aynan sportchi 
formasini ta’minlashni vujudga keltirish kerak. Agar birinchi bosqichda 
uning fundamentalligi yaratilgan va yaxshilangan bulsa, endilikda esa 
ular bir joyda to’planib, birga bo’lishi kerak. Mashq qilishni 
mazmunining barcha tomonlarini shunday tashkil etish kerakki, maxsus 
mashq qilishni yuqori tezligini rivojlantirishni chuqu va takomillashgan 
texnika-taktika mahoratini tashkil etish lozim. 
Tayyorgarlik ko’rish davrini tugaganida musobaqalar mashqida 
ko’proq muhim o’rinni egallaydi. Shu bilan birgalikda ular tayyorgarlik 
ko’rish xarakterini yo’qotmaydilar. (chamalash nazorat-mashq qilish 
musobaqalar) va mashq qilish tizimi asosiy musobaqalarga tayyorgarlik 
ko’rish vositasidir. Ushbu maqsadlarga nazorat-tayyorlov mezodavri 
xizmat qiladi, o’z ichiga cheklangan mas’uliyat qatorini oladi. 
Mashq qilishda ish yuklatishning ikkinchi bosqich davomida ortib 
borishi davom etadi, lekin barcha parametrlarda emas. Avvalombor 
mutloq jadal maxsus-tayyorlov va musobaqa mashq qilishda ortadi, bu 
esa qisqara boradi. 


134 
Vazifalar hajmini qisqarishi oldin umumiy tayyorlov mashqlarida 
ro’y beradi. Ushbu tarzda maxsus tayyorlov mashqlarning hajmi 
ko’payib borishi davom etadi. 
Mashqning umumiy tig’izligini oshirish hisobiga yuklatilgan 
topshiriqlar dinamikasining o’rtacha “to’lqinlari” odatda ikkinchi 
bosqichda 3-4 haftagacha qisqartiriladi. Unga muvofiq ravishda 
mashqlar mezostikllarining tuzilmasi o’zgaradi, ularga tez-tez “zarbali” 
va “nafas rostlash” mikrosikllari kiritiladi. 
Agar tayyorgarlik davridan so’ng darhol o’ta mas’uliyatli 
musobaqalardan biri bo’lsa, unda tayyorgarlik bosqichining yakuniy 
qismi musobaqaoldi mezostikli ko’rinishida o’tkaziladi. Bunda bo’lajak 
startlar uchun aniq shart-sharoitlarni modellashtirish uchun shunday 
topshiriqlar va hordiq ritmini yaratishga intiladiki, bu ushbu 
musobaqalarga sportchining o’sha yuqori ishchanlik holatida olib 
borilishi lozim. 
Tayyorgarlik davri variantlari. Tayyorgarlik davri tuzilmasini 
umumiy holda tarkibi bosqichning umumiy davomiyligi, musobaqalar 
taqvimining alohida xususiyatlari va boshqa xildagi mezostikllar tizimi 
sifatida tasavvur etish mumkin. U to’liq bo’lganidek qisqartirilgan 
bo’lishi ham mumkin. 
Uzaytirilgan tayyorgarlik bosqichiga ega bo’lgan mashqning yillik 
sikli sharoitlarida yuqori malakali sportchilar uchun namunaviyligi 
maqsadga muvofiqdir. Bunda optimallikning umumiy mezoni bo’lib, 
tayyorgarlik davri natijasida erishilgan sport natijalari xizmat qiladi. 
Odatda, u o’tgan mashqlar mikrostiklining eng yaxshi ko’rsatkichlarini 
oshirishi yoki mazkur darajaga jips yaqinlashishi lozim. 
Mana bo’lishi mumkin bo’lgan variantlardan ba’zilari: 
1.
Yillik stikldagi qisqartirilgan tayyorgarlik davri varianti: 
tortiluvchi MZS - negizli MZS (rivojlanuvchi) - nazorat - tayyorlovchi 
MZS - negizli MZS (musobaqaoldi elementlari bilan). 
2.
Tayyorgarlik davrining ikkinchi yarim yillikdagi varianti: 
tortiluvchi MZS - negizli MZS - musobaqaoldi MZS. 
3.
Qo’shaloq stikl varianti (ikkinchi tayyorgarlik vaqti boshlanishi 
o’tish davrsiz): negizli MZS (umumtayyorgarlik) - negizli MZS 
(maxsus tayyorgarlik) iusobaqaoldi MZS. 
Musobaqalar davrini belgilash xususiyati. Ushbu davr mobaynida 
mashq qilishning kelajakdagi vazifalari yuqori sport natijalariga 
erishishni qo’lga kiritilgan sport formasini amalga oshirish uchun eng 
qulay sharoitlar yaratib berishdir. Davr davomlik bo’lsa (bir emas, bir 


135 
necha sport musobaqalarini o’z ichiga olsa), bundan tashqari sport 
formasini saqlinishini ta’minlash masalasi tug’iladi. 
Musobaqalar 
davridagi 
tayyorgarlik 
tomonlarining 
asosiy 
yo’nalishlari quyidagicha ta’riflanadi. Jismoniy tayyorgarlik ko’rish 
ta’rifi bevosita oxirgi musobaka vazifalari tusini oladi. Maxsus mashq 
qilishning maksimal yutuqlariga erishgan bo’lib, uni shu darajada 
saqlab turish va erishilgan umumiy mashq qilishni quvvatlab turish 
uchun yo’naltirilgan. Texnik-taktik tayyorgarlik mumkin qadar 
tanlangan musobaqalar turli faoliyatini takomillashtirishini ta’minlaydi. 
Bir tomondan, avvalgi mahorat va bilimni mustahkamlashni 
mo’ljallaydi, 
boshqa 
tomondan 
esa, 
ularning 
variantlarini 
ko’paytirishga, ingichka jilo berish yo’li bilan sport kurashida har xil 
sharoitlari qo’llaniladi. Maxsus psixologik tayyorgarlik ko’rishda 
muhim ahamiyatga ega bo’lib, bevosita musobaqaga tayyorlaydi. 
Maxsus fiziologik va emostional fonni tashkil etgan vaziyat 
vamusobaqa jarayonining o’zi, mashqqilish mashg’ulotlarining kundalik 
ta’sirini kuchaytiradi. 
Chiqishlar tezligi vamusobaqalarning soni anik sharoitlar va 
sportchining malaka darajasiga bog’liq. 
Tayyorgarlik ko’rishning so’nggi bosqichi mashq qilish davrining 
tugash vaqtiga to’g’ri kelishi mumkin. Agar musobaqa davri biron-bir 
mas’uliyatli musobaqadan boshlansa, keyinchalik u ichki musobaqa 
davrida takrorlanadi. Odatda bu davr bir o’rta stikldan oshmaydi. 
Faqatgina g’ayritabiiy sharoitlar bo’lib qolganda maxsus musobaqaoldi 
tayyorgarligi ikki yoki undan ortiq stiklga joriy etiladi. 
Basketbol uchun sportning boshqa olimpiya turlari kabi, 
sportchilarni 
ayrim 
tayyorgarlik 
jihatlarini 
oshirish 
zarurdir. 
Keyinchalik sportni takomillashtirish, ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga 
ko’ra boshkalardan ortda qolgan taktik va psixologik tizimlarda 
namoyon bo’ladi. 
Tizimga muvofiq tizimosti bo’lib, quyidagi jihatlar namoyon 
bo’ladi: sport ko’rsatkichlarini bashorat qilish, kuchli sportchilar 
xarakteristikasini modellashtirish saralash sport mashg’ulotlarini uslubi, 
murabbiylarni bilim va mahoratini oshirish, moddiy-texnika negizini 
ta’minlaydi. 
Tayyorgarlik tizimini takomillashtirish mashg’ulotlar jihatlarini 
yangi va eskilarini modifikastiya qilish hisobiga amalga oshiradi. 
Asosiy qilib esa jadallashtirish prinsipini ko’rsatish mumkin. 


136 
Oxirgi yillarda aniqlanganki, maxsus jismoniy va texnika 
tayyorgarlikni takomillashtirish faqatgina mashq qilish ishlarini bajarish 
hisobigi yuzaga keladi. Mashq qilish ish yuklatishlarning tuzilishi 
maxsus lokal harakatlarni bajarish hisobiga yo’naltiriladi. Mashq qilish 
ish yuklatishlarning ko’lami har bir mashg’ulotda sportchining 
imkoniyatlariga qarab aniqlanadi. 
Malakali basketbolchilar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, har 
doim ham ish yuklatish xarakteri o’ziga xos bo’lib, to’g’ri kelavemaydi. 
ko’p hollarda bir maromdagi mashq qilishlar qo’llaniladi. Vaholangki, 
zamonaviy 
basketbolga 
tezkor 
harakatlar 
to’g’ri 
keladi. 
Qo’llanilayotgan ish yuklatishlar o’z navbatida maksimal imkoniyatlar 
yurak-tomir tizimiga katta bosim olib keladi. 
Sportni takomillashtirish davrida sportchilarni texnik xislatlari va 
organizmning funksional tizimlari vaqtinchalik uzun ta’sirga duchor 
bo’ladi, natijada ular bir oz yuqori darajada barqarorlashadi. Bu holat 
oliy darajali sportchilarni tayyorgarlik davrida yuqori ko’rsatkichlarga 
erishishga undaydi. Ayni vaqtda malakali basketbolchilarni tayyorlash 
tizimida ayrim asosiy parametrlar barqarorlashadi. 
Mashq qilish va musobaqalarning ish yuklatish qator yillar 
davomida o’zgarmayapti: boshqa parametrlar bo’yicha limit, markaziy 
tayyorgarlik 7 soatgacha 3-4 marta bir kundamikrostikl tuzilmasini 
(nazariyani ham qo’shib) “4-G” va “3-1” sxemasi bo’yicha yuritiladi. 
Biroq, ushbu parametrlar ichida eng optimalini topish kerak: ish va dam 
olish; umumiy va maxsus tayyorgarlik; atletika, texnik-taktik 
tayyorgarlik, an’anaviy va noan’anaviy vosita va usullar. 
Buning uchun basketbolchilarning dinamik adaptatsiyasi jarayonini 
osonlashtirish uchun mashqlar sonini ko’paytirish kerak. 
Basketbolchilarni tayyorlash jarayonida uch bosqichli adaptatsiya 
tavsiya etiladi. Birinchi bosqich negizli tayyorgarlik, bunda yo’nalishli 
tizimlar kuchaytiriladi, asosiy bosim oshiriladi, bunda psixologik 
noqulaylik yuzaga keladi. Bu bosqichda ayniqsa, maxsus jismoniy va 
maxsus tayyorgarliklarning bir-biriga to’g’ri kelmasligi kuzatiladi. Ko’p 
murabbiylar tomonidan bu bosqichga e’tibor kuchaytiriladi. Chunki 
unda 
optimal 
chegaralar 
qo’llaniladi. 
Ikkinchi 
bosqich 
esa 
mashg’ulotlarda ish yuklatishga adaptastiya shaklida namoyon bo’ladi. 
Bunda yurak-tomir va respirator tizimi mexanizmi hisobiga bo’ladi. 
Bu bosqichning mexanizmlarini etarlicha tushunmaslik, ko’p 
hollarda murabbiylarni noto’g’ri yo’lga tushurib qo’yadi. Bunda maxsus 
tayyorgarlik dirijasi birdan pasayadi. Uchinchi bosqich barcha 


137 
adaptastiya mexanizmlarini namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Bunda 
basketbolchilar imkoniyatining namoyon bo’lishida to’siq paydo 
bo’ladi. Bu mashq qilish vositalarini kuchaytiradi, koeffistient 
qaytishini olmaydi. 
Chuqur 
mutaxassislik 
tamoyili 
tayyorgarlik 
vositalarni 
barchabosqichlarida namoyon bo’lishina taqazo etadi. Zamonaviy 
basketbolda OFN tushunchasi yo’q bo’lib ketdi. Bu tamoyil 
basketbolchilarni aniqo’yin jarayonida tayyorlashda qo’llaniladi: 
“himoyachi-o’yinchi”, 
“hujumchi-himoyachi”, 
“mobel-hujumchi”-
“taran usulidagi hujumchi” va hokazo. 
Individuallik tamoyili chukur mutaxassislik tamoyilidan kelib 
chiqadi. Bu mashqqilish ishlarini shakllarini hisobga olgan holda 
kuzatiladi: jamoa va guruh shakllaridan tashqari, yakkalik ham 
nomoyon bo’ladi. Bu tamoyilning asosini sportchi mahoratini faqatgina 
“kuchsiz bo’g’inlar”ni tortish bilan emas, balki “kuchli bo’g’inlar”ni 
rivojlantirish tashkil etadi. 
Uslubiy rejada 4 ta asosiy elementni ajratib ko’rsatish mumkin, 
o’yinni samaradorligini belgilaydigan. Jamoaning yutuq formulasi 
zamonaviy basketbolda: atletizm-texnika-fikrlash-psixik ishonchlilikdir. 
Atletizm bu poydevor, unda o’yinchilarning mohirligi namoyon bo’ladi. 
“Atletizm” tushunchasining mazmuni -kuch, harakat, tezlik, sabrlikni 
sintez qilish bilan o’lchanadi. Tezlik va aniqlik orasidagi zidlikni 
ma’lum ustunligini sifat alomatini harakatlantiruvchi aktlar yuqori 
ko’rsatkichni tashkil etish namunasi bilan ajralib turadi. 
Bu nomlari aytib o’tilgan elementlar o’zida tizimni osti jihatlariga 
ham: 
1-atletik tayyorgarlik; 
2-texnik tayyorgarlik; 
3-taktik tayyorgarlik; 
4-psixologik tayyorgarlik. 
Bu erda o’yin namuna bilan ajratib ko’rsatilgan. Chunki uham 
bo’limlarda birday kiritiladi va musobaqalar vaqtida ko’p jihatdan 
amalga oshiriladi. 
Atletik taktikaning jihatlari haqida gapirishdan oldin uning 
mazmuniy tomonini aniqlab olish kerak. Oxirgi holatda “jismoniy 
taktika” iborasi haqqoniy ishlatiladi. Bu erda jismoniy faoliyat 
harakatga keltiruvchi hislatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Bu jihat 
maxsuslashgan bo’lmoqda, shu bilan u chekka aspektda nomoyon 
bo’ladi. 


138 
Birinchidan, 
nafaqat 
jismoniy 
kuchi 
rivojlanadi, 
balki 
maxsuslashgantomnlari ham, ikkinchidan, biomexanik xarakteristika 
bo’yicha basketbolning xususiyatlarini aks ettiruvchi mashqlar 
maksimal holatda qo’llaniladi. 
Har bir yuqori malakali sportchiga, yillar davomida shakllangan 
ma’lum jismoniy sifatlarning atletik tayyorgarligi tomonlari mansub. 
Tayyorgarlikning optimal holatiga shunday erishiladiki, bunda asosiy 
e’tibor kuchsiz tomonlarni rivojlantirishga emas, balki “orqada 
qolayotgan 
tarmoqlar”ni 
o’rnini 
qoplovchi 
kuchli 
tomonni 
mukammallashtirishga qaratiladi. 
Atletik tayyorgarlikning xarakterli xususiyatlaridan biri bo’lib, 
tezkor harakatlarni bajarishga bo’lgan talabchanlikni har tomonlama 
oshirish hisoblanadi. 
Bu-sport va distansion holatdagi tezlikni oshirishda va shuningdek, 
mashqlarni bajarishdagi tezlikni umuman olganda oshirishda namoyon 
bo’ladi. Salbiy jihatlariga quyidagilarni kiritsa bo’ladi: tezlik-kuch 
sifatlarini etarli darajada rivojlantirmaslik, asosiy harakatlanish aktlarini 
bajarish texnikasining kamligi (sakrashda erdan itarilish mashqini 
to’g’ri 
bajarmaslik), 
tezlik-kuch 
xarakteristikasini 
o’ta 
mo’’tadillashtirish. 
Kamchiliklarni 
bartaraf 
etish 
bo’yicha 
quyidagi 
metodik 
yo’nalishlar tavsiya qilinadi: 
Tezlik-kuch tayyorgarligida mushak ishining turli rejimlarini 
qo’shib ishlatish; 
a) “Samarali” burchaklarga erishishda qo’l yoki oyoqni egishda 
biomexanik nuqtai nazar jihatidan “samarasiz” burchaklarni enguvchi 
tartibni izometrik tartibga qo’shib ishlatish; 
b) “Uzilish” metodik usulni qo’llash, ya’ni maksimal statistik 
kuchlanishdan maksimal tez otishga yoki zarbali harakatga tezlik bilan 
o’tish; 
v) “Inerstion” usul - katta mushak kuchlanishlaridan va sekin 
harakatdan kichik kuchlanishga va tez harakatga qadam ba qadam 
o’tish; 
g) Yon bermoq va ustun kelmoq tartibi. Bunda birinchi o’rinda, 
“chuqurlikka sakrash” mashg’ulotlari amalga oshiriladi. 
“Tezlik to’sig’i”ni quyidagi mashg’ulotlar orqali uddasidan chiqish: 
tog’dan yugurish, qiya yo’lakdan yugurish, tretbanda, tegishli vaznni 
yuklash bilan yugurish, avtolider ketidan yugurish. 


139 
Mazkur holatda vosita va usullar ihtiyoriy ko’rsatilgan. Afzaliyat 
funksional tayyorgarlik vositalariga beriladi, so’ngra kuch ishlatiladigan 
va eng so’nggida tezlikka qaratilgan mashg’ulotlarga beriladi. Atletik 
tayyorgarlik - kuchni tashkil etish yo’li bilan sportchining atletik 
imkoniyatlarini ta’minlovchi funksional bazani tashkil etishdan 
boshlanishi kerak. Faqat shundan so’nggina, e’tibor tezlik jihatlarini 
rivojlantirishga, “tezlik to’sig’ini qo’zg’atib yuborishga” va egallangan 
tezlik-kuch 
imkoniyatlarni 
o’yin 
texnikasini 
tezlik 
darajasiga 
o’tkazishga qaratiladi. Funksional tayyorgarlik vositalarining ko’lami 
juda keng. Kuchga yo’naltirilgan tayyorgarlik vositalari to’plami bir 
muncha kamroq, tezlikniki esa nihoyatda kam. Ta’sir etish 
vositalarining ko’lami qanchalik kam bo’lsa, atletik tayyoogarlikning 
ixtisoslashgan xarakteri shuncha ko’payadi. Shu munosabat bilan 
tezlikka yo’naltirilgan faoliyat eng ixtisoslashgan hisoblanadi va tezlik 
sifatlari basketbol vositalari hisobiga mukammallashtiriladi. 
Mikrosikl ichida atletik tayyorgarlik vositalarini qo’llash qat’iyan 
boshkayo’nalish kuzatiladi. Mikrosikl boshida-afzaliyat tezlikka 
qaratilgan tayyorgarlikka qaratiladi, bunda “psixik soflik” va qayta 
tiklanish fazasida kuzatilgan nerv-mushak apparati holati talab qilinadi. 
Shundan so’ng asosiy o’rinni kuchga qaratilgan tayyorgarlik vositalari 
egallaydi. Ular asos solingan tezlik fundamentini mustahkamlaydi va 
kelgusi kuchni mukammallashtiruvchi vositalarni tayyorlash uchun 
sharoit yaratadi. Mikrostikl so’nggida, chidamlilikni rivojlantirish 
vositalariga bosh rol beriladi, ular charchashning birinchi bosqichidagi 
to’liq mashg’ulotni bajarishda katta samara beradi. 
Atletik tayyorgarlik vositasi va usullarini qo’llash taktikasi konkret 
tayyorgarlik bosqichi uchun eng optimal tartibbilan aniqlanadi. 
Texnik tayyorgarlikning alohida xususiyatlariga barcha texnik 
usullarni bajarishga sarf etiladigan vaktni kamaytirish kiradi (Bu otish- 
“tezlik bilan otish”ga xos). 
Texnik tayyorgarlikning xarakterli tomoni bo’lib, makon vazamon 
xarakteristikalari 
juziy 
o’zgarishlarining 
optimal 
chegaralarini 
kengaytirish hioblanadi. Qarshilik ko’rsatish darajasini ko’tarish, 
himoya faoliyatini keng ko’lamda faollashtirish-boshida takomillanishni 
majbur qiladi. Yuqori sport maxorati bosqichida alohida o’yinchilar esa 
ishchi faza tuzilishiga tuzatishlar kiritishadi. Oliy toifadagi sportchilarga 
texnikani 
individuallashtirish 
xosdir. 
Texnik 
tayyorgarlikning 
kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 


140 
a) texnik usullarni bajarishda ega bulgan jismoniy imkoniyatlardan 
to’liq foydalanmaslik, sabablari ikkita-tezlik xarakteristikalarini o’ta 
mo’tadillashtirish va sportchilarning muvofiqlashuv imkoniyatlari 
darajasining o’ta pastligi; 
b) yagona maktabning yo’qligi va shu sababdan, sportchilarning 
texnik ta’minlanishining kamligi (ayniqsa, bo’yi uzun sportchilarning); 
v) o’yin faoliyatiga yuqori samaradorlikni beruvchi “shoh” 
usullarning individual to’plami chegaralanganligi; 
g) o’yin faoliyatining ayniqsa, raqibning kuchli qarshiligida 
otishning samaradorligining o’ta kamayishi. 
Mo’ljalga tekkazish ko’rsatkichining kamayishi o’yinning asosiy 
elementi- otishning texnikasi “to’sqinlikka chidab bermaslikdadir”. 
“To’sqinlikka chidab berish tizimsi”ni mukammallashtirish asosini 
birinchi o’rinda, tayyorgarlik fazasining juziy o’zgarish doirasini 
kengaytirish tashkil etadi. Tayyorgarlik fazasi, basketbolchining 
malakasi oshishi bilan, o’ta o’zgaruvchanlasha boradi. Chunonchi, oliy 
toifadagi basketbolchilarda mo’ljalga tegish o’zgaruvchanlik darajasiga 
bog’liq emas, ya’ni otishning tayyorgarlik fazasi o’zgaruvchan element 
hisoblanadi. Otishni amalga oshirishda “to’sqinlikka chidab berishlik”ni 
mukammallashtirishning kelgusidagi asosi qilib, ishchi fazani 
mo’’tadillashtirishni 
olmoq 
maqsadga 
muvofiq. 
Bunda 
vaqt 
parametrlarining o’ta doimiyligi asos qilib olinadi. 
Sport mahorati bosqichichda texnik mukammallashtirish jarayonida 
yuqori mo’’tadillikka erishish vazifasini va harakat ko’nikmalarining 
rastional o’zgaruvchanligi vazifasini echish bilan bog’liq. (Ular o’z 
o’rnida, texnik usullarning asosini tashkil etadi). Shuningdek, 
musobaqalarning mushkul sharoitlarida ularning samaradorligini 
oshirish vazifasini echish bilan biog’liq. Hujumga o’tish va 
himoyalanish usullarini mo’’tadillashtirish va boshqarishni oqilona 
tashkil etishgaqaratilgan basketbolchilarning texnik tayyorgarligini 
mukammallashtirish uchun, kuchli jismoniy toliqish va psixik 
keskinlikda o’tuvchi mashg’ulotlarga ko’proq e’tibor qaratish kerak. 
Taktik tayyorgarlikning texnik tayyorgarlik bilan yagona “texnik-
taktik tayyorgarlik” tushunchasiga amaliy qo’shilishi sezilyapti. 
Taktik 
tayyorgarlikning 
asosiy 
xususiyatlari 
quyidagilarda 
ko’rinadi: 
-ixtisoslashishga 
bo’lgan 
mayl 
qatorida 
universallashish, 
(“Universallashish” tushunchasi ko’proq o’ta baland bo’yli, markazda 


141 
o’ynovchilarga qo’llaniladi), taktik kombinastiyalarning saralash 
qismida va yakunlash qismida faol ishtirok etish; 
-sportchilarning intellektual imkoniyatlarini keng ko’lamda 
rivojlantirish, o’tkir musobaqador epizodlarni mustaqil anglashga ularni 
tayyorlash, axborotning kamligi va vaqtning yo’qligi sharoitida jamoa 
bo’lib improvizatsiya qilish malakasini rivojlantirish; 
-ikk-uchyillik kombinatsiyaga asoslangan taktik amaliyotni 
qo’llash; 
-himoyachilarning o’ta yuqori darajadagi qarshiligini ishlatib 
himoyaning aktiv formalarini ishlatish. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə