O’. A. Farmanov


Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlik maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

10.1. Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlik maqsadi va vazifalari 
 
Iroda muammosi inson shaxsiyati psixologiyasida muhim 
o’rinlardan birini egallaydi. Faoliyat va tarbiya jarayonida insonda 
turg’un irodaviy xislatlar shakllanadi, hamda uning muayyan 
sharoitdagi hulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, iroda muammosi 
nafaqat nazariy, balki katta amaliy ahamiyatga ham egadir. Kerakli 
irodaviy 
xislatlarni 
tarbiyalash 
muammosi 
sport 
faoliyati 
psixologiyasida o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Irodaviy xislatlarni 
tarbiyalash sport tayyorgarligi va jismoniy tarbiya vazifalaridan biridir. 
Bunda mazkur xislatlarni rivojlantirish sportchining ahloqiy tarbiyasi 
bilan uzviy bog’liq bo’ladi. 
Sportchini ma’naviy-irodaviy tayyorgarligi yaxlit pedagogik 
jarayon bo’lib, unda shaxsning ma’naviy va irodaviy xislatlarini 
rivojlanishi o’zaro uzviy bog’liqlikda amalga oshadi. Shu tariqa
sportchini ma’naviy jihatdan tarbiyalash vazifalari murabbiy pedagogik 
faoliyatining zaruriy qismini tashkil etadi. Agar murabbiy ma’naviy 
tarbiya vazifalarini jismoniy tarbiyaning zaruriy va muhim qismi 
sifatida hisoblamasa, ongli ravishda ahloqiy tarbiya vazifalarini inkor 
etsa, bu hol mashq qilish jarayonida sportchi shaxsining salbiy ahloqiy 
xislatlarini shakllanishiga olib keladi. 
Iroda-inson 
shaxsiyatining 
murakkab 
tomoni 
hisoblanadi. 
Insonning irodaviy xislatlari serqirradir. Ulardan eng muhimlari: 
a) maqsad sari intilish
b) tashabbuskorlik; 
v) intizomlilik; 


130 
g) qat’iyatlilik; 
d) matonat; 
e) maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlarni engish qobiliyati. 
Shu xislatlarni o’ziga xos xususiyatlari borki, ular tarbiya usullariga 
ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Sport bilan shug’ullanish sportchidan zarur 
bo’lganda iroda kuchini namoyon qilishni talab etadi. Bu jarayon ongli 
ravishda kechadi, chunki muayyan qiyinchiliklarni engish ehtiyoji bilan 
belgilanadi. Sportchining irodaviy xislatlarini o’ziga xos tomoni 
shundaki, ular doimo biror qiyinchilik yoki to’siqlarni engishga 
yo’naltirilgan faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Sportchi tanlangan sport 
turiga muvofiq ravishda jismoniy, texnik-taktikaviy jihatdan puxta 
tayyorlangandagina qiyinchiliklarni engish mumkin bo’ladi. 
Ma’naviyatni 
shakllantirish-sportchi 
shaxsiyatini 
tarbiyalash 
asosidir. Irodaviy xislatlarning ahloqiy negizini shakllantirish 
maqsadida mashq qilish mashg’ulotlarida quyidagi usullar qo’llaniladi: 
-ahloq borasida qisqa suhbatlar o’tkazish, sportchilarga aniq 
maqsadlarni obrazli shaklda tushuntirish 
-jamoada ijobiy emotsional muhitni yaratuvchi vositalarni tanlash 
-qiyinchiliklarni asta-sekin oshirib borish va ularni engish uchun 
sharoitlar yaratish 
- ijobiy harakatlarni rag’batlantirish va salbiy holatlarni muhokama 
qilish. 
Muayyan talab tizimiga asoslangan o’rgatish usuli, (qiyinchiliklarni 
engishga, intizomga o’rgatish) ishontirish, tushuntirish, undash usullari 
ham qo’llaniladi. Ma’naviy irodani shakllantirish uchun o’quv-mashq 
qilish jarayonidan tashqari murabbiy qo’llaydigan usullar ham 
turlichadir. Sportchining ma’naviy irodasini tarbiyalash bolalik 
chog’idanok boshlanishi kerak va butun tarbiya tizimi: oila, maktab, 
jamoat tashkilotlari, sport maktabi jamoasi, murabbiy tomonidan 
amalga oshirilishi lozim. 
Ma’naviy ifodani tarbiyalashning asosiy yo’llari: 
1)
Yosh sportchini birlamchi o’smirlar jamoasida va kelgusida 
katta yoshdagi sportchilar jamoasida tarbiyalash orasidagi izchil tartibga 
rioya qilish; 
2)
Mashg’ulotlarning tarbiyaviy mundarijasini oshirish, spotchilar 
intizomiga talabchanlikni kuchaytirish, jamoaga tayanish hamda siyosiy 
va ma’naviy yo’nalishdagi ma’rifiy mashg’ulotlarni muntazam ravishda 
o’tkazib turish yo’li bilan terma jamoalarda tarbiyaviy ishlarni 
kuchaytirish; 


131 
3)
Sportchilarni qiyinchiliklarni engishga o’rgatish bo’yicha 
tayyorgarlik mashg’ulotlari; 
4)
O’quv-mashq qilish mashg’ulotlari jarayonida yuzaga keluvchi 
aniq vaziyatni tarbiyaviy maqsadlarda qo’llash (yutuqlar va 
mag’lubiyat, 
jamoadagi 
o’zaro 
munosabatlar, 
qiyinchiliklarga 
munosabat). 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə