6-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə1/7
tarix31.05.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#114493
  1   2   3   4   5   6   7
6- mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari


6-MAVZU: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari
REJA:

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va tashkillashtirishda unga oid konsepsiyaning ahamiyati. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari

  2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkillashtirishda tashkilotchi tomonidan bajariladigan ishlar.

Mavzuning vazifasi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar mazmuni bilan yaqindan tanishtirish.
Tayanch so‘zlar. Maktab, jamoa, sinf, tarbiya, tashkilot, maket, ishlanma, topshiriq.
2020-yili “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilnishi, Respublikamizda ma’naviyatga alohida e’tibor munosabati va ta’lim sohasini tubdan isloh qilish zarurati tufayli mazkur “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasi qayta ishlab chiqildi.
Konsepsiya uch bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining asoslari” deb nomlanadi. Bunda konsepsiyani ishlab chiqishning asoslari ko‘rsatiladi. Mustaqillikdan so‘ng turli sohalarda, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yangi avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘iq jarayonni qayta ko‘rib boshlanganligi fan va madaniyatning so‘nggi nuqtalari yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgani bayon etiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning samaradorlini oshirish komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay usullarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga ketirish uchun tarbiyaning asosi barcha g‘oyalarni ko‘rib chiqish, asosiy e’tibor bolalarga qaratilishi, ijobiy tajribalardan unumli foydalanish keltirib chiqiladi.
Konsepsiyaning ikkinchi bo‘limi “Tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsad va vazifalari» deb nomlanadi, unda tadbirning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda boy milliy, ma’naviy – tarixiy an’analarga, urf-odatlari umumbashariy qadiriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir, deya ko‘rsatiladi.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratligi ta’kidlanadi. Belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni amalga oshirish uchun yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Shu bilan birga tarbiyaning asosiy tizimi ko‘rsatiladi.
Konsepsiyaning uchinchi bo‘limi. “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakl va uslublari. Erkin tafakkur yurituvchi shaxslarni tarbiyalash” deb nomlanadi. Bunda vatanparvar va komil inson tarbiyasi mazmuni alohida yoritib beriladi. Vatanparlik tuyg‘usini o‘quvchilarda shakllantirishning zamonaviy uslublari haqida fikr yuritiladi. Konsepsiyada o‘quvchilarga beriladigan huquqiy, iqtisodiy, ekologik, estetik, jismoniy tarbiyalar mazmuni va ularni sinfdan, maktabdan tashqari tadbirlar jarayonida tashkil etish yo‘l va shakllari haqida atroflicha to‘xtab o‘tilgan. O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularga iqtisodiy bilimlar berish masalari ham yoritilgan.
Uchunchi bo‘limda iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash, ularni tarbiyalash, mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Konsepsiyada erkin fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash, ayniqsa o‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi, ularni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalashga imkoniyat yaratish masalari ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini amalga oshirishning ilmiy-metodik ta’minotiga, konsepsiyani amalga oshirishning samaradorligi xalq ta’limi barcha tizim faoliyatlariga, mahalliy sharoitlarga moslab, uni amalga oshirish bog‘liqligi masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratilgan.



Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə