6-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə3/7
tarix31.05.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#114493
1   2   3   4   5   6   7
6- mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

«Maktab – o‘qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchilarga ta’lim beradigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan o‘quv-tarbiya muassasasi. Maktablarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Beriladigan bilimlarning xarakteriga ko‘ra – umumiy va kasbiy maktablar;
2. Beriladigan bilimlarning ko‘lamiga ko‘ra – boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, oliy maktablar;
3. Maktabning kim tomonidan ta’minlanishi va boshqarilishiga ko‘ra – davlat, xususiy, jamoa maktablari;
4. Ta’lim oluvchilarning jinslariga ko‘ra – aralash (ayollar va erkaklar), faqat ayollar (Xotin-qizlar bilim yurtlari), va faqat erkaklar (o‘g‘il bolalar) maktablari;
5. Ta’lim oluvchilarning e’tiqodlariga ko‘ra – dunyoviy va diniy maktablar;
6. Ta’lim oluvchilarning o‘quv muassasalarida bo‘lishiga ko‘ra - qatnab o‘qiydigan va tunab qolinadigan (internat) maktablar.
Bundan tashqari, yo‘nalishlar (sohalar) yoki oqimlar bo‘yicha maktablar bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekistondagi matematiklar maktabi, O‘zbekistondagi informatiklar maktabi, ayrim hollarda buyuk olimlar, shoirlar, akademiklar maktablari (Al Xorazmiy nomidagi maktab, akademik S.Sirojiddinov nomidagi matematiklar maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim nomidagi, H.Xudoyberdiyeva nomidagi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktablari va h.k) – bular ilmiy maktablar. Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek rasadxonasidagi faoliyatlar ham ilmiy maktablar sirasiga kiradi. Ayniqsa, buyuk olimlarimizga nisbatan «Maktab yaratgan olim» degan ulug‘ nom shular jumlasidandir.
Maktab pedagogikasi – oilaviy o‘rta maktabda o‘quvchilarga ta’lim berish va tarbiyalashning qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika bo‘lib, umumiy maktablarning yuqori sinf o‘quvchi yoshida bo‘lgan bolalar, o‘quv – tarbiyaviy jarayonining o‘ziga xosligini tadqiq etadi.
Maktabdan tashqari ta’lim – bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim.

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə