6-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari reja


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə5/7
tarix31.05.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#114493
1   2   3   4   5   6   7
6- mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:

  1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

  2. Milliy mafkurani singdirish.

  3. Umuminsoniy qadriyatlarga hurmat.

  4. Milliy qadriyatlar.

  5. Milliy urf – odatlar.

  6. Tabiatga muhabbat

  7. Jamiyat qoidalari.

  8. Ma’naviy tarbiya (axloq va odob).

  9. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

  10. Intellektual salohiyatni yuksaltirish.

  11. Mehnatga ongli yondashuvni tarkib toptirish.

  12. Ijtimoiy foydali mehnatning mohiyatini anglatish.

  13. Oila tarbiyasi.

  14. Fuqarolik tarbiyasi.

  15. Ma’naviy immunitetni oshirish tarbiyasi.

  16. Iqtisodiy tarbiya.

  17. Ekologik tarbiya.

  18. Go‘zallik tarbiyasi.

  19. Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).

  20. Ota-onalar bilan ishlash.

Yuqoridagi omillarga tayangan holda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvoffiqdir.

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning rejasi umummaktab rejalariga mos bo‘lishi.

  2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi

  3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmunida milliy tarbiya ruhi sezilishi.

  4. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar zamon bilan hamnafas ruhda olib borilishi.

  5. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar uchun tanlanayotgan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi.

  6. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi mazmunidan chetga chiqmasligi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar qiziqishlariga asoslanishi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tarbiya tamoyillariga mos bo‘lishi.

  7. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni bilan ota–onalarning yaqindan tanish bo‘lishi.

  8. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar jamoatchilik fikriga uyg‘un bo‘lishi.

  9. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar jamoatchilik tashkilotlarining rejalarini boytishi.

  10. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar izchillik va uzliksizlik tamoyillarga qurilgan bo‘lishi.

  11. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning yosh davrlar xusisiyatlarini chetlab o‘tmasligi

  12. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlarini tanlashda o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasiga e’tibor qaratilishi.

  13. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning bilim darajasiga mos bo‘lishi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi o‘ziga yuklatilgan bir qancha vazifalarini bajarishi kerak bo‘ladi. Bular:

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining saviyasini o‘rganib chiqishi;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining yoshlarini va uning xususiyatlarini bilishi;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mavzulari qay darajada talabga javob berishini o‘rganishi;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilar tashkilotlari va sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yilganligini nazorat qilishi;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatishi;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari faoliyatiga xolisona yondashish va yordam berish;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ota-onalarning yordamini inobatga olish va ularga uslubiy yordam berish;

  • Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar samarali yakunga ega bo‘lishi uchun sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish.

- Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ya’ni umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
- Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
- Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar doimiy ravishda bir–birini to‘ldirishi va boyitishiga e’tibor qaratishi maqsadga muoffiqdir

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə