6-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari reja


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə2/7
tarix31.05.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#114493
1   2   3   4   5   6   7
6- mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari
Respublikada qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020)da sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilashga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etilgan to‘garaklarda, jumladan, fan to‘garaklarida o‘z faniga qiziqqan o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlar tashkil etish o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada o‘stiradi.
Sinfdan tashqari ishlarni quyidagi to‘garaklarda tashkil etish mumkin: fan to‘garaklari “Mohir qo‘llar” to‘garaklari; “Duradgorlik” to‘garagi; turli sport to‘garaklari; “Badiiy havaskorlik to‘garagi” va hokazolar.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarrni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar va o‘smirlar sport maktablari, musiqa va san’at maktablari, yoshlar ijod saroylari, yosh texniklar klublari, yosh tabiatshunoslar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi sifatiga faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” bu ishlarni va amalga oshirishda asos bo‘ladi.
Konsepsiyada hozirgi paytda axloqiy va ma’naviy jihatdan ishlarni o‘smirlar orasida kuchaytirish zarurligi, axloqsiz ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmasligini anglatish maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari oldida doimo umuminsoniy axloq qoidalari asosida yoshlarga tarbiya berish zarurligi uqtirilgan. Konsepsiyada vatanparvar va baynalminal komil inson tarbiyasi huquqiy, iqtisodiy, tabiiy, ekologik tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash, mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mazmuni va ularni amalga oshirish yo‘llari haqida atroflicha fikr yuritiladi.
Ta’lim–tarbiyaning jiddiy muammolarini aniqlash, uzluksiz amaliy tarbiya mazmuni asoslarini yaratish, maktablar, maxsus bilim yurtlari, texnikum va kollejlar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari faoliyatini yaxshilash mezonlarini ishlab chiqish bugungi kun talabidir. Buning uchun quyidagi tadbirlarga e’tibor aratish lozim bo‘ladi: tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish; tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, tarbiyaviy ishlarni hal qilish uchun respublikaning barcha kuchlari O‘zbekiston FA, oliy o‘quv yurtlari, fan tarmoqlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy pedagogik bo‘limlar faoliyatini birlashtirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda, ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda har bir tarbiya jarayonining mazmun-mohiyatini chuqur anglab, so‘ngra uni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni shakllantirishga alohida urg‘u berish orqali o‘qituvchidan alohida mahorat talab qilinadi.
Bolalarning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga maktab jamoasi, oila va jamoat tashkilotlari birdek javobgar bo‘lganliklari sababli ham bo‘lajak o‘qituvchilarni bu boradagi bilimlar bilan qurollantirish pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu mavzu doirasida yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar bilan talabalarni yana bir bora tanishtirib, o‘tgan mavzularda berilgan ma’luumotlar qisman qaysidir ma’noda takrorlansa ham, ularga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildik.

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə