6-mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari reja


Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə4/7
tarix31.05.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#114493
1   2   3   4   5   6   7
6- mavzu Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari – «faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan, bolalar, o‘smirlar, ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar sog‘lomlashtirish muassasalari.» kiradi.
Ta’lim muassasalariga rahbarlik qilishning eng asosiy tamoyillaridan biri bu, albatta, rejalilik tamoyilidir. Bu tamoyil yordamida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va uzluksizlikka erishiladi. Bu esa jamoa tomonidan olib borilayotgan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning istiqbolli tomonlarini ko‘rsatib turadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi hamkorlik tizimi asosida rejalashtirilishi pedagogik samaradorlikka erishtiradi. Bular:
- tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida;
- sinf rahbarlari ishtirokida;
- metodik birlashmalar ishtirokida;
- tajribali o‘qituvchilar ishtirokida;
- maktab kutubxona rahbariyati ishtirokida;
- o‘quvchi-yoshlar tashkiloti yetakchilari ishtirokida;
- o‘quvchilar uyushmasi rahbarlari ishtirokida;
- ota-onalar qo‘mitasi a’zolari ishtirokida;
- to‘garak rahbarlarining ishtirokida;
- yoshlar saroylari xodimlari ishtirokida;
- yosh texniklar saroylari xodimlari ishtirokida;
- yosh tabiatshunoslar uylari xodimlari ishtrokida;
- turli sport to‘garak va maktablarining murabbiylari ishtirokida;
- san’at va musiqa maktablarining o‘qituvchilari yordamida tuzish va bu rejani maktabning yig‘ilishida muhokamadan o‘tkazib tasdiqlatib olish kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga egaligi B.Normurodova tomonidan tayyorlangan «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmada quyidagicha bayon qilingan. Bu

  1. “Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o‘rganish.

  2. O‘quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.

  3. Kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.

  4. O‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.

  5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog‘chada sodda holda qo‘llaniladi.

Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o‘xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib, maqsadga erishtira oladi.»

Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə