O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOAT BIRLASHMALARI
TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son
“O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish
to‘g‘risida”gi
Qonuniga
asosan “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli
kelishikda “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR” degan so‘zlar tegishli kelishikda
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Oldingi
tahrirga qarang.
Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga va O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasiga
asoslanib,
ushbu Qonunda fuqarolarning
jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida
mustahkamlab qo‘yiladi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi 664-
XII-son
Qonuni
tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son,
363-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
39
,
69 70-
moddalari
.
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat,
iqtisodiyot, ijtimoiy
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning
boshqa sohalaridagi
qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan
fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga
kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari,
xotin-
qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo‘lgan
shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-
sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar,
ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar
uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat
birlashmalari deb e’tirof etiladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil
17-maydagi
O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
74-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to‘g‘risida”gi Qonunining
11-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko‘zlaydigan yoxud boshqa
korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko‘maklashadigan
kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga,
diniy tashkilotlarga,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish
va faoliyat ko‘rsatish tartibi boshqa qonunchilik bilan belgilanadigan o‘zga
organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “
Kooperatsiya to‘g‘risida
”gi, “
Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida
”gi va “
Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida
”gi qonunlariga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.