O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmasining ustavi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
223-XII 15.02.1991

10-modda. Jamoat birlashmasining ustavi
Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak:
1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o‘z faoliyatini 
amalga oshiradigan hudud;
3) jamoat birlashmasi a’zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar 
birlashma ro‘yxatda qayd etiladigan a’zolarga ega bo‘lsa, bunday hollarda 
undan chiqish shartlari va tartibi;
4) jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)ning huquqlari va 
burchlari;
5) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar idoralarining 
vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
6) jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlarining mablag‘lari va 
boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta’minlanish manbalari;


(10-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-
iyuldagi 664-XII-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi
1992-y., 9-son, 363-modda) 
7) jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda joylashganligi;
8) jamoat birlashmasi ustaviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish 
tartibi;
9) jamoat birlashmasi faoliyatini to‘xtatish tartibi. 
Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham 
ko‘zda tutilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunchilikka zid 
bo‘lmasligi kerak. 
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat 
tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 
3-iyuldagi 664-XII-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 
1992-y., 9-son, 363-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini 
ro‘yxatga olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan 
belgilanadi. 
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va 
undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga 
oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar 
hokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.


(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-
yil 25-apreldagi 421-I-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 
1997-y., 4-5-son, 126-modda) 
Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olish uchun ustav qabul 
qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi 
rahbar idorasi a’zolari tomonidan imzolangan va shu a’zolar har birining 
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, istiqomat joyi ko‘rsatilgan 
ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta’sis syezdi 
(konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish protokoli, ushbu Qonunning 
6
 va 
8
-
moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova 
qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ustavni ro‘yxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab 
bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-
yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 
50-son, 588-modda) 
Jamoat 
birlashmalari 
ustavlariga 
kiritilgan 
o‘zgarishlar, 
qo‘shimchalar ham ustavlarni ro‘yxatga olish tartibi va muddatlariga 
muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga oluvchi idoralar ana shu 
birlashmalar ro‘yxatini tuzib boradilar.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning 
ustavlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab 
qo‘yilgan tartibda o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va fuqarolik 
qonunchiligiga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin. 
(11-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning bo‘linmalarining 
filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq 
bo‘linmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari 
(shu jumladan ommaviy harakatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida va uning joylaridagi idoralarida o‘z ustavlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazmagan bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.


(11-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 
1992-yil 3-iyuldagi 664-XII-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Kengash 
Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 363-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji 
undiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-
dekabrdagi 
PQ-2085-sonli 
“Fuqarolik 
jamiyati 
institutlarini 
rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 
qarori

(11-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-
yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 
52-son, 513-modda 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə