Umumiy qoidalar



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI 
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda; 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son, 150-modda) 
UMUMIY QOIDALAR 
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning 
ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik 
jamiyati qurmoqda. 
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini 
ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va 
ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan 
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi 
va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va 
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi 
«Ta’lim 
to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Қонунининг qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning 
tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak 
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda 
mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari 
surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. 
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol 
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda 
tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik 
va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his 
etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə