Umumiy qoidalar



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

3.2. DAVLAT VA JAMIYAT 
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, 
yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining 
faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: 
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlari ro‘yobga 
chiqarilishiga; 
Majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim 
olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; 
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim olish huquqiga; 
Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; 
Ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; 
Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar. 
3.3. UZLUKSIZ TA’LIM 
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori 
malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 


3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari 
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish printsiplari quyidagilardan iborat: 
ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, 
bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; 
ta’limning demokratlashuvi ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv yurtlari 
mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi; 
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga 
nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar 
ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining 
uyg‘unlashuvi; 
ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, 
ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; 
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-
odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, 
ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va 
madaniyatini hurmatlash; 
ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan 
insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; 
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda 
fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
3.3.2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish 
Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: 
ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim 
va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; 
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish; 
ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, 
iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda 
ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o‘zgartirish; 
majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini 
ta’minlash; 
maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish 
integratsiyalashgan yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish; 
ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el 
investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish 
bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv 
tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy 
qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim 
oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; 
ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini 
rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish; 
ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va 
jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va 
xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni 
amalga oshirish; 
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy 
etish; 
ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta’minlash 
mexanizmlarini shakllantirish; 
uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta 
mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish


ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni 
kengaytirish va rivojlantirish; 
tub yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o‘z ona 
tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish; 
ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va 
sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish. 
3.3.3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari 
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli 
darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z 
ichiga oladi: 
maktabgacha ta’lim; 
umumiy o‘rta ta’lim; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
oliy ta’lim; 
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
maktabdan tashqari ta’lim. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz 
yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. 
Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil 
o‘tilishini ta’minlaydi. 
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), 
umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. 
Kasb-xunar ta’limi dasturlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy (bakalavriat, 
magistratura) ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni, kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlashni qamrab oladi. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə