Umumiy qoidalar


TA’LIM VA KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDAGI XALQARO



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

4.15. TA’LIM VA KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDAGI XALQARO 
HAMKORLIK 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro 
hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, 
ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va o‘quvchilar almashish kengayadi. Ta’lim to‘g‘risidagi milliy 
hujjatlar xalqaro miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va 
idoralarning, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash 
sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat 
kuchaytiriladi. 
5. MILLIY DASTURNI RO‘YOBGA CHIQARISHGA DOIR TASHKILIY CHORA-
TADBIRLAR 
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida: 
Milliy dasturning yo‘nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, 
muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta’minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar 
tizimi ishlab chiqiladi; 
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda 
vazifalari belgilanadi; 
Milliy dasturning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el 
ekspertlari jalb etiladi
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, 
xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi; 
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim 
qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi; 
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli 
ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferentsiyalar o‘tkazish 
orqali Milliy dasturning printsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng ko‘lamda 
tushuntirish ishlari olib boriladi
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat 
birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta’minlanadi; 


ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi 
tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni 
tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi: 
uzluksiz ta’limning tegishli turlari uchun davlat ta’lim standartlariga qo‘yiladigan 
umumiy talablarni ishlab chiqish; 
umumiy o‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini va boshqa zarur normativ 
hujjatlarni ishlab chiqish; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlaridan iborat ta’lim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish; 
o‘rta umumiy ta’limga ega bo‘lgan o‘quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari tizimi bilan to‘la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, 
jug‘rofik xususiyatlari va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning 
moddiy-texnika asosini yaratish; 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan o‘qituvchilar va pedagog 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalarini tashkil 
etish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash; 
oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada 
tegishli davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar 
tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining 
mas’uliyatini oshirish; 
ta’lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yirik 
olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ta’lim va ilm-fan sohasining nashriyot 
bazasini rivojlantirish; 
professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta’lim 
muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamg‘armasi 
tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash; 
uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni faol o‘rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni 
o‘rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, o‘zbekcha-chet tillar lug‘atlarini, davlat 
tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish
uzluksiz ta’lim sohasi o‘qituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va 
qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib 
chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar 
tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va 
muvofiqlashtirish bo‘yicha ta’lim tizimi boshqaruviga bog‘liq bo‘lmagan yagona davlat 
xizmatini tashkil etish; 
ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon 
axborot tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini 
belgilash; 
kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishni tashkil etish, 
ta’lim xizmati ko‘rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar 
tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə