Umumiy qoidalar


KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

4. KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY 
YO‘NALISHLARI 
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor 
yo‘nalishlarni qamrab oladi: 
4.1. TA’LIMNING UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASH 
Ta’limning o‘z ichiga maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar 
ta’limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy 
etiladi. Aspirantura va doktorantura faoliyati rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va 
ularni qayta tayyorlash bo‘yicha raqobatbardosh ta’lim muassasalari vujudga keltiriladi. 
Ta’lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirish 
ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash 
monitoringi amalga oshiriladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi 
ta’minlanadi. 
4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH, QAYTA 
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH 
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon 
talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi tizimi 
vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, 
raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi. 
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali 
o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi. 
4.3. TA’LIM JARAYONINI MAZMUNAN ISLOH QILISH 


Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish printsiplari va mustaqillik yutuqlari, 
xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga 
tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida 
isloh qilinadi. Ta’lim oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni 
kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirishga 
alohida e’tibor beriladi. 
Pedagog kadrlarning obro‘-e’tibori, mas’uliyati va kasb ko‘nikmasini oshirish 
yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta’limning 
yangi shakl va uslublari, o‘quv, shu jumladan differentsiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy 
etiladi. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə