Umumiy qoidalar


KADRLAR TAYYORLASHNING MILLIY MODELI



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

3. KADRLAR TAYYORLASHNING MILLIY MODELI 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: 
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi 
xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
davlat va jamiyat — ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari


uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning 
barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat 
ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi; 
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 
ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va 
saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash 
tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq 
bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi 
shartnomalar va konventsiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg‘or 
tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga 
daxldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. 
3.1. SHAXS 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama 
barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy 
konstituttsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual 
jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi. 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Қонун umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
standartlari orqali sifatli ta’lim olish, shuningdek ta’lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning 
shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta 
tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi. 
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim standartlari orqali 
sifatli ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida 
shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart. 
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach
ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi 
va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə