Umumiy qoidalar


O‘RTA-MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

O‘RTA-MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI 
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. 
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi, 
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual 
rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini 
ta’minlaydi. 
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur 
o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish 
yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. 
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur 
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini 
beradi. 
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv 
jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki 
bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim 
olish imkonini beradi. 
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini 
chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va 
kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar 
beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan 
ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar 
zarur: 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini 
ishlab chiqish va joriy etish
soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining 
mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; 


o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar 
dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish
akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun 
ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish; 
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, 
malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish; 
hududlarning jug‘rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi 
mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini 
ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish; 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini 
mustahkamlash. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə