Umumiy qoidalar



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

MAKTABGACHA TA’LIM 
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini 
ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. 
Maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya 
bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va 
vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol 
ishtirok etadi. 
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: 
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash
maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; 
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan 
ta’minlash; 
zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar 
yaratish hamda ularni ishlab chiqarish
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va 
umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab 
olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati 
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; 
maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash 
va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish. 
UMUMIY O‘RTA TA’LIM 
To‘qqiz yillik (I-IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. 
Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning 
fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy 


o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli 
munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan 
keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. 
Umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun 
quyidagilar zarur: 
maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishni ta’minlovchi 
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlaridan keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlik hisobga olinishi lozim; 
yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash
hududlarning jug‘rofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning 
ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish
o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga 
tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish; 
ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy 
majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash; 
o‘quvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar 
oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə