Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo'yicha axborotlar Asosiy tushunchalar Litsenziya



Yüklə 57 Kb.
səhifə1/5
tarix17.12.2023
ölçüsü57 Kb.
#149787
  1   2   3   4   5
Tadbirkorliknilitsenziyalash


Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo'yicha axborotlar


Asosiy tushunchalar


Litsenziya — litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so'zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
Faoliyatning litsenziyalanayotgan turi — O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;
Litsenziyalash — litsenziya berish to'g'risidagi arizani topshirish va ko'rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog'liq tadbirlar kompleksi;
Litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui;
Litsenziyalovchi organlar — qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
Litsenziya da'vogari — litsenziyalovchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya berish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi bo'lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Litsenziya shartnomasi — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziatning litsenziya olishi va undan foydalanishi borasidagi litsenziyalovchi organ bilan litsenziya da'vogari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan va ular o'rtasida tuziladigan shartnoma;
Litsenziyalar reestri — berilgan, to'xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan litsenziyalar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan Litsenziyalovchi organlarning ma'lumotlar bazalari majmui.



Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə