Itma tizimidagi Qumqo`rg`on tuman ixtisoslashtirilgan maktabda



Yüklə 1,38 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#143991
6-A sinf 1-ota-onalar yig`ilishi bayonnomasi


ITMA tizimidagi Qumqo`rg`on tuman ixtisoslashtirilgan maktabda
6 “A”-sinfida o`tkazilgan otalar yig`ilishi
B A Y O N N O M A S I

“16” sentabr, 2023-yil Qumqo`rg`on tuman IM


Qatnashdilar: J.Eshonqulov – DMMIBO`, sinf rahbari,fan
o`qituvchilari, ota-onalar (22 nafar).
Yig`ilish raisi: U. Yusupov – ota-onalar qo`mitasi raisi
Yig`ilish kotibi: A.Xajimatov – sinf rahbari.

K U N T A R T I B I :



  1. 2022-2023-o`quv yili davomida o`quvchilarning o`zlashtirishi,erishgan yutuqlari hamda ota-onalar qo`mitasi a`zolari tomonidan qilingan ishlar hisoboti.

  2. Qumqo`rg`on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va ota-onalar o`rtasida tuziladigan shartnoma haqida.

  3. Ota-onalarni umumiy o`rta ta`lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish

  4. Sinf ota-onalar qo`mitasi a`zolarini saylash va boshqa masalalar

E S H I T I L D I:


Birinchi masala yuzasidan sinf rahbari A.Xajimatov so`zga chiqdi. So`z boshida yig`ilgan ota-onalarni yangi maktab binosi va undagi o`quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. So`zining davomida o`tgan o`quv yili davomida qilingan ishlar , erishilgan yutuqlar yuzasidan hisobot berdi. Jumladan, o`tgan o`quv yilida o`quvchilarning turli fan olimpiadalarida, tadbir, ko`rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o`rinlarni qo`lga kiritganligi, sinf o`quvchilaridan 8 nafarining ota-onalari farzandlarining yil davomida a`lo baholarga o`qiganligi,namunali xulqi uchun tashakkurnoma bilan ta`dirlanganligi haqida gapirdi. Sinf otanalar qo`mitasi a`zolari tomonidan qilingan ishlar yuzasidan ota-onalar qo`mitasi a`zosi yordamchisi Choriyeva Muhabbat hisobot berdi va bu yilgi qilinadigan ishlar belgilab olindi.


Ikkinchi masala yuzasidan maktab ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari J.Eshonqulov so`zga chiqdi. U so`zida ota-onalarni Qumqo`rg`on tuman ixtisoslashtirilgan maktab va ota-onalar o`rtasida tuziladigan shartnoma bilan tanishtirdi. Yig`ilganlarga shartnoma shartlari bo`yicha maktabning vazifalari va majburiyatlari hamda ota-onaning vazifalari va majburiyatlarini o`qib eshittirdi. So`ng shartnoma tomonlar orqali imzolandi.


Uchinchi masala bo`yicha sinf rahbari A.Xajimatov so`z oldi. O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`lim vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan umumiy o`rta ta`lim muassasssining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan ota-onalarni tanishtirdi. Ota-onalarga farzandlarining tartib-intizomini doimiy ravishda nazorat qilib turishligi haqida tushunchalar berdi.

To`rtinchi masala bo`yicha ham sinf rahbari so`z oldi. Sinf ota-onalar qo`mitasi a`zolari saylab olish masalasi ko`rildi. Yig`ilgan ota-onalarning ovoziga ko`ra 6 “A”-sinf ota-onalar qo`mitasi raisi etib Umidjon Yusupov, yordamchisi etib Choriyeva Muhabbat saylandi. DMMIBO` J. Eshonqulov ota-onalar qo`mitasi a`zolariga yuklatilgan vazifalar, ota-onalar hamda maktab bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash haqida ma`lumot berdi.

Yuqoridagi masalalar bo`yicha


YIG`ILISH QAROR QILADI:



  1. 2022-2023- o`quv yili davomida sinf rahbari va sinf o`quvchilari tomonidan qilingan ishlar yaxshi deb topilsin. Yangi o`quv yilida sinf bo`yicha qilinadigan ishlar nazorati sinf rahbari va ota-onalar qo`mitasi a`zolariga yuklatilsin.

  2. Maktab va ota-onalar o`rtasida tuzilgan shartnoma shatrlarining bajarilishi maktab rahbarlari,pedagogik xodimlari hamda ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

  3. Sinf o`quvchilarining “Odob-axloq qoidalari” ga rioya etishni nazorat qilish sinf rahbari va ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.

  4. Maktab va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashni nazorat qilish ota-onalar qo`mitasi a`zolariga hamda sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.

Yig`ilish raisi: U.Yusupov


Yig`ilish kotibi: A.Xajimatov
Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə