Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo'yicha axborotlar Asosiy tushunchalar Litsenziya



Yüklə 57 Kb.
səhifə3/5
tarix17.12.2023
ölçüsü57 Kb.
#149787
1   2   3   4   5
Tadbirkorliknilitsenziyalash

Litsenziyalarning turlari:

-Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi bo'lishi mumkin.


-Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi, agar ushbu shaxslar tegishli faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo'yiladigan yagona shartlar va talablarga javob bersalar.
-Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat ob'ekti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa asoslarga ko'ra miqdoriy cheklanadi.
-Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi.
-Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o'tkazish shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Litsenziya talablari va shartlari
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda rioya etiladigan litsenziya talablari va shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizomlar bilan belgilanib, ular quyidagi normalarni o'z ichiga olishi lozim:
-litsenziatning qonun hujjatlariga rioya etishi shartligi to'g'risidagi;
-faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga da'vogar shaxslarga qo'yiladigan malaka talablari, jumladan maxsus bilimlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi;
-faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishning maxsus shartlariga qo'yiladigan talablar, jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizomlarda litsenziyalanayotgan faoliyat turi xususida qo'shimcha litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə