Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo'yicha axborotlar Asosiy tushunchalar Litsenziya


Litsenziya olish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar



Yüklə 57 Kb.
səhifə4/5
tarix17.12.2023
ölçüsü57 Kb.
#149787
1   2   3   4   5
Tadbirkorliknilitsenziyalash

Litsenziya olish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Litsenziya olish uchun litsenziya da'vogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
-litsenziya berish to'g'risidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag'i raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma'lumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo'ljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi;
-yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
-jismoniy shaxslar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
-litsenziyalovchi organ litsenziya da'vogarining arizasini ko'rib chiqishi uchun litsenziya da'vogari yig'im to'laganligini tasdiqlovchi hujjat;
-faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo'yiladigan talablar va shartlarni litsenziya da'vogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladigan boshqa hujjatlar.
-Litsenziya da'vogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi o'zga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
-Hujjatlar litsenziya da'vogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
-Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar ro'yxat bo'yicha qabul qilinib, ro'yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko'rsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
-Noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya da'vogari qonunga muvofiq javobgar bo'ladi.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə