Umumiy qoidalar


KAMCHILIKLAR VA MUAMMOLAR



Yüklə 414,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix21.10.2023
ölçüsü414,03 Kb.
#129732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

1.2. KAMCHILIKLAR VA MUAMMOLAR 
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga 
muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori 
malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda 
didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro 
hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi 
jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi. 
Ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy 
bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. 
Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera 
olmayotir. 
Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, 
yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘lanmagan. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog‘cha yoshidagi 
bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. 
Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik 
darajasi o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. 
Maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonining o‘zidagi va o‘qitish 
uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda 
jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay 
qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo‘q. 9-11 sinflarni 
tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o‘z o‘rnini aniqlay olmaydi. Ularda o‘zlariga ishonch 
shakllangan emas, o‘rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga 
kirmoqda, xolos. 


Majburiy to‘qqiz yillik ta’limga asoslangan o‘n bir yillik umumiy o‘rta ta’lim ilmiy 
asoslanmagandir, u o‘quvchilarda kasbga yo‘naltirish va ta’limning amaliy yo‘nalganligi yetarli 
darajada bo‘lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati ko‘nikmalari shakllanishini 
ta’minlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab 
chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta’limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda. 
Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va 
vorislikning yo‘qligi sababli tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo‘naltirilganlik va 
mehnat faoliyati ko‘nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o‘z qobiliyatlari, 
istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo‘lini belgilab olishda jiddiy 
qiyinchiliklar sezmoqdalar. 
O‘quv jarayoni bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, 
ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‘quv dasturlari bo‘yicha ishlash kabi 
mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti, o‘quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to‘liq holi 
bo‘lganicha yo‘q, ularda ma’naviyat va axloq asoslarini o‘rgatuvchi, iqtisodiy huquqiy, estetik 
bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o‘rin berilmayapti. 
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o‘tish ko‘proq 
og‘izda bo‘lib, amalda esa ularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o‘quv-uslubiy 
bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tmagan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda. 
Bir bosqichli oliy ta’lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarni va ilg‘or xalqaro tajribani to‘liq hajmda hisobga olmayotir. o‘quv-tarbiya 
jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat 
bozorining o‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti. 
Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash 
jarayoniga yetarli darajada qo‘shilganlari yo‘q. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va 
joriy etish, ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‘tkazish vazifalari 
belgilab olinmagan. o‘quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob’yektivlik va tezkorlikni 
ta’minlamaydi. 
Kasb-hunar ta’limining obro‘si hamda o‘qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, 
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta’lim xizmati 
ko‘rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta’lim tizimini ko‘p variantli 
moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. 
Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz 
ishlamoqda. 
O‘qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik 
ko‘rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda
malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasidagi jami 
tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy ma’lumotlidir. Maktablarning o‘qituvchilar bilan 
ta’minlanganligi o‘rtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 
foizdan, muayyan fanlar bo‘yicha esa 50 foizdan oshmaydi. 
Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning o‘rtacha yoshi «ulg‘ayib» bormoqda. Respublika 
oliy o‘quv yurtlarida 40 yoshga to‘lmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 
va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga 
tasdiqlanganlar o‘rtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir. 

Yüklə 414,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə