O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
223-XII 15.02.1991

4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining 
qoidalari
Jamoat birlashmalari o‘z a’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, 
teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida 
tuziladi va harakat qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Barcha jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida, boshqa hujjatlarda 
nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida 
ish ko‘radilar.
(4-moddasining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-
yil 3-dekabrdagi 714-II-son 
Qonuni
 tahririda — O‘zbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) 
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki 
qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga 
imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni 
egallash sharti yoki Qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik 
uchun asos bo‘la olmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning 
ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta qildirish to‘g‘risidagi qonunchilik 
jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi. 
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
5-modda. Davlat va jamoat birlashmalari
Davlat jamoat birlashmalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga 
rioya etilishini ta’minlaydi hamda 
Konstitutsiyaga 
muvofiq ular o‘z 
ustavlaridagi vazifalarni bajarishlari uchun shart-sharoit yaratilishiga 
kafolat beradi.


Davlat yoshlar va bolalar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad 
beradi, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, 
bolalar 
tashkilotlariga, 
maktab, 
maktabdan 
tashqari muassasalar 
binolaridan, klublardan, madaniyat saroylari va uylaridan, sport inshootlari 
va boshqa inshootlardan bepul yoki imtiyozli shartlar bilan foydalanish 
huquqini beradi.
Qonunda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat idoralari va 
mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga
xuddi shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor 
shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi 
Mazkur Qonunning 
20-moddasiga
 qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari tashkilotlarining tadbirlari ular a’zolarining 
(qatnashchilarning) asosan ishdan bo‘sh vaqtida va mazkur birlashmalar 
mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-
yil 25-apreldagi 421-I-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 
1997-y., 4-5-son, 126-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-
yil 30-apreldagi 621-II-son 
Qonuniga
asosan chiqarib tashlangan — 
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-
modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari manfaatlariga daxldor masalalar qonunchilikda 
ko‘zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular 
bilan kelishilgan holda davlat idoralari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan 
hal qilinadi. 
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə