Respublikasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/9
tarix29.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#113913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
pdf



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX

TARIX

Fakultet dekani:

Kafedra mudiri:
FAKULTETI

KAFEDRASI

Ochilov O’.S.

Rahmonov K.J.


BITIRUV MALAKAVIY ISH

Mavzu: 1920-1924 yillarda BXSR hukumatining harbiy va ijtimoiy sohalaridagi tub o’zgarishlarning tarixshunosligi

5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar boyicha) bakalavr darajasini olish uchun

Tarix ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi: Mubinov Muhammadali Akobirovich

Ilmiy rahbar: Dots. Rahmonov K

1


Mundarija: Kirish………………………………………………………………………3 I bob. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati yillarida harbiy islohotlar: tarixshunosligi va o`rganilish darajasi………………..................................8 1.1. Buxoroda amirlik va BXSR yillarida harbiy soha rivoji: qiyosiy tahlil.........8 1.2. BXSR harbiy yo`nalishiga oid materiallarning istiqlol davri asarlarida
yoritilishi…………………….......................................................................18 II bob. 1920-1924-yillarda ijtimoiy o`zgarishlar tahlil…………….............29 2.1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida maishiy hayot va xotin-qizlar masalasi bilan bog`liq o`zgarishlarning tarixshunosligi……………………….............29 2.2. Buxoro amirligi va BXSR davrida aholi salomatligi va sog`liqni saqlash tizimi sohasidagi amalga oshirilgan tadbirlar………………………………..40 Xulosa………………………………………………………………….51 Foydalanilgan adabiyotlar…...………………………………….54

2



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishganidan so`ng vatanimiz tarixini obyektiv va xolisona tadqiq qilish, tarixiy haqiqatni xalqimizga yetkazish yo`lida ulkan ishlar amalga oshirildi. Sho`ro davri tarixini yangidan tadqiq qilish, o`sha davr tarixiy adabiyotlarida tanqidiy nuqtai nazaridan yondashib ish ko`rilishi barobarida samarali yutuqlarga erishilganligi sir emas.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Men sho`ro davrida yozib berilgan tarixni hisoblamayman, chunki o`zgalar yozib bergan tarix, hech qachon xolis bo`lmaydi.”1, - deb takidlaganlarida to`la haqli edilar.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy fanlar, jumladan, tarix ilmining tarkibi qismi bo`lmish tarixshunoslik masalasida erishilgan yutuqlar zalvorli va asrlarga tatigulikdir. Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarix va tarixiy xotiraning manaviyatimiz rivojidagi o`rni haqida: Manaviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”2, degan edilar. Yuqoridagi fikrdan kelibchiqib, biz tariximizga bugungi kunda qurayotgan huquqiy demokratik davlatning tajriba tarozisi sifatida qarashimiz kerak.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixining hanuzgacha bizga noaniq bo`lgan qirralari ochildi. Milliy o`zligimizni anglash, milliy tilimiz va urf-odatlarimiz nechog`li qadrli va aziz ekanligini idrok etishimiz tufayli taraqqiyot pillapoyalaridan rivojlanib boryapmiz. Bugungi kunda tarixshunoslik fani oldida O`zbekiston xalqi va davlatchiligi tarixini to`liq tiklash vazifasi turar ekan, qadimiy, ko`p asrlik sivilizatsiyaga ega bo`lgan Buxoro tarixini mukammal

1Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўк. Т.: Шарқ" 1998. –Б.9.
2 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т.: Ўзбекистон”. 1996. Б. 80.

3



tadqiq qilmasdan turib bu mas’uliyatli ishni uddalay olmaymiz. Ushbu nuqtai nazardan qaraganda men tanlagan 1920-1924-yillarda BXSR hukumatining harbiy va ijtimoiy sohalardagi tub o`zgarishlarning tarixshunosligi” nomli bitiruv-malakaviy ishi mavzusi dolzarb va muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
I.A. Karimov o`zlarining nutq va asarlarida Buxoroning boy tarixiga madaniyatiga qayta qayta murojaat qilganlari ham bejiz emas. Tarix O`zbekistondagi tub demokratik islohotlarni oziqlantiruvchi hayotbaxsh chashmaga aylanib bormoqda. Buxoro, Xiva va Samarqandning ko`hna madaniyati, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan meros tarixiy xotiramizni uyg`otmoqda, yangicha fuqarolik ongini shakllantimoqda3, - deb yozgandilarBirinchi Prezidentimiz.
Mavzu dolzarbligini oshiradigan omillardan yana biri, 1997-yilda YUNESKO qarorgohi Parijda (Fransiya) Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi tantanalarini jahon miqyosida nishonlanganligidir. Ushbu yubiley bayramlari arafasida undan keyin o`tgan tarixiy davr ichida tarixchilarimiz, publitsist va jurnalistlarimiz, adabiyotshunos olimlar Buxoro o`tmishiga oid nodir asarlar yozdilar.4
O`zbek milliy davlatchiligi tarixida garchi qisqa davr yashagan bo`lsada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar) muhim bosqich bo`lganligini qayd etish o`rinlidir. BXSRda F.Xo`jayev boshchiligida milliy hukumatning shakllanishi, milliy mustaqil rivojlanish sari amaliy qadamlar qo`ydi. BXSR hukumati mustaqil davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy islohotlar olib bordi. Yangicha va demokratik, zamonaviy davlat qurish g`oyalarini baland ko`tarib chiqdi va sho`ro mustamlakachiligi tahdid solib turgan bir davrda milliy mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o`rnatdi. Mustaqillik yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tarixini, o`sha davrlarda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni,

3KarimovI.A. Bizkelajagimiznio`zqo`limizbilanquramiz. 7-jild. T.: O`zbekiston, 1999. –B.146. 4Инсониятнингилмийвамаданиймероси учинчимингйилликка//БухороваХивашаҳарларининг 2500 йиллигигабағишланганхалқаросимпозиумтезислари. Т.: Ўзбекистон, 1997. –Б. 4.


4



iqtisodiy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini yangicha tafakkur nuqtayi-nazaridan yoritgan talaygina asar va maqolalar yaratildi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining davriy matbuoti, 20-yillarda yaratilgan asarlar, mustaqillik davri asar va maqolalarida BXSRdagi ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy jarayonlarning turli sohalari hisoblangan hukumat boshqaruv tizimi,aholi soni, ijtimoiy tarkibi, xalq salomatligi, xotin-qizlar muammosi,harbiy-ma’muriy islohotlar, paxtachilik, qorako`lchilik, ipakchilik, milliy sanoat, hunarmandchilik, soliq va bank tizimlari, pul muomalasi, narx-navo, maktab va maorif tizimi, madaniy oqartuv muassasalari faoliyati, tashqi aloqalari va hokazolar haqida muhim malumotlar mavjud. Ushbu masalalarni o`rganish tarixshunoslikning muhim qismi hisoblanib, yuqoridagilarni o`rganish O`zbek davlatchiligi tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə