Respublikasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/9
tarix29.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#113913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
pdf

2.2. Buxoro amirligi va BXSR davrida aholi salomatligi va sog`likni saqlash

tizimi sohasidagi amalga oshirilgan tadbirlar

Ushbu tanlangan “1920-1924-yillarda BXSR hukumatining harbiy va ijtimoiy sohalardagi tub o`zgarishlarning tarixshunosligi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimning navbatdagi rejasi bevosita aholi salomatligi va sog`likni saqlash tizimi sohasidagi amalga oshirilgan tadbirlar deb nomlandi. Chunki, Buxoro amirligi va BXSRda sog`liqni saqlash muhim ijtimoiy masala hisoblanadi. Amirlik va BXSR yillarida sog`liqni saqlash sohasi turlicha holatda bo`lgan. Ushbu masala turli tarixchi olimlarning asarlarida atroflicha yoritilgan.
Ushbu rejada, asosan, ikki siyosiy tuzum davrida Buxoroda sog`liqni saqlash qanday holatda bo`lganligi masalasiga va bu qaysi tarixiy kitob, gazeta va maqolalarda yoritilganligiga to`xtalishga harakat qilingan.
Dastlab, fikrimizni Buxoroda amirlik tuzumi davrida sog`liqni saqlash masalasi qay holatda bo`lganligiga qaratamiz. Xususan, Sh. Hayitov, S. Badriddinov, K. Rahmonovlar tomonidan 2005-yilda nashr qilinganBuxoro Xalq Respublikasi: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot deb nomlangan kitobda

73 Ўзбекистоннинг янги тарихи. II том (Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида). Т.: 2000. –Б.246.

40



Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro amirligi davri ijtimoiy hayoti masalalari atroflicha tahlil qilinadi. Ushbu kitobda aytilishicha: Amirlik davrida Buxoro madaniy-maishiy qoloq bo`lib, bu Buxoro Respublikasiga meros bo`lib qoladi. Amirlik davrida ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, bezgak (varaja), rishta kabi kasalliklardan aholi qattiq azob chekardi. Sanitariya qonun-qoidalari va tadbirlariga etibor berilmas edi. Poytaxtdan chekka hududlarda esa ahvol bundanda og`ir bo`lgan74.
K. Rahmonov tomonidan nashr qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixi matbuot sahifalarida” (2012) deb nomlangan kitobda BXSRdagi ijtimoiy-madaniy, maishiy hayot, sog`likni saqlash masalalari Buxoro axbori” va Ozod Buxoro” gazetalari nashrlaridagi malumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotchi Buxoro amirligi davriga to`xtalar ekan, unga yuqoridagi gazetalar malumotlari orqali quyidagicha baho beradi: BXSR yillarida aholi moddiy turmushining amirlik davridan qolgan past darajasi: Ocharchilik, qashshoqlik, ichimlik suvi muammosi, ko`pgina hududlarda quruq, chang-to`zonli, o`ta issiq garmselli ob-havo, qish faslida isitish sharoitlarining yaratilmaganligi sababli kasalliklar va yuqumli epidemiyalarning ko`plab turlari tarqalgan. Buxoro axbori” va Ozod Buxoro” gazetalarida yozilishicha, vabo, isitma, rishta (teri osti qurtlashi), bezgak (Buxoro varajasi), chechak, bo`g`ma, zaxm, teri-tanosil, ko`z og`rig`i kabi kasalliklar mavjudligi sanab o`tiladi. Amirlik davrida yagona sog`likni saqlash tizimi yaratilmagan75.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning kitoblaridagi malumotlarni tahlil qilar ekanmiz, Buxoroda amirlik davrida sog`likni saqlash tizimi past darajada bo`lganligini, hukumat tomonidan sog`likni saqlash, tibbiyot sohasida ko`zga ko`rinarli islohotlar o`tkazilmaganligiga guvoh bo`ldim. Ammo bu bilan amirlik davrida hech nima qilinmagan deb bo`lmaydi. Xususan, hukumat tomonidan

74 Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.55. 75 Раҳмонов К. БХСР тарихи матбуот саҳифаларида. Т.: “Абу матбуот-консалт”. 2012. Б.79-80.

41



bo`lmasada, ayrim taraqqiyparvar kishilar tomonidan tibbiyot sohasida ishlar olib borilgan.
Bunda Sh. Hayitov masul muharrirligida2016-yil 9-10-dekabr kunlari nashr qilingan Buxoro tarixi masalalari: eng qadimgi davrdan hozirgacha nomli to`plamda T. Qayumov tomonidanelon qilingan Mirzo Sirojiddin Hakim-buxorolik taraqqiyparvar va tabobat donishmandi deb nomlangan maqola muhim ahamiyatga ega. T. Qayumov o`z maqolasida Mirzo Sirojiddin Hakimning amirlik davrida Buxoroda tibbiyot sohasida qilgan ishlarini yoritadi. Jumladan, maqolada quyidagilar ta’kidlanadi: Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoriy (1878-1914) Buxoro shahrida kamolga yetdi. U fenomenal qobiliyatga ega bo`lib, o`zbek, fors-tojik, turk, arab, rus, fransuz tillarini puxta bilgan. U Yevropa va Osiyoning o`nlab shaharlari bo`ylab 3 marta sayohat qilgan. Bo`lajak tabib Germaniya, Avstriya, Fransiya, Bolgariya, Vengriya kabi davlatlarining ilg`or tajribalarini o`rgangan. Buxoroda zamonaviy tibbiyotning mavjud emasligi, gigiyena qoidalariga amal qilmaslik, zararli ob-havo, ekologik muammolarni bartaraf etishga etiborning mavjud emasligi, shu tufayli rishta (teri osti qurtlashi), mollariya, chechak, zaxm, ichki kasalliklar avj olgan. Har yili ushbu yuqumli kasalliklardan ming-minglab kishilar hayotdan ko`z yumardi. Mirzo Siroj Buxoro shahrining Chelangari mahallasida birinchi zamonaviy kasalxona ochib, unda Yevropa uslubi bilan meda, rishta, bezgak kasalliklarini davolay boshladi. Mazkur shifoxona huzurida dori tarqatish tartibi joriy etildi. Umuman bu kasalxona kechayu kunduz ishlardi. Kambag`allar tekin davolanishgan76.
Ushbu masalaga U. Nizomiddinov ham ancha ilgari to`xtalgan. U o`zining Mirzo Sirojiddin” nomli kitobini nashr qildirgan. Ushbu kitobda muallif quyidagi malumotlarni keltiradi: Mirzo Sirojiddin Buxoro xalqi orasida keng tarqalgan rishta kasalligini bemorlarning teri ostidan qurtlarni sug`urib olib yo`qotish orqali davolash usulini kashf etdi. Buxoroyi sharif gazetasida bosilgan xabarlardan

76 Қаюмов Т. Мирзо Сирожиддин Ҳаким-бухоролик тараққийпарвар ва табобат донишманди”//Бухоро тарихи масалалари: энг қадимги замонлардан ҳозиргача. –Бухоро. 2016. –Б.64-67.

42



birida uning sa’y-harakatlari bilan 300 nafar bemor rishtadan qutulganligi haqida malumot keltirilgan. Shuningdek, davolash ishlari ham insonparvarlik tamoyili asosida bajarilar, o`ziga to`q insonlar tanasidan har bir nobud qilingan rishta uchun 5 tanga, o`rta hol insonlardan 2,5 tanga olishardi. Kambag`al beva-bechoralardan va yetim yesirlardan bir tanga ham olishmas, ularni tekin davolashardi77.
Mirzo Sirojiddin Hakim Buxoroyi sharifda qirqqa yaqin maqolalarini tabobat va tibbiyot tarixiga bag`ishladi. Uning Meda va ichak kasalliklari va ularning oldini olish tadbirlari (1912), Sil kasalligi va uni davolash usullari to`grisida”, Sog`likni saqlash” (Buxoroyi sharif gazetasida), Bir oz faoliyat lozim kabi maqolalari bosilib chiqqan”,- deb takidlaydi yuqorida keltirilgan maqola muallifi T. Qayumov.
T. Qayumovning ushbu maqolasida yana ushbu malumotlar mavjud: Olim yani Mirzo Sirojiddin amirlik davrida kasalliklarning asosiy qismi ichimlik suvi va oziq-ovqat iste’molidagi tartibsizlikdan kelib chiqishida deb hisoblaydi. Suv bir joyda uzoq qolib ketsa, ifloslanadi va unga tirik jonivorlar (bakteriyalar) mikroblar paydo bo`lib, kasallikni keltirib chiqaradi. Havoning iflosligi ham mikroblar paydo bo`lishini ta’minlaydi. Bu mikroblar ovqatlanganda, suv ichayotganda havodan qo`shilib, meda va o`pkaga boradi va aholini kasallantiradi. Binobarin, g`o`layi ohanin (temir quvur) orqali har manzil makonga vodoprovod (favvora) o`tkazib, pokiza suvlarni yetkazib, nazorat qilish kerak”,- deb yozadi hakim sog`liqni saqlash” maqolasida. Mirzo Sirojiddin Tuhfai ahli Buxoro” (Buxoro ahliga tuhfalar) nomli asar yozgan78.
Yuqoridagi maqola va kitoblarning malumotlariga qaraganda Buxoro amirligida ham tibbiyot, sog`liqni saqlash masalalarida o`zgarishlar bo`lgan. Faqat ushbu o`zgarishlar hukumatning islohotchilik faoliyati natijasi bo`lmay, ayrim taraqqiyparvar shaxslarning say-harakatlari natijasida bo`lgan. Ammo shunday

77 Низомиддинов У. Мирзо Сирожиддин. Т.: Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси нашриёти. 1963. –Б.5.
78 Қаюмов Т. Мирзо Сирожиддин Ҳаким-бухоролик тараққийпарвар ва табобат донишманди”//Бухоро тарихи масалалари: энг қадимги замонлардан ҳозиргача. –Бухоро. 2016. –Б.64-67.

43



bo`lsada, amirlik davrida aholining moddiy-maishiy turmushi og`ir bo`lib, turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash vositalari vujudga keltirilmadi. Hukumat bunga etibor qaratmagan. Ushbu og`ir ahvol amirlikdan so`ng tashkil topgan Buxoro Xalq Respublikasiga meros bo`lib qoldi. Bu malumotlar tarixiy kitoblarda keltiriladi.
BXSR davrida sog`liqni saqlash, tibbiyot tizimi qanday bo`lganligi xususida turli tarixiy adabiyotlarni tahlil qilishga harakat qildik. Jumladan, BXSR hukumat rahbari Fayzulla Xo`jayev o`zining III tomli asarlarining I tomida ushbu masalaga, yani sog`liqni saqlash masalasiga to`xtaladi. MuallifI tom Tanlangan asarlar” II qismining Buxoro 1924-yilda” deb nomlangan bandida xalq sog`lig`ini saqlashga oid BXSRda o`sha davrda qilingan ishlarni jonli guvohi va tashkilotchisi sifatida aytib o`tadi. Fayzulla Xo`jayev kitobida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilganligini ta’kidlaydi: xalq sog`lig`ini saqlash sohasida davolash muassasalarini ko`paytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi choralar ko`rish borasida katta ishlar qilindi. Hozir bizda 5 ta kasalxona, 27 ta ambulatoriya punktlari, 7 ta feldsherlik punktlari, 6 ta bezgak stansiyalari, 7 ta dorixona omborlari va dorixonalar bor, meditsina xodimlarimiz 150 nafarga yetkazildi. Katta markazlardagi hayotni sog`lomlashtirish bilan bir qatorda uzoq joylarda, ayniqsa, Sharqiy Buxoroda ham bu ishlar olib borildi. 1923-1924-yilgi budjetdan sog`liqni saqlashga 211000 so`m sarflandi. Kelgusi yilda quyidagi ishlarni qilish mo`ljallab qo`yilgan:
1. Davlat muassasalari kengaytiriladi, meditsina xodimlarining malakasi oshiriladi.
2. Meditsina ta’minoti va uskunalash ishlari kuchaytiriladi, sanitariya oqartuv ishlari olib boriladi.
3. Aholiga tekin yordam berish saqlanib qoladi, joylarda olib borilayotgan ishlar kuchaytiriladi”79.

79ХўжаевФ.Танланганасарлар.Iтом. -Тошкент: Фан, 1976. –Б.279-280.

44



Ko`rib turganimizdek, BXSR rahbari Fayzulla Xo`jayev o`zi boshchiligida amalga oshirilgan tadbirlarni o`z kitobida yozib qoldirgan. Bundan tashqari, boshqa tarixshunos olimlarning kitoblariga murojaat qildim.
Xususan, tarixchi olim F. Qosimov 1996-yilda Buxoro Respublikasi tarixshunosligi” nomli risolasini nashr qildirdi. Olim Buxoro Respublikasi tarixshunosligini boshlab berdi. F. Qosimovning ushbu kitobida tibbiyot sohasiga ham to`xtalib o`tilgan. Buxoro Respublikasi tarixshunosligi” kitobida quyidagi malumotlar uchraydi: Bolsheviklar hokimiyatni qo`lga olganlaridan keyin Rossiyada fuqarolar urushi avjiga chiqib, Volga bo`yidagi hududlardan minglab oilalar yemishlik izlab, turmush nisbatan farovon bo`lgan Markaziy Osiyoga yopirilib kela boshladilar. Buning oqibatida Buxoroda yuqumli tif kasalligi epidemiyasi boshlandi. Buning oldini olish maqsadida respublika hukumati tarkibida S. Chuliboyev rahbarligidagi Favqulotda sanitariya komissiyasi tuzilib, unga barcha hukumat idoralari ijro etishga majbur bo`lgan huquqlar berildi. Buxoro, Kogon va boshqa shaharlardagi barcha mavjud shifoxona va ambulatoriyalar tifga chalingan bemorlarni qabul qila boshladi, ularning yonida shu maqsadda barak shaklidagi vaqtinchalik binolar qurildi80.
Bundan tashqari, ushbu masalada U. Rashidov tomonidan 1991-yilda “Guliston” jurnalida nashr qilingan maqolasi muhim ahamiyatga ega. Muallifning ushbu maqolasi “20-yillarda Buxoro” deb nomlanib, unda Buxoro Respublikasi sog`liqni saqlash tizimi, boshqaruvi masalasi va tadbirlari atroflicha yoritilgan. Muallif maqolada quyidagi malumotlarni keltiradi: 1920-yil 31-oktabrda Buxoro aholisiga ko`rsatiladigan tibbiy yordamni tashkil etish maqsadida Respublika Sog`likni Saqlash Nozirligi tashkil etilgan bo`lib, boshida u Maorif Nozirligi qoshida bo`lim sifatida tashkil etilgan. 1922-yildan boshlab esa bo`lim Ichki ishlar nozirligiga tegishli bo`lgan, 1923-yil dekabr oyidan boshlab Markaziy sog`liqni saqlash boshqarmasi, deb yuritila boshlangan. Sog`liqni saqlash boshqarmasining birinchi boshlig`i Xo`ja Hakim Faxriddinov bo`lib, yordamchisi esa feldsher I.

80КосимовФ.БухороРеспубликаситарихшунослиги. - Бухоро: Бухоро нашр., 1996. Б.43-48.

45



Eydelnant edi. Boshqarma kollegiyasining a`zolari sifatida G. Urbax, A. Ananev, Dmitresku, Gankin xizmat ko`rsatganlar. Mamlakatning yirik shaharlarida sog`lomlashtirish tadbirlariga kirishish maqsadida sog`liqni saqlash bo`limlari tashkil etildi. Respublika Rossiya bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kuchaytirib, joylarda epidemiyalarga qarshi kurashni tashkil etish maqsadida mutaxasislarni Buxoroga yuborishni so`radi. 1920-yilning noyabrida Moskvadan 17 tibbiy xodimdan iborat epidemiyalarga qarshi kurashga ixtisoslashgan otryad yetib keldi81. Yuqorida muallif U. Rashidovning Buxoro Respuplikasi sog`liqni saqlashning boshqaruv tizimida amalga oshirgan tadbirlari xususidagi malumotlari bilan tanishdik.
BXSR hukumati shifokor kadrlar masalasiga ham etibor berdi. Sh. Hayitov va S. Badriddinovlar tomonidan 2007-yilda nashr qilingan Buxoro tarixidan lavhalar (XIX-XX asrlar)” nomli kitobda Buxorodagi ijtimoiy-ma’muriy masalalar yuzasidan malumotlar bor. Mualliflar ushbu masalaga to`xtalib, Buxoroda tabib Qori Muhammad Aminov faoliyatiga qisqacha to`xtalib o`tadilar. Buxoroda sanitariya-epidemiologiya bo`limi boshlig`i bo`lgan tabib Qori Muhammad Aminov o`zida ham sharq ham g`arb muolaja ta`limotini mujassamlashtirgan bo`lib, u yozib bergan retseptlar asosida rus dorixonalarida dori-darmonlar tayyorlana boshladi. Mualliflar sog`liqni saqlash tizimi haqida quyidagi fikrlarni aytadi: Buxoroda tizim juda zaif bo`lib, amirlik davridan qolgan 35 o`rinlik shifoxona, 5 o`rinlik ayollar ambulatoriyasi, bitta dorixona ham shahar ustiga tashlangan bombalardan abgor bo`lgan edi. Buxoroga hujum chog`ida bir zamonlar Ashtarxoniy Subhonqulixon tomonidan Arkning shimoliy tomonidan barpo etilgan Dorush-shifo madrasasi ham vayron bo`lib, tiklashning iloji yo`q edi. Shuni nazarda tutib Fayzulla Xo`jayevning tashabbusi bilan Arkning janubiy tomonida “Dor ul-muallimin” bilimgohi qurilishiga kirishildi. Hukumat bilimgohda nafaqat muallimlar, balkim shifokorlar tayyorlashni ham nazarda tutgan edi82. Mualliflar

81 Рашидов У. 20илларда Бухоро//Гулистон. 1991, 2-сон. –Б.75-80.
82 Ҳайитов Ш., Бадриддинов С. Бухоро тарихидан лавҳалар. (ХИХ-ХХ асрлар). –Бухоро. 2007. Б.37-38.

46



Buxorodagi 20-yillar boshidagi sog`liqni saqlash tizimi, tibbiyot masalalari xususida atroflicha malumot beradilar.
Yana shu muallif Sh. Hayitov va boshqalar tomonidan nashr qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot” nomli kitobda BXSRning sog`liqni saqlash sohasida olib borgan tadbirlari xususida fikr yuritilgan. Muallif ushbu malumotlarni keltiradi: Ocharchilik va moddiy qiyinchiliklar girdobida qolgan Buxoro Respublikasi 3,5 millionli aholisining (bazi manbalarda 5 million deb qayd qilinadi) katta qismi epidemiya tusiga kirgan kasalliklarga chalindi. Buxoro shahridagi ekologik muhit, quruq, chang-to`zonli o`ta issiq, garmselli ob-havo va ichimlik suvi muammosi rishta (teri osti qurtlashi), mollariya (varaja), chechak, bo`g`ma, vabo, zaxm, tanosil kabi kasalliklarni keng tarqalishiga sabab bo`ldi83.
Sh. Hayitov va K. Rahmonovlarning BXR va Germaniya: hamkorlikning tarixiy lavhalari (1920-1924-yillar)” nomli kitobda quyidagi malumotlar keltiriladi: Respublika aholisi salomatligini tiklash, yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun Fayzulla Xo`jayev boshchiligidagi hukumat tegishli chora tadbirlarni ko`rdi. Xalq Nozirlar Kengashi raisining buyrug`i bilan bezgakni davolash uchun qishloqlarga dori-darmonlar tekin tarqatilgan. Xalq salomatligini saqlash markaziy idorasi to`g`risida” maxsus nizomnoma tuzilib, uni Fayzulla Xo`jayev shaxsan o`zi imzolagan edi. Xorijga chiqarilgan paxta, jun, qorako`l teri, shirinmiya, ichak-chovoq hisobiga dori-darmonlar sotib olindi. Havzolsihat (sog`liqni saqlash) nazoratiga Germaniyadan sotib oling`on har xil dori va kasalxona asboblari keldi. Bular orasida ikki mollariya stansiyasi (varaja shifoxonasi) va kasalxonalar huzurida ochiladigan bir muncha dorixonalarga kerakli asboblar bor. 1923-yilda 1,5 ming kg igna, nina keldi84.

83Хайитов, Шодмон Ахмадович. Бухоро Халк Совет Республикаси: иктисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий хаёт (1920 - 1924 йй.)/ Ш.А. Хайитов, С. Бадриддинов, К.Ж. Рахмонов. - Бухоро: Бухоро, 2005. Б.43. 84Хайитов Ш., К. Рахмонов. Бухоро Халк Республикаси ва Германия: хамкорликнинг тарихий лавхалари (1920-1924 йиллар). -Тошкент: Фан, 2004. -Б.64.

47



Yuqoridagi mualliflar tomonidan 2003-yilda yana bir kitob nashr qilindi. Ushbu kitob Buxoroning xorijdagi talabalari (XX asrning 20-yillar) deb nomlanib, Sh.Hayitov va K. Rahmonovlar tomonidan ham-mualliflikda nashr qilingan. Mualliflar ushbu kitobda Buxoro varajasi” kasalligiga to`xtalib, quyidagi malumotlarni keltiradilar: Respublika markazi Buxoroda 10-15 yashar bolalarning 70 ℅idan ortig`i mollariya (Buxoro varajasi) bilan kasallangan. O`sha davr tarixiy manbalarni o`rganar ekanmiz bu kasallik buxorolik o`quvchi va talabalar bilan birga xorijiy ellargacha yetib borgan. Xabarlardan birida: Buxoro varajasi” (kasallik turi) degani talabalarning qoni bilan birga Germaniyagacha borgan. Shu bolaning kasofatiga talabalar tezgina nemis bolalari orasiga qo`shila olmaganlar. Xastaxonalarga qo`yilib, tajribalik doktorlar qaramog`ida davo etilishiga ehtiyoj tushgan”85, – deb malumot beriladi.
Ushbu masalalarni tahlil qilar ekanmiz, bevosita Muloqot” jurnaliga murojaat qilamiz. Ushbu jurnalning 1994-yil 11-sonida quyidagi malumotlar keltiriladi: 1923-yil dekabrida Buxoro Xalq Respublikasi hukumatining qarori bilan ekspeditsiya asosida Buxoro tropik instituti tashkil qilindi. 1924-yilning 2-yanvarida Buxoroda Fayzulla Xo`jayev nomidagi bu institutning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Buxoro hukumati o`lkaga ko`plab yuqori malakali shifokorlarni ishga jalb qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining maoshini keskin oshirdi. Shu bilan bir vaqtning o`zida mahalliy aholi hisobida o`rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash ishlariga kirishildi. Jumladan, 1922-yilning fevralida Buxoroda dori tayyorlovchi xodimlar tayyorlash uchun 16 yoshdan 23 yoshgacha bo`lgan 25 yigit qiz 6 oylik o`qishga jalb qilindi. O`lkada tibbiyot muassalari tarmog`ini kengaytirish hamon birinchi darajali vazifa edi. Shu maqsadda Buxoroda markaziy ambulatoriya va yana bir necha poliklinikalar, tish davolash kabinetlari ochildi, shifoxonalardagi o`rinlar soni ko`paytirildi, yirik tumanlarda 10 o`rinli shifoxonalar faoliyat boshladi. Xuddi shu davrlarda barcha kasalxonalarda vrachlarning kecha-kunduz

85 Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоронинг хориждаги талабалари (ХХ асрнинг 20иллар). –Бухоро: 2003. Б.26.

48



to`xtovsiz davom etadigan navbatchilig`i, tez yordam xizmati tashkil qilindi, sug`urta tibbiyoti yo`lga qo`yila boshlandi. 1923-yilning yanvarida Buxoro Xalq Respublikasining Berlindagi vakolatxonasi orqali 1600 kg xinin, 6 ta ko`chma bezgak stansiyasi, 4 ta epidemiologik va bitta markaziy kimyo-bakterioligik stansiyasi uchun eng zamonaviy uskunalar sotib olindi. Germaniyadan Buxoroda tashkil etilgan klinik tipdagi 200 o`rinlik shifoxonaning jarrohlik, ginekologik, ko`z, quloq, og`iz, burun, teri-tanosil, asab va bolalar kasalliklari bo`limlari uchun katta miqdordagi asbob-uskuna, shu jumladan, rentgenoskopiya va rentgenoterapiya uskunalari sotib olindi”86.
Mustaqillik davrida, yani 2000-yida nashr qilingan “O`zbekistonning yangi tarixi” (O`zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida) II tom kitobida BXSR davri sog`liqni saqlash tizimi va holati haqida ma`lumotlar keltiriladi. Ushbu kitobda quyidagi malumotlar tahlil qilinadi: Aholi salomatligini muhofaza qilishga doir keskin muammolarni hal etishda BXSRda muayyan qadamlar qo`yildi. Masalan, 1922-1923-yillarda BXSR hukumati bezgak kasalligining tarqalishiga qarshi dori-darmonlar xarid qilishga, kasalxonalar va profilaktika muassasalari qurilishiga 1 million oltin so`mdan ortiq mablag` sarfladi. 1923-yil oktabrga kelib, Respublikada 240 o`ringa ega bo`lgan 5 ta kasalxona ishlardi. Ular Buxoro, Qarshi, Karmana, Kogon va Chorjo`yda joylashgan edi. Shuningdek, 5 o`rinli tug`ish bo`limlariga ega bo`lgan 2 ambulatoriya va 8 feldsherlik punkti aholiga xizmat ko`rsata boshladi. 1924-yil 1-yanvardan esa, Buxoroda tropik instituti o`z faoliyatini boshladi”87.
BXSRdagi sog`liqni saqlash tizimi, hukumat tadbirlari xususida juda muhim manbalardan biri bu K. Rahmonov tomonidan nashr qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixi matbuot sahifalarida nomli monografiya hisoblanadi. Ushbu monografiya muallif tomonidan 2012-yilda chop ettirilgan. Unda BXSRning harbiy va ijtimoiy masalalari hamda sog`liqni saqlash tizimi, o`zgarishlar matbuot

86 Мулоқот журнали. 1994. №11. –Б.35.
87 Ўзбекистоннинг янги тарихи. II том (Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида). Т.: 2000. –Б.248.

49



nashrlari asosida tahlil qilingan. Xususan, muallif quyidagi muhim malumotlarni keltiradi: Sog`liqni Saqlash Xalq Nozirligi 1920-yil 1-noyabrda Maorif Nozirligi tarkibidan mustaqil nozirlik sifatida ajralib chiqqan. Gazetalarda qayd qilinishicha, Xalq salomatligini saqlash markaziy idorasi to`g`risidagi maxsus nizomnoma asosida 1922-1923-yillarda Germaniyadan BXSRga katta miqdorda dori-darmonlar, tibbiy asbob-uskunalar keltirildi. Bezgak kasalligining boshlanganligi oqibatida oltin oqcha hisobi bilan 40000 so`mdan oshiqroq mablag`ga xorijdan dori-darmonlar olinganligi Buxoro axbori”da alohida qayd qilinadi. Bundan tashqari, quyidagi malumotlar mavjud: BXSRda feldsherlik punktlari, kasalxonalar ochishga jiddiy etibor qaratilganligi, faqatgina 1923-yilning avgust-sentabr oylarida SHerobod, Darband, Shahrisabz, Karki, Qarshi, Karmana, Nurota, Vobkent kabi tuman, shahar va viloyatlarda kasalxonalar ochilganligi matbuotda xabar qilinadi. Gazeta xabarlarida tuman va kentlarda ochilgan kasalxonalarning 30 yoki 50 kishiga mo`ljallanganligi, joylarning yetishmasligi, kasalxona va feldsherlik punktlarida tibbiyot xodimlarining soni kamligi qayta-qayta takidlanadi. Buxoro shahrida 1 ta dorixona mavjud bo`lib, aholi dori-darmonlar sotib olish uchun 2-3 soatlab navbatda turgan88,- deb yoziladi Ozod Buxoro”da.
Yuqorida BXSRda sog`liqni saqlash masalalari yoritilgan tarixchi olimlarning maqola, kitob, monografiya va risolalari bilan tanishdik. Ushbu kitoblar malumotlaridan malum bo`ldiki, BXSRda sog`liqni saqlash sohasida ancha islohotlar, tadbirlar amalga oshirilgan. Respublikao`z fuqarolarining moddiy-maishiy turmushini, sog`ligini, iqtisodiy farovonligini, milliy totuvligini, erkinligini himoya qilishga oid umumdavlat islohotlari olib borgan.

88 Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихи матбуот саҳифаларида. Т.: Абу матбуот-консалт”. 2012. -Б.80-81.

50


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə