Respublikasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/9
tarix29.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#113913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
pdf

Xulosa
Buxoroning yigirma besh asrlik tarixining 1920-1924-yillarini o`z ichiga

oladigan qisqa, lekin siyosiy-ijtimoiy voqealarga boy davr - Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davri o`ziga xos alohida o`rin tutadi. Tarixdan malumki, Buxoro amirligi 1920-yil 2-sentabrda Buxoroga Qizil armiyaning bostirib kirishi oqibatida sovetlar tomonidan ag`darib tashlandi. Ushbu voqealargacha, yani 1920-yil 10-avgustda Kogonda Ahmadjon Abdusaidov rahbarligida Butun Buxoro Inqilobiy Qo`mitasi va Fayzulla Xo`jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi tashkil etildi. 1920-yil 6-8-oktabrda amirning yozgi saroyi Sitorai Moxi Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyida joylardan saylangan 1950 delegat ishtirok etdi. 8-oktabrda Qurultoyning oxirgi yig`ilishida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi elon qilindi.Ushbu Respublika tuzilgan kundan boshlab, milliy mustaqillik sari intildi. Lekin bu mustaqillik uzoq davrni taqozzo etganini anglab olish qiyin emas.
Zeroki, Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov qayd etganlaridek: TarixO`zbekistondagi tub demokratik islohotlarni oziqlantiruvchi hayotbaxsh chashmaga aylanib bormoqda. Buxoro, Xiva va Samarqandning ko`hna madaniyati, ajdodlarimiz qoldirgan ulkanmeros tarixi xotiramizni uyg`otmoqda, yangicha fuqarolik ongini shakllantirmoqda”.
O`zbek milliy davlatchiligi tarixida garchi qisqa davr yashagan bo`lsada, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar) muhim bosqich bo`lganligini qayd etish o`rinlidir. BXSRda F.Xo`jayev boshchiligida milliy hukumatning shakllanishi, milliy mustaqil rivojlanish sari amaliy qadamlar qo`ydi. BXSR hukumati mustaqil davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy islohotlar olib bordi. Yangicha va demokratik, zamonaviy davlat qurishg`oyalarini baland ko`tarib chiqdi va sho`ro mustamlakachiligi tahdid solib turgan bir davrda milliy mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o`rnatdi. Mustaqillik yillarida Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tarixini, o`sha davrlarda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayyonlarni, iqtisodiy-madaniy rivojlanish

51

xususiyatlarini yangicha tafakkur nuqtayi-nazaridan yoritgan talaygina asar va maqolalar yaratildi. Ushbu asar va maqolalarni o`rganish davomida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi o`zining 4 yillik tarixi davomida Turkiya, Afg`oniston, Germaniya kabi davlatlar bilan xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida munosabatlar o`rnatganiga, BXSR hukumati tomonidan harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mamuriy islohotlar va tadbirlar amalga oshirilganligiga guvoh bo`lindi.
Ushbu men tanlagan 1920-1924-yillarda BXSR hukumatining harbiy va ijtimoiy sohalardagi tub o`zgarishlarning tarixshunosligi” nomli bitiruv malakaviy ishini o`rganishda turli tarixchi olimlarning asarlari va maqolalaridan, turli gazeta va jurnallardagi maqola va materiallardan foydalandim. Xususan, istiqlol yillarida mamlakatimizda yaratilgan turli kitob, monografiya, risola, maqolalarni tahlil qilib chiqdim. Ushbu mavzuni yoritishda, tarix fanlari doktorlari F. Qosimov, Q. Rajabov, Sh. Hayitovlarning asarlaridan, tarix fanlari nomzodlari U. Rashidov, K. Rahmonovlarning asar va kitoblaridan, maqolalaridan foydalanildi. Bundan tashqari, S. Badriddinov, X. Muhammedov, T. Qayumovlarning, O`. Rashidov, B. Mirzoqulovlarning kitob va maqollalarida keltirilgan materiallardan foydalanildi. Bundan tashqari, Buxoro amiri bo`lgan Said Olimxonning xotiralari va BXSR hukumat rahbari bo`lgan Fayzulla Xo`jayevning asarlaridan foydalanildi. Ushbu tarixchi olimlarning kitoblarida BXSR davri harbiy va ijtimoiy sohalaridagi tub o`zgarishlari atroflicha o`rganilib tahlil qilingan. Tarixiy kitoblarni va maqolalarni tahlil qilganimizda bevosita BXSR hukumati tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarga guvoh bo`ldik. Kitoblarda keltirilishicha, BXSR hukumati yosh Respublika bo`lishiga qaramay harbiy islohotlar olib bordi, milliy armiya tuzib, unga mahalliy millat vakillarini jalb qilishga harakat qildi. Bundan tashqari, xalqni ahvolini va turmush sharoitini yaxshilashga intilib qator iqtisodiy-maishiy islohotlar olib bordi. Respublika o`z fuqarolari huquqlarini himoya qilishga, xotin-qizlarni ahvolini yaxshilashga, ularga ham teng huquq berishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirganligi aniqlandi, tegishli xulosalarga kelindi.

52

Ushbu mavzuni o`rganish davomida men quyidagi taklif va mulohazalarni bildirmoqchiman:
1. BXSR hukumati yillaridagi harbiy islohotlar, amalga oshirilgan tadbirlar tarixini yanada chuqurroq o`rganish lozim. Chunki Buxoro zaminida milliy armiya tuzish harakatlari XX asrning 20-yillaridayoq amalga oshirilgan. Bu o`lka tarixi uchun juda muhim.
2. Buxoro amirligi va BXSR yillaridagi harbiy sohaning qiyosiy tahlili tarixshunosligini yaratish kerak. Ushbu ishimiz davomida shunga harakat qildik. Ammo ishimizda juda ko`p kamchiliklar bo`ldi deb o`ylayman. Ushbu davr harbiy soha tarixi nisbatan kam o`rganilgan.
3. XX asrning 20-yillari ijtimoiy o`zgarishlari ham nisbatan kam o`rganilgan. Buni chuqurroq o`rganish zarur. Chunki 4 yillik (1920-1924-yillar) qisqa davr bo`lsada, juda kata ijtimoiy o`zgarishlar sodir bo`lgan.
4. BXSRda maishiy hayot va xotin-qizlar masalasi bilan bog`liq o`zgarishlarning tarixi va tarixshunosligini yanada mufassal o`rganish lozim. Sharqda xotin-qizlar masalasi har doim va har bir davrda muhim va dolzarb bo`lib kelgan.
5. Va nihoyat, Buxoro amirligi va BXSR davrida aholi salomatligi va sog`liqni saqlash tizimi sohasidagi amalga oshirilgan tadbirlari tarixi va tarixshunosligini o`rganish hozirda endi faoliyat boshlagan yosh tarixchilar uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

53


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə