Respublikasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/9
tarix29.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#113913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
pdf

Mavzuningo`rganilganlik darajasi. Ushbu men tanlagan 1920-1924-yillarda BXSR hukumatining harbiy va ijtimoiy sohalardagi tub o`zgarishlarning tarixshunosligi” mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishining mazmunini yoritishda BXSR mavjud bo`lib turgan davrdagi mahalliy matbuot materiallari, BXSR davlat va siyosat arboblari maqola va asarlari, mustaqillik davri matbuot materiallari, asarlari, tarixshunos olimlarning maqolalaridan tanqidiy nuqtai nazardan foydalanildi.BXSR tarixiga doir yani harbiy va ijtimoiy islohotlarga doir malumotlar keltirilgan adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ularni o`z xususiyati va davriga qarab quyidagi guruhlarga bo`lamiz:
Birinchi guruh adabiyotlariga BXSR mavjud bo`lgan davr, yani Sho`ro davri adabiyotlari5 va o`sha davr (1920-1924-yillar) vaqtli matbuot materiallari6 kiradi. Sho`ro davrida yozilgan adabiyotlarda bolshevikcha mafkura tasiri sezilib turadi. Ushbu yuqoridagi adabiyotlarda, xususan, BXSR davlat rahbari bo`lib faoliyat olib borgan Fayzulla Xo`jayev asarida, Buxoro axbori” va Ozod

5 Файзулла Хўжаев. Танланган асарлар. Т. 1976. I том; Шу муаллиф. К истории революции в Бухаре. Т.: 1926.
6 БХСР маҳаллий нашри ҳисобланган Бухоро ахбори ва Озод Бухоро” газеталари бўйича Ш. Ҳайитов ва К. Раҳмоновларнинг ёзган мақолалари ва монографияларидан фойдаланилди.

5



Buxoro”(1923-1929) gazetalari materiallarida harbiy soha ahvoli, harbiy sohada BXSRda amalga oshirilgan tub o`zgarishlar, islohotlar tarixi, ijtimoiy soha yangiliklari, madaniy-maishiy va kundalik hayot, xotin-qizlar masalalari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, bu guruh adabiyotlariga mahalliy tarixchi Muhammadali Baljuvoniyning asari7 va Buxoroning sobiq amiri Said Olimxonning xotiralari8 ham kiritildi. Bundan tashqari, BXSRdagi davlat va siyosat arboblari Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo`jayev, Said Ahroriy, A.Aliyev, Abdulhamid Oripov, Q.Y.Po`latov yozgan maqolalar o`rganib chiqildi.
Ikkinchi guruh adabiyotlariga mustaqillik davrida yaratilgan asarlar, maqolalar va matbuot materiallari kiradi. O`z navbatida, Buxoro Respublikasi tarixshunosligining tadqiqotchisi F.H. Qosimovni asarlaridan9 foydalanildi. Bu borada yana X.Boltaboyev10, N.Naimov11, U.Rashidov12, Q.Rajabov13, B. Mirzoqulov14 kabi olimlarning maqola va tadqiqotlarida, asarlarida ushbu mavzu atroflicha o`rganilgan. BXSR yillarida harbiy va ijtimoiy islohotlar tarixshunosligini o`rganar ekanmiz bevosita tarix fanlari doktori, professor Sh. Hayitov15 va tarix fanlari nomzodi K. Rahmonovning tadqiqotlari16, maqola va monografiyalaridan foydalandik. Bundan tashqari, matbuot nashrlarida17,”O`zbekistonning yangi tarixi” asarining birinchi va

7 Муҳаммадали Балжувоний. Тарихи Нофеий (Фойдали тарих). Т.: Академия”. 2001. 8 Амир Саид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. Т.: Фан”. 1991.
9 Қосимов Ф.Ш. Бухоро Республикаси тарихшунослиги. Бухоро. 1996.
10 Болтабоев Х. Талабни қондирмаган инқилоб//Шарқ юлдузи. 1991. №1. 11 Наимов Н. Амирнинг хазинаси. –Бухоро. 1995.
12 Рашидов У.Ж. Бухоро Халқ Республикаси (1920-1924-йиллар). –Бухоро. 2003., Бухоронинг Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлари тарихидан (1900-1925). –Бухоро. 2013.
13 Ражабов Қ.Р. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Т.: Маънавият”. 2002. 14 Мирзоқулов Б. Бухоро тарих зарварақларида. Т.: Лессон пресс. 2016.
15Ҳайитов Ш. ва бошқалар. Бухоро Халқ Совет Республикаси: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. –Бухоро. 2005; Шу муаллифдан. Бухоро Халқ Республикаси ва Германия: ҳамкорликнинг тарихий лавҳалари (1920-1924-йиллар). Т.: Фан”. 2004.
16 Раҳмонов К.Ж. Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихи матбуот саҳифаларида (1920-1924-йиллар). –Т.: “Абу матбуот-консалт”. 2012.
17 Қиличев Р. Отам босмачи эмасди”//Бухоро ҳақиқати. Бухоро. 1993-йил 13-феврал.

6



ikkinchikitoblarida18 XX asr boshlarida Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harbiy harakatlar tarixi yoritilganligiga guvoh bo`ldim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə