Respublikasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/9
tarix29.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#113913
1   2   3   4   5   6   7   8   9
pdf

II bob. 1920-1924-yillarda ijtimoiy o`zgarishlar tahlili

2.1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida maishiy hayot va xotin qizlar masalasi bilan bog`liq o`zgarishlarning tarixshunosligi
Ma`lumki, 1920-yilning 6-8-oktyabrida e`lon qilingan Buxoro Xalq Respublikasi 1420 kun yashadi. Sovet davrida respublikadagi siyosiy, iqtisodiy-agrar, madaniy-marifiy, ijtimoiy hayotga bag`ishlab o`nlab asarlar yozildi, nomzodlik va doktorlik disertatsiyalari himoya qilindi. Xotira parchalari, hujjatlar to`plamlari chop etildi. Lekin tadqiqotlar va asarlar hukmron sovetcha mafkurada bo`lib, masalaga sinfiylik, partiyaviylik prinsiplari asosida yondashildi. BXSR tarixi mavzusida sovet davrida yaratilgan tadqiqotlarning umumiy tahlili shuni ko`rsatadiki, ular bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Buning ustiga ko`pgina muammolar u davr tadqiqotlari doirasidan chetda qolgan.
Tarixshunos olim F.H. Qosimov takidlaganlaridek: Bu yo`l ravon emasdi. Uning asosiy bosqichlari qanday kechdi? Sharqdagi yangi sovet davlati haqidagi ilmiy tasavvur, tarixiy bilim qanday shakllandi va rivojlandi? O`zbekiston mustaqilligi davrida muammo tarixshunosligidagi yangilik va burilishning mohiyati nimada?49- kabi savollarga javob toppish payti keldi. F.H. Qosimov ayni paytda Buxoro Xalq Respublikasining tarixiy tadqiqotchisi, hamda tarixshunosi sifatida qalam tebratish kabi xayrli ishni bajardi.
Q. Rajabov va U. Rashidov hamda SH. Hayitov va K. Rahmonovlarning maqola va kitoblari BXSR ijtimoiy hayotini yoritishda muhim ahamiyatga ega.
M. Ochilov boy arxiv hujjatlari va o`sha davrdavriy matbuot materiallariga tayangan holda Respublikadagi iqtisodiy rivojlanish tamoyillarini ko`rsata olgan. Buxoroda amal qilib kelgan feodal monarxistik xo`jalik o`rniga erkin iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning omillari ko`rsatilgan. BXSR hukumat rahbarlari tomonidan ijtimoiy-maishiy islohotlar olib borilgan edi. Matbuot nashrlarida50 va

49 Қосимов Ф.Ҳ. Бухоро Республикаси тарихшунослиги. –Бухоро. 1996. –Б.5.
50 Матбуот нашрлари маълумотлари асосан Ш. Ҳайитов ва К. Раҳмоновларнинг Бухоро ахбори ва Озод Бухоро” газеталари нашрларидан олинган материаллари асосида ёзилган китоб ва монографияларидан олинган.

29



yuqorida nomlari keltirilgan tarixchi olimlarning kitob va maqolalarida ushbu masalalar yoritilgan.
Buxoro Xalq Respublikasi hukumatiga amirlik tartibidan nafaqat iqtisodiy, balki madaniy-maishiy qoloqlik ham meros bo`lib qoldi. Bundan tashqari, qizil askarlar Buxoroni zabt etganlarida qadimiy tarixiy obidalar, aholi uy-joylari, bino va inshootlar katta zarar ko`rgan edi. Sobiq amirlikning poytaxti yarim vayrona holatga kelgan, ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, bezgak (varaja), rishta kabi kasalliklardan aholi qattiq azob chekardi. BXSR hukumati tomonidan aholining maishiy hayotini yaxshilash, sog`liqni saqlash masalalariga katta ahamiyat berila boshlangan.
Xususan, Fayzulla Xo`jayevning III tomlik asarlarining I tomida shunday malumotlar keltiriladi: Buxoroda yangi usul maktablari ochish, gazeta va jurnallar nashr etish, Buxoro xalqining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy saviyasini yoppasiga ko`tarish maqsadida yosh buxoroliklarni Yevropaga o`qishga yuborishga, ayrim qabilalar o`rtasida shu vaqtgacha davom qilib kelayotgan dushmanlik munosabatlarini tugatish va ularning tarqoq kuchlarini bir markazda to`plashga, Buxoroda hokimiyatni demokratiya asosida tashkil etish uchun Eski Buxoroda inqilobiy fikrdagi kishilar komiteti 1908-yildan buyon intilmoqda51,-deb takidlaydi Fayzulla Xo`jayev.
BXSRdaaholi sonimasalasida ham tarixchi olimlar asarlarida malumotlar mavjud. Jumladan, mustaqillik yillarida nashrdan chiqqan professor Shodmon Hayitov va dotsent Kamol Rahmonovlarning Buxoro Xalq Respublikasi va Germaniya: hamkorlikning tarixiy lavhalari (1920-1924-yillar)” risolalarida shunday malumotlar mavjud: BXSR yillarida amirlik davrida mavjud bo`lgan mamlakat ma’muriy bo`linishidagi 27 ta bekliklar tartibi o`rniga viloyatlar, tumanlar, kentlar, qishloqlar singari ma’muriy boshqaruv tartibi joriy qilindi. Ozod Buxoro” gazetasining 1923-yil noyabr oyida nashr etilgan sonlaridan birida qayd etilishicha, BXSR 10 ta viloyat, 41 tuman, 132 kentga bo`linib viloyat-

51 Файзулла Хўжаев. Танланган асарлар. I том. –Т.: 1976. Б.175-176.

30



lardagi aholi soni quyidagicha edi: Buxoro viloyati - 420 000 kishi, Karmana viloyati - 180 000 kishi, Behbudiy (avvalgi Qarshi) viloyati - 220 000 kishi, Karki viloyati - 160 000 kishi, Chorjo`y viloyatida - 250 000 kishi, Shahrisabz viloya-tida - 250 000 kishi, Sherobod viloyatida 220 000 kishi, Hisor viloyatida -140 000 kishi, Ko`lob viloyatida - 140 000 kishi, G`arm viloyatida - 8000 kishi52.
Bundan tashqari, risolada keltirilishicha, Respublika viloyatlarida istiqomat qilayotgan aholini turmush tarzini ko`tarish, mamlakatda zamonaviy iqtisodiyot asoslarini yaratish, xo`jalikning o`rta asr darajasida qolgan texnikadan xolos qilish kabi dolzarb muammolar yechimi rivojlangan davlatlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalariga ko`p jihatdan bog`liq edi. Buxoro Xalq Respublikasi hukumati amirlikdan meros bo`lib qolgan qashshoqlik va notenglikni bartaraf qilish maqsadida o`z fuqarolaridan ikki yil, yani, 1920-1922 yillar davomida soliq ham olmadi. Davlat va hukumat xarajatlari respublika xazinasi zaxiralari hisobidan qoplangan53.
X.M.Muhamedov, O.T.Husanov, B.M.Muhamedovlarning hammuallif-likda 2008-yil nashrdan chiqargan “O`zbekiston davlati va huquqi tarixi” kitobida aytilishicha: 1920-yilning 23-sentabrida Buxoro sovetlarning Qurultoyida BXSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda mehnatkashlarning mavjud huquq va erkinliklari kengaytirildi. Mulkdorlarning, ruhoniylarning, aksilinqilobiy kuchlarning saylov huqulari bekor qilindi54.
Aholining ijtimoiy-moddiy ahvoli masalasi turli tarixchi olimlar, hattoki, BXSR hukumat azolari tomonidan ham yozib qoldirilgan. Fikrimizni yana Fayzulla Xo`jayevning I tom asarlaridagi malumotlar bilan davom ettiramiz. BXSR Xalq Nozirlar Sho`rosi raisi o`z asarlarida shunday yozib qoldiradi: Bizning dasturimizda Konstitutsiyamizda yozilgan gaplar bilan amalda

52 Бухоро жумҳуриятида қанча халқ бор?// Озод Бухоро. 14-сон. 1923-йил 21-ноябр; Қаранг. Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Республикаси ва Германия: ҳамкорликнинг тарихий лавҳалари (1920-1924-йиллар). Т.: Фан, 2004. Б.7.

53 Ҳайитов Ш. Раҳмонов К. Бухоро Халқ Республикаси ва Германия: ҳамкорликнинг тарихий лавҳалари (1920-1924-йиллар). Т.: Фан, 2004. –Б.8.
54 Х. М. Муҳамедов ва бошқалар. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. –Т.: Тасвир, 2008. Б.236.

31



bo`layotgan ishlar o`rtasida farq yo`q: bizda odamlarning irqi, tanasining tusi va milliy belgilaridan qatiy nazar ishchilar sinfining hukmronligi o`rnatilgan, har bir ishchi, har bir jonkuyar mehnatchi mamlakatning xo`jayini, mamlakat taqdirini hal qiluvchi. Buxoro grajdanlari qonuniy yo`l bilan o`zlari orttirgan mol-mulkni to`la tasavvur qilishga va undan foydalanishga haqli ekanliklarini tantanali ravishda (elon qiladi) ta’kidlaydi. Grajdanlar qo`lidagi kapitalning miqdoriga nisbatan har qanday siquvlar shu kundan boshlab bekor qilinadi55. Fayzulla Xo`jayev o`z asarida yana ta`kidlaydi: aloqa yo`llari qurish va shunday ot-arava transporti bo`yicha topshiriqlarnig ko`p qismi bajarilmay qoldi, yani budjetdan berilgan mablag`lar yetmadi, ish aparati zaiflik qildi”.
Ushbu malumotlarni tahlil qilar ekanmiz, yuqorida keltirilgan tarixchi olim K.Rahmonovning BXSR tarixi matbuot sahifalarida” nomli monografiyasidagi malumotlar qanchalik to`g`ri va asosli ekanligiga guvoh bo`lamiz. Haqiqatda, Buxoro ko`chalarida avtomobil, foytun aravalar qatnovi yomon ahvolda bo`lgan.
BXSR davri tadqiqotchisi bo`lmish, tarix fanlari nomzodi, dotsent Kamol Rahmonovning 2012-yilda nashr qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixi matbuot sahifalarida” mongrafiyasida aholining ijtimoiy, moddiy, maishiy hayotiga oid malumotlar keltiriladi. Muallif quyidagi malumotlarni BXSRning mahalliy matbuot organi bo`lgan Buxoro axbori” va Ozod Buxoro” gazetalari nashrlaridagi materillarlarni o`rganish asosida keltiriladi. Ushbu monografiyada quyidagi malumotlar mavjud: Hukumat siyosatining muhim yo`nalishi bo`lgan aholi maishiy turmushini yaxshilash bilan bog`liq shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, botqoqliklarni quritish va qamishzorlarni yo`qotish, istirohat bog`lari ochish kabi masalalar mahalliy matbuot organlari nashrlarida keng yoritilgan. Hukumat Buxoro ko`chalariga tosh yotqizish, transport yo`llarini tartibga keltirish haqida ham bir qator tadbirlar belgilangan. Matbuot materiallarining malumoticha, Respublika poytaxti Eski Buxoro shahri ko`chalari tor, kechqurunlari ba`zi ko`chalarning qorong`uligi va ko`lmak suvi tufayli

55 Файзулла Хўжаев. Танланган асарлар. Iтом. Т.: 1976. Б.220,254.

32



hatto yayov yurish qiyinligi qayd qilinadi. Masalan, Dohiliy (ichki ishlar) nazoratidan oling`on malumotlarga ko`ra, Buxoro ko`chalarida tez yurig`on avtomobil va foytunlar orqasidan ot-foytun yoki avtomobil ostig`a qolib o`luvchilar, oyoqsiz, qo`lsiz qoluvchilar juda ko`pdur…”,-deb yoziladi Ozod Buxoro” gazetasining 1923-yil 16-dekabr 25-sonida56.
Mustaqillik yillarida, yani 2011-yil N. Jo`rayev va Sh. Karimovlar tomonidan nashr etilgan O`zbekistonning yangi tarixi II qism (O`zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida) kitobida quyidagi malumotlar keltiriladi: Buxoro Xalq Sho`ro Respublikasi mehnat va mudofaa sovetining 1923-yil 4-yanvar qarori bilan muhtoj dehqonlarga yordam fondiga 140 ming pud urug`lik chigit va 123,5 ming pud urug`lik don berdi. Bundan tashqari, dehqonlarga 1344 bosh ish hayvoni va 3800 ta har xil dehqonchilik asboblari berildi57.
Yuqoridagi tarixchi olimlarning asarlarini, kitob va monografiyalarini tahlil qilar ekanmiz, BXSRning ijtimoiy masalalari atroflicha yoritilganiga guvoh bo`ldik. Endilikda, masalani BXSR aholining maishiy turmushi, kundalik iqtisodiy ahvoliga qaratamiz. Ushbu masalada etiborni dastlab aholining transport qatnovi, aloqa, pochta-telegraf xizmati, aholiga elektr taminoti masalalariga qaratamiz.
BXSR hukumat rahbari bo`lmish Fayzulla Xo`jayev boshchiligidagi hukumat azolari tomonidan xalqning maishiy turmushini yaxshilashga doir chora tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, Fayzulla Xo`jayev o`z asarlarining I tomida quyidagi malumotlarni keltiradi: Transport sohasida aloqa yo`llari qurish va shunday yo`llarda har xil yuk tashish vositalarini: avtomobillar, ekipajlar va shu kabilarni saqlash, transport kontrollari, passajir va Tovar stansiyalari va skladlarni ochish, daryo transporti (poroxodlar, barjalar, qayiqlar va b.) qurish hamda ulardan foydalanish masalalari ko`rildi. Aloqa

56РаҳмоновК.Ж. БухороХалқСоветРеспубликаситарихиматбуотсаҳифаларида. Т.: Абу матбуот-консалт. 2012. Б.78.
57 Жўраев Н., Каримов Ш. Ўзбекистон тарихи. II том. збекистон Совет мустамлакачилиги даврида). –Т.: Шарқ”, 2011. –Б.248.

33



yo`llari va vositalari masalasi ham dasturga kiritildi.Fayzulla Xo`jayev o`z asarida yana quyidagi malumotlarni aytadi: “Temiryo`l transporti bo`yicha Qarshi-G`uzor o`rtasida qatnov boshlandi. Suv transporti bo`yicha bu yil 100ta qayiq suvga tushirildi, bunga 150 000 so`m pul ajratildi. Transportning hamma turlari bo`yicha 8000 so`mga yaqin pul sarflandi. Xalq aloqa vositalari bo`yicha anchagina ishlar qilindi, yani 220 chaqirim masofaga telegraf simi yangidan tortildi va 700chaqirim masofadagi telegraf simlari qayta qurildi. Dushanbeda radiostansiya ishga tushurildi va yangidan ikkitasi qurildi58.Fayzulla Xo`jayevning o`z asarida bayon qilgan malumotlarni tahlil qilar ekanmiz bu malumotlarga tanqidiy yondashamiz. Chunki bu asar Sovet davrida yozilganligi uchun ham o`sha davr tasiri sezilib turadi.
Endilikda yuqoridagi malumotlarni yanada asoslash uchunboshqa manbaga yuzlanamiz. Mustaqillik yillarida tarix fanlari doktori, professor Sh.A. Hayitov va boshqalar tomonidan chop etilgan BXSR: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot deb nomlangan kitobda quyidagi ma’lumotlar mavjud: Respublikada pochta-telegraf ishlari ham 1922-yilda yo`lga qo`yilgan edi. 1921-yilda hukumat nashriyoti oldida BuxROSTA (Russiya telegraf agentligi Buxoro sho`basi) o`rniga BuxTAni (Buxoro telegraf agentligi) tuzish masalasi qo`yilgan. Uni tuzish uchun Buxoro Davlat nashriyoti direktori Mahmud Said Ahroriy, Buxoro axbori”ning bosh muharriri, shoir Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon va Golpirinlar kirgan uch kishidan iborat komissiya faoliyati samarali bo`lib, BuxTA tashkil etilib, uning mudirligiga Ismoilzoda Abdurahmon saylangan. Respublikada pochta va telegraf tarmoqlari rivojiga ham e’tibor qaratilib, 1921-1922-yillarda Dohiliya (ichki ishlar) nazorati huzurida maxsus pochta-telegraf maktabi” ochilgan. Maktabni bitirganlarga shahodatnoma berilib, ular respublika viloyatlari bo`ylab xizmatga yuborilgan59.

58 Файзулла Хўжаев. Танланган асарлар. I том. –Т.: 1976. Б.278.
59 Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.58-59.

34



Ushbu malumotlarni tahlil qilib turib, K.J. Rahmonov tomonidan nashr qilingan BXSR tarixi matbuot sahifalarida monografiyasiga yuzlandik. Unda yana quyidagi malumotlar mavjud: Pochta-telegraf ishlari 1922-yilga kelib yo`lga qo`yilgan. Pochta va telegraf ishlari yo`lga qo`yilgan bo`lsada, kommunikatsiya xizmati sohasining bu yo`nalishdagi faoliyati ancha cheklangan edi. 1922-yil 1-noyabrda telegrafning har so`zi 20 so`m, buyurtma xatlari 50 so`m bo`lib, to`lov 1922-yilgi oqcha hisobidan amalga oshirilgan. Har bir fuqaro 24 soat (1sutka) ichida 1 ta telegramma berishga haqli bo`lgan. Telegramma ish joyidan tasdiqlangan bo`lishi, 5 so`zdan oshmasligi belgilab qo`yilgan”60.
Sh.A.Hayitov va boshqalar tomonidan nashr qilingan BXSR: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot deb nomlangan kitobda yana quyidagi malumotlar keltiriladi: 1922-1923-yillarda Buxoro Respublikasida ilk bor telefon stansiyalari qurildi va radioeshittirishlar joriy qilindi. 1923-yilda Rossiyaning Moskva shahridan asbob uskunalar olib kelindi61.
K. Rahmonovning yuqorida keltirilgan monografiyasida esa ushbu radiostansiya haqida shunday malumotlar keltiriladi: Bu Minorayi Kalon ostig`a o`rnatulg`on”, - deb yozadi Buxoro axbori gazetasi. Buxoro shahri aholisi 1923-yil fevral oyidan boshlab radioeshittirishlardan bahramand bo`lgan62.
Sh.A.Hayitovning yuqoridagi kitobida malumot berilishicha: Buxoroda shahar ko`chalarini yoritish aholini elektr chiroqlari bilan ta`minlash uchun Buxoroning Registon maydonida 1923-yil kuzida ilk bor elektr stansiyasi o`rnatildi. Xabarlarda elektr chiroqlari bilan shaharni yoritish 1923-yil 15-oktabrdan boshlandi, deyilsada, aslida buxoroliklar xonadonida elektr lampochkalari o`sha yilning 12-dekabridan porlay boshlagan”. Ushbu kitobda mualliflar tomonidan yana quyidagi malumotlar keltiriladi: Buxoro

60 Почта ва телеграф муносабатлари. Почта ва телеграф томонидан муҳим билдириш//Бухоро ахбори. 111он. 1922-йил 19-ноябр; Қаранг: Раҳмонов К. БХСР тарихи матбуот саҳифаларида. Т.: Абу матбуот-консалт”. 2012. –Б.78.
61 Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.58. 62 Янги радиостанция//Бухоро ахбори. 127-сон. 1923ил 18-феврал; Қаранг: Раҳмонов К. БХСР тарихи матбуот саҳифаларида. Т.: “Абу матбуот-консалт”. 2012. Б.79.

35



shahridan keyin elektr chiroqlari Chorjo`y shahrida yonib, avvalo, harbiylar joylashgan binolar elektr toki bilan taminlangan.63
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida mamuriy bo`linish va aholi soni o`zgarib turgan. Bu masalalar aholi turmushiga tasir ko`rsatgan. Ushbu masalalarni quyidagi tarixiy manbada ko`rish mumkin. Xususan, Sh.Hayitov va S. Badriddinovlar tomonidan 2007-yilda nashr qilingan Buxoro tarixidan lavhalar (XIX-XX)” deb nomlangan kitobda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 1923-yilda mamlakatning yangi hududiy bo`linishi amalga oshirilib, Respublikada 5ta okrug, 48 ta tuman, 195 ta kent tashkil etiladi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, bu davrda Zarafshon okrugida 800 000, Sharqiy Buxoroda 600 000, Qashqadaryo okrugida 450 000, Turkman okrugida 350 000, Surxandaryo okrugida 300 000 kishi atrofida aholi yashagan64. Ko`rinib turibdiki, BXSRda aholi soni o`sib borgan. BXSR hukumati esa ijtimoiy islohotlar o`tkazgan”.
Sh. Hayitov va K. Rahmonovlar tomonidan 2004-yilda nashr qilingan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Sharq mamlakatlari (1920-1924)” nomli kitobda quyidagi malumotlar keltiriladi: BXSR hukumatini turkmanlar masalasida tashvishga soladigan eng katta muammo “turkman qochoqlarimuammosi edi. 1920-yilningo`zida amir amaldorlari va dindor ruhoniylar bilan birga sobiq Chorjo`y va Karki bekliklari hududidan qo`shni Afg`onistonga 35 ming oila turkmanlar 2 mln qoramollari hamda son-sanoqsiz qo`y va poda-lari bilan o`tib ketishgandi. Ular Buxoro fuqarolari edi65,-deb yozilgan.
Bundan tashqari, aholi maishiy hayoti haqida Sh.A. Hayitov atroflicha malumot beradi. BXSR iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot nomli kitobda aytilishicha: ”Buxoro Respublikasida aholini madaniy-maishiy hayotga kengroq tortish uchun 1923-1924-yillarda 5 ta klub, 10 ta qizil choyxonalar ham

63 Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.58-59. 64 Ҳайитов Ш., Бадриддинов С. Бухоро тарихидан лавҳалар IХ-ХХ асрлар). –Бухоро: 2007. Б.44-45.
65 Ҳайитов Ш., Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси ва Шарқ мамлакатлари (1920-1924). –Бухоро. 2004. –Б.25.

36



ochilgandi. Bu muassasalar davlat byutjetidagi mablag`lar hisobidan taminlanar edi. Lekin yuqoridagi muassasalar Buxoro Respublikasining keng aholi qatlamlarini ijtimoiy hayotga jalb qila olmadi66.
Yana ushbu kitobda keltirilishicha: 1922-yil bahorida Buxoroda maktab o`quvchilari yozgi tatil davrida dam olishlari uchun bolalar bog`i” tashkil etilgan. Bog` unchalik katta bo`lmasada, lekin kechqurunlari va dam olish kunlari bolalar hamda ularning ota-onalari bilan gavjum bo`lgan. Sh.Hayitovning ushbu kitobida takidlashiga ko`ra, 1923-yilda Labi Hovuzda va Devonbegi madrasasida davlat xazinasi hisobidan tamirlash ishlari olib borilib, Buxoro viloyat ijroko`mi va hukumatning iqtisodiy sho`rosi bu yerda yongan aholi uy-joylari va imoratlari o`rnida chiroyli chorbog` qilish rejasini amalga oshirishga kirishgan. Hukumat Buxoro ko`chalarida tosh yotqizish, transport yo`llarini tartibga keltirish haqida ham anchagina ish olib borgan”67.
Yuqoridagi tarixiy kitoblarni tahlil qilar ekanmiz, ularda BXSR davri ijtimoiy hayoti, aholi maishiy-kundalik hayoti to`g`risida muhim malumotlar mavjud. Tadqiqotchilar ushbu masalalarni atroflicha o`rganib, tahlil qilganlar. Tarixiy kitoblarni o`rganish davomida ushbu manbalarda BXSRda Sharq dunyosida ijtimoiy muammolarning eng muhim bo`g`ini hisoblangan jamiyat azolarining yarmidan ortig`ini tashkil qilgan xotin-qizlar muammosi masalalari ham yoritilganligiga guvoh bo`ldim.
BXSRda xotin-qizlar masalasi bilan bog`liq o`zgarishlarning tarixshunosligi istiqlol davrida rivojlandi. Turli tarixchi olimlarning kitoblari, monografiyalari va maqolalarida ushbu masala yoritilgan.
Dastlab, BXSR hukumat rahbari Fayzulla Xo`jayevning asarlarining I tomiga to`xtalamiz. Ushbu kitobda xotin-qizlar masalasi xususida quyidagi malumotlar mavjud: Xotin-qizlar masalasida. Bu ish mehnatkash xotin-qizlarning kasaba ittifoqlari (hunarmandchilik, kustarchilik ip-yigirish, pillachilik,

66 Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.59. 67 Шу китоб. Б.57.

37



uy bekalari va shu kabilarning ittifoqlari)ga uyushtirishdan va ular orasida targ`ibot yuritishdan iborat bo`lishi lozim. Ular orasida paranji yopinishga qarshi ongli harakat kuchaytirilishi kerak. Shunday qilishgina hukumatning tegishli qonunlar chiqarishga kirishuviga imkoniyat berishi mumkin”. Yana F.Xo`jayev takidlaydi: maorif sohasida uchta xotin-qizlar maktabi tashkil etildi. 128 nafar o`zbek qizlari o`qib turibdi”68.
Yuqoridagi malumotlarni BXSR rahbari Fayzulla Xo`jayev o`sha davr-ning jonli guvohi sifatida o`z asarida bayon qiladi.
Endi,to`g`ridan to`g`ri mustaqillik davri manbalarini tahlil qilamiz. Mustaqillik davrida tadqiqotchilar Sh.Hayitov, K.Rahmonov, M.Ahrorova-larning kitob va maqolalarida BXSRda xotin-qizlar masalasi atroflicha tahlil qilingan. Xususan, Sh.Hayitov va boshqalar tomonidan nashr qilingan BXSR: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot nomli kitobda xotin-qizlar masalasida quyidagi malumotlar tahlil qilingan: Bu muammo sharqning XXasr boshlaridagi mutafakkirlari, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati rahbarlari: Abdurauf Fitrat, Said Ahroriy, Qori Yo`ldosh Po`latov kabilarning asarlari va publitsistik maqolalarida tahlil qilingan. Jumladan, S.Ahroriy Sharq ayolining ijtimoiy va manaviy jihatdan kamsitilgani haqida o`zining Xotun” maqolasida: Erkakning o`ylaganicha, xotun ermakdur,o`yinchoqdur, qo`g`irchoqdur. Ko`ngli qanday tilasa, shunday sevadur, majaqlaydur, sindiradur va ezadur69.
Tadqiqotchi Sh.Hayitov kitobida yana quyidagilarni ta`kidlaydi: Buxoro axbori gazetasining o`nlab sonlarida respublika xotin-qizlarining siyosiy huquqlari, madaniy-marifiy hayotdagi ishtirokini taminlash, ularning savodxonligini oshirish, oiladagi huquq va erkinliklari masalalariga bag`ishlab maqola va xabarlar elon qilingan. Buxoro Respublikasi tashkil topgan dastlabki kunlardanoq erkaklar bilan birga mahalliy xotin-qizlarni ham savodli qilish, ular orasidan muallimalar yetishtirmak uchun chora tadbirlar ko`rildi. Eski Buxoroda

68 Файзулла Хўжаев. Танланган асарлар. I том. –Т.: 1976. Б.240, 279.
69 М.С. Аҳрорий Хотун//Озод Бухоро. 1923ил октябр. 6-сон; Қаранг: Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. Б.49.

38



yerli xotin-qizlardan muallimalar yetishtirmak uchun 6 oylik talim-tarbiya kurslari ochildi. Yerli (mahalliy) xotin-qizlarning bu kursga rag`bat-etiborlari zo`rdir”70.
1996-yilda F.Qosimov masul muharrirligida nashr qilingan Buxoro tarixi masalalari” maqolalar to`plamida M.Ahrorova Buxoroda xotin-qizlar harakati tarixidan nomli maqola elon qildi. Ushbu maqolada quyidagi malumotlar tahlil qilingan: Buxoroda xotin-qizlar harakatini o`rganish 20-yillardanoq boshlangan. 1960-1980-yillarda xotin-qizlar harakati O`zbekiston tarixshunosligida mustaqil muammoga aylanib uni o`rganish qator tadqiqotlarni yuzaga keltirdi. 1919-1920 yillarida Buxoro respublikasida ham birinchi xotin qizlar bo`limi tuzildi. 1924-yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kunida Buxoroda birinchi marta - Sharq xotin-qizlarining ozodlik klubiochildi. Mitingda 1000 ga yaqin musulmon va yerli yahudiy xotin-qizlar qatnashdi. Shu kun 12 ayol paranji tashlashdi. Klub qoshida bolalar yaslisi va konsultatsiyasi, savodsizlikni tugatish kurslari tashkil qilindi.
M.Ahrorova maqolasida ta’kidlashiga ko`ra: Buxoro markaziy xotin-qizlar bo`limining 3 asosiy vazifasi mavjud:
1. Xodimlar tayyorlash;

2.Iqtisodiy ozodlikni ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish; 3. Huquqiy sharoitni yaxshilash71.
Ushbu tarixiy kitoblarni tahlil qilar ekanmiz, ularda xotin-qizlar masalasi BXSRda muhim o`rin tutganligini ko`rish mumkin. Bundan tashqari,xotin-qizlar masalasi bilan bog`liq o`zgarishlarning tarixshunosligiga to`xtalsak, K.Rahmonovning 2012-yilda nashr qilgan BXSR tarixi matbuot sahifalarida” deb nomlangan monografiyasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu monografiyada xotin-qizlar masalasida quyidagi malumotlar tahlil qilingan: xotin-qizlarni hayotga kengroq tortish maqsadida Buxoroda 1922-yilning 17-martida birinchi marotaba Xotunlar kuni bayrami o`tkazilgan”72.

70Бухоро ахбори. 1921-йил 30-июн. 41-сон; Қаранг, Ҳайитов Ш ва бошқалар. БХСР: иқтисодиёт, ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт. Бухоро: 2005. –Б.50.
71 М. Аҳророва. Бухорода хотин-қизлар ҳаракати тарихидан//Бухоро тарихи масалалари. –Бухоро. 1996. Б.125-138.
72 Раҳмонов К. БХСР тарихи матбуот саҳифаларида. Т.: “Абу матбуот-консалт”. 2012. Б.90.

39



BXSR hukumati rahbarlari xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga faol jalb qilish masalalarida islohotlar olib borgan. Ushbu masalalar yuqoridagi kitob va maqolalarda atroflicha o`rganilgan va tahlil qilingan.
Yana shuni ta’kidlab o`tish kerakki, 2000-yilda nashr qilingan “O`zbekistonning yangi tarixi” II tom (O`zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida) kitobida keltirilishicha, 1923-yilning kuziga kelib, Rossiya va Turkiston Respublikalarida ochlik va qashshoqlik davom etayotgan bir paytda, Buxoro Xalq Respublikasida turmush nisbatan farovon bo`lib qoldi. Buxoro so`mining qadr-qiymati Rossiya rubliga nisbatan 7-8 baravar oshib ketdi73.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə