O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

Ikki tomonlama fol
- ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-
biriga qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi. 
Texnik fol
- o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning 
yordamchisiga 
berilishi 
mumkin. 
Agar 
o’yinchi 
hakamlar 
ko’rsatmalarini mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” 
qo’llasa texnik fol beriladi. 
Ataylab qilingan fol
- hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p 
bilan yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan 
shaxsiy foldir. Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan 
belgilanmaydi, balki oldindan o’ylangan yoki mo’ljallangandek 
ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. Ataylab qilingan follarni 
takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi 
mumkin. 
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) 
qilinadigan fol
Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos 
bo’lmagan darajada rioya qilmaslik-o’yinda qatnashish huquqidan 
mahum qiladigan fol (diskvalifikastiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima 
to’pi tashlanadi hamda to’p “zona chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa 
o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi. 
Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol-
Hakam fol 
bo’lganligini qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan 
savatga to’p (to’plar) otish bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u 
barmoqlari 
bilan 
aybdor 
jamoaning 
jarima 
chizig’ini 
ko’rsatadi.Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki 
o’yinchilarining olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi 
oladigan follari uchun jarima chizig’idan 2 ta jarima to’pi otish 
imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir chorakda jamoani 4 ta foli 
alohida-alohida hisoblanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə