O’. A. Farmanov


Taktika  - yunoncha “taktikus” so’zdan olingan bo’lib, o’zbek  tilida “tartiblashtirish” ma’nosini anglatadi. Basketbolda o’yin taktikasi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

Taktika 
- yunoncha “taktikus” so’zdan olingan bo’lib, o’zbek 
tilida “tartiblashtirish” ma’nosini anglatadi.
Basketbolda o’yin taktikasi 
- muayyan jamoaning ikkinchi bir 
jamoa ustidan yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida g’alabaga 
erishish san’atini anglatadi.
Taktik kombinatsiya 
- bu bir o’yinchiga hujum qilishi uchun 
qulay sharoit yaratib berishga qaratilgan bir necha o’yinchining harakat 
faoliyatidir.
Strategiya 
- (strategia) yunoncha so’zdan olingan bo’lib, harbiy 
sohada, siyosiy partiyalarda eng samarali yo’l, usul yoki vositani 
tanlab, g’alaba sari olib borish ma’nosini ifodalaydi.
O’yin malakalari 
- o’yin vositalari (to’p uzatish, to’p qabul qilish, 
to’siq, to’p olib yurish va h.k.)ni ifodalovchi harakat turlarini anglatadi.
“Kryuk”
- qo’lni baland holatida yarim aylanma harakatda uzatish 
va otish tushuniladi.
O’yin usullari 
- o’yin malakalarini turlicha usullar (yuqoridan va 
pastdan ikki qo’llab hamda bir qo’llab to’p uzatish, bir va ikki qo’llab 
to’p otish, to’p olib yurish turlari va h.k.)da ijro etishni ifodalaydi.
O’yin intizomi 
- har bir o’yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga 
bo’ysunishi, bo’lajak o’yinda rejalashtirilgan taktik ko’rsatmalarni 
amalga oshirish, o’yin qoidalari va umuminsoniy xislatlarga amal qilish 
va hokazo.
Taktik harakat 
- samarali natija yoki g’alabaga qaratilgan hamda 
yakka, guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan malakalarni anglatadi. 
“Eshelon” kombinatsiyasida 
ikki hujumchi bir yo’nalishda 
harakatlanadi, to’p birinchi hujumchiga halqaga hujum qilishi uchun 
uzatiladi, hujum muvaffaqiyatli yakun topmasa ikkinchi hujumchi 
hujumni davom ettiradi.


183 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə