O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

3-soniya qoidasi-
To’pni nazorat qilayotgan jamoa o’yinchisi to’p 
bilan yoki to’psiz bo’lishidan qat’iy nazar raqib jamoaning trapetsiya 
shaklidagi chegaralangan zonasida qatorasiga 3 soniyadan ortiq turishi 
mumkin emas.Uch soniyali zonani chegaralab turgan chiziqlar shu 
zonaning qismi bo’lib hisoblanadi. Shu chiziqlarning birini bosib turgan 
o’yinchi zona ichida turgandek hisoblanadi. 
5-soniya qoidasi-
To’pni egallab turgan hamda raqib tomonidan 
yaqindan ta’qib qilinayotgan o’yinchi, to’pni sheriklariga 5-soniya 
ichida uzatmasa, savatga otmasa, yumalatmasa yoki olib yurmasa, qoida 
buzilgan hisoblanadi. Maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritishga 
hamda jarima to’pini otishga ham 5-soniya vaqt beriladi. Agar qoida 
buzilsa, to’p qoida buzilgan joyga yaqin bo’lgan yon chiziq 
tashqarisidan o’yinga kiritiladi. 
8-soniya qoidasi-
Agar o’yinchi o’zining orqa zonasida jonli to’p 
ustidan nazorat o’rnatsa, uning jamoasi 8-soniya ichida to’pni o’zining 
old zonasiga albatta o’tkazishi kerak (agar raqib o’yinchisi to’pni 
maydon tashqarisiga urib chiqarsa, u holda 8-soniya boshidan sanaladi, 
24-soniyali vaqt esa davom etaveradi). Agar to’p old zonada turgan 
sherigiga yoki old zonaga tegsa, to’p jamoaning old zonasiga o’tgan 
hisoblanadi. Qoida buzilganda to’p qoida buzilgan joy yaqinidagi yon 
chiziq tashqarisidan o’yinga kiritish uchun raqib jamoasiga beriladi. 
24-soniya qoidasi-
Agar o’yinchi maydonda jonli to’p ustidan 
nazorat o’rnatsa, uning jamoasi 24-soniya ichida raqibi savati tomon 
to’p otishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik qoidaning buzilishi 
hisoblanadi. 
Qoidalarga rioya qilmaslik va jazo-
Qoida buzilishi-bu qoidalarga 
rioya qilmaslikdir. Bunda qoidani buzgan jamoa tomonidan to’pning 
yo’qotilishi jazo bo’lib hisoblanadi. 
Fol-bu qoidalarga rioya qilmaslik. U qoidani buzgan o’yinchi 
nomiga yoziladigan va qoidaning moddalari shartlariga muvofiq 
munosib darajada jazolanadigan raqib bilan shaxsiy muloqotni yoki 
sportchilarga zid bo’lgan xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi. 
Shaxsiy fol
- bu to’p o’yinda jonli yoki jonsiz bo’lishi yoki 
bo’lmasligidan qat’iy nazar, raqib bilan to’qnashuvni sodir qilgan 
o’yinchiga berilgan foldir. 


180 
O’yinchi qo’llari, elkalari, sonlari va tizzalarini qo’yib, o’z tanasini 
odatdagidan tashqari holatda bukib, raqibning harakatlanishiga xalaqit 
berishi, to’qnashishi, oyog’idan chalishi, itarishi, oyog’idan ushlab 
qolishi, yo’lini to’sishi hamda qanday bo’lsa ham qo’pol taktika 
qo’llashi mumkin emas. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə