O’. A. Farmanov


Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
13.2. Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor, 
murabbiylar 
 
Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10-ta o’yinchidan iborat 
bo’ladi. O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa 
tarkibida murabbiy yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir 
turnirda uchtadan ortiq o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir 
jamoaning o’yinchilari soni 12-tagacha ortishi mumkin. O’yin paytida 
har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda bo’lishi kerak. Ular 
qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin. 
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi 
va o’yinda qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi 
o’yinchi bo’lib hisoblanadi. 
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat 
bersa, unda u o’yinchiga aylanadi. 


173 
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi 
kerak. Bu raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan 
yaqqol ajralib turishi zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: 
orqadagi 
raqamlarning 
balandligi 
kamida 
2-sm, 
ko’krakdagi 
raqamlarning balandligi kamida 1-sm bo’lishi shart. Raqamlar uchun 
ishlatiladigan ashyoning eni 0,2-sm dan kam bo’lmasligi kerak. 
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. 
Bir jamoa o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib 
chiqishlari mumkin emas. 
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat: 
-bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va 
umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l 
maykalarni kiyish man etiladi; 
-bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda 
bo’lgan shortik kiyishlari kerak
-maykalar tagidan kalta engli maykalar kiyish mumkin. Lekin kalta 
engli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga mos bo’lishi shart; 
-kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim kiyilsa, 
uning rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak. 
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili 
bo’lib hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar 
bo’yicha yoki kerakli ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish 
mumkin. Bu narsa xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-
bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga 
o’yinchilardan qaysi biri uning o’rniga sardor sifatida qolayotganligini 
ma’lum qiladi. 
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20-daqiqa 
qolganida 
har 
bir 
murabbiy 
kotibga 
o’yinda 
qatnashadigan 
o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini, shuningdek jamoa sardori
murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini ma’lum qilishi 
kerak. 
O’yin boshlanishiga 10-daqiqa qolganida murabbiylar o’z 
o’yinchilarining 
familiyalari 
va 
raqamlarni 
tasdiqlaydilar 
va 
qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda shu vaqtning o’zida o’yinni 
boshlaydigan 5-ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. “A” jamoasi 
murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi. 
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, 
unda bu haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur. 


174 
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki 
murabbiy yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki 
murabbiy yordamchisi o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir 
qarorga kelsalar, unda zahiradagi o’yinchi shu iltimosni etkazish uchun 
kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga darhol tushish uchun tayyor 
turishi zarur. 
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning 
familiyasi o’yin boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi 
shart. 
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira 
olmasa, bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi. 
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron 
bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u 
murabbiy sifatida harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u 
qoidani buzganligi tufayli o’yinda qatnashish huquqidan mahrum 
etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi sababli murabbiylik vazifasini 
bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga tushgan o’yinchi 
uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə