3-Mavzu: Jamoalar toʻgʻrisida taʼlimot



Yüklə 26,24 Kb.
tarix11.07.2023
ölçüsü26,24 Kb.
#119493
3 ma\'ruza


3-Mavzu: Jamoalar toʻgʻrisida taʼlimot

Reja
3.1.1.Jamoaning tuzilishi va shakllanishi. 3.1.2.Biotsenozlar. Biotsenozdagi turlar, masofa va trofik tizimlar, fitotsenoz va zootsenoz.


3.1.3.Konsortsiyalar. Jamoa komponentlari o‘rtasidagimunosabatlar.
3.1.4.Jamoaning tur,tizim, genetikturli –tumanligi.
3.1.5.Jamoaningshakllanishmexanizmidayirtqichlikvaraqobatningroli. Klimaksjamoalar.
Jamoaning tuzilishi va shakllanishi
Jamoa - Ekosistemasining tirik ajralmas qismi boʻlib, maʼlum bir hududni egallagan, bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi populyatsiya¬lar yigʻindisi hisoblanadi.
Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hu-dudlarda yashovchi barcha oʻsimliklar va hayvonlarni oʻz ichiga oluvchi ti¬rik organizmlar jamoasini eʼtiborga olib, ularda emanlar va shu¬voqlar ustunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalarni emanlar yoki shu¬voqlar ja¬moasi deb yuritiladi.
Baʼzi bir jamoalarni aniqlash qiyinlik tugʻdiradi, chunki bu ja¬moaga kiruvchi bir-birlari bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan kompo¬nent¬lar oʻz chegarasidan tashqariga chiqib ketgan boʻlishi mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda boʻlgan birlik boʻlib, unda har xil tropik dara¬jada boʻlgan organizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda ozuqa moddalarning uzluksiz almashinuvi boʻlib turadi.
Jamoaning tizimi maʼlum vaqt ichida asta-sekinlik bilan shakl¬la¬nadi. Bunga misol qilib, vulqonlar taʼsirida hosil boʻlgan yalangʻoch togʻ jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil boʻlish jarayo¬nini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil boʻlma¬ganligi sababli ularda daraxtsimon oʻsimliklar oʻsa olmaydi. Biroq, har xil yoʻllar bilan bu yerlarga kelib qolgan suvoʻtlari va li¬shayniklar oʻsib, joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini shakllantiradi¬lar (12-rasm). Sekin-asta halok boʻlgan va parchalangan suvoʻtlari hamda lishaynik¬larning qoldiqlari bu yerlarda tuproq qatlamining hosil boʻlishiga olib keladi, natijada bunday joylarda moxsimonlar va pa¬porotniklar¬ning oʻsishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vujudga ke¬ladi. Pirovar¬dida ulardan soʻng yuqori taraqqiy etgan urugʻli oʻsimliklarning oʻtsimon, boʻtasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo boʻla bosh¬laydi. Ana shu yuqorida aytilgan sxemalardagidek maʼlum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashi¬nishi ekologik sukse¬siya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir tur¬ning ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuza¬tiladi. Bunday almashi¬nib turishga turlarning almashinishi yoki qoʻshni jamoalardan turlar¬ning migratsiyasi (kirib kelishi) sabab boʻladi.

12-rasm. Togʻ jinslarida shakllangan jamoa

Togʻ jinslaridagi dastlabki paydo boʻlgan suksessiyalar birlamchi suksessiyalar deyiladi. Birlamchi suksessiyadan farq qilib, ikkilamchi suksessiya deb ilgari tirik organizmlar yashagan qoldiqlari boʻlgan, bi¬roq hozirgi kunda oʻsimliklari juda kam rivojlangan joylarda boshla¬nayotgan suksessiyaga aytiladi. Ana shunday ikkilamchi suksessiya¬larga mi¬sol qilib, kesilgan oʻrmonlarni, qishloq xoʻjaligida foydala¬nib kelin¬gan, biroq kuygan va tashlab qoʻyilgan yerlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda oʻsimliklarning sporalari, urugʻlari, vegetativ koʻpayish or¬ganlari (ildizpoyalar, piyozboshlar) saqlanib qolib, sukses¬siyaning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadilar. Birlamchi va ikkilamchi suksessiya¬larda ham uni oʻrab turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni oʻynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar boʻlib turadi.

Biosenoz (bio — yunoncha – hayot, koynos — umumiy maʼnoni bildi-radi). Oʻxshash sharoitga moslashib olgan va bitta joyning oʻzida birga yashaydigan barcha tirik organizmlar yigʻindisi biotsenoz deyiladi. Chunonchi, Oʻzbekistonning qumli choʻllarida oʻsadigan barcha oʻsimliklar (saksovul, quyonsuyak, singren, shuvoq, qizilcha, qandim, ilak, qoʻngʻirbosh va hokazolar), yashaydigan hayvonlar (quyonlar, toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar, kiyiklar, boʻrilar, tulkilar va hasharotlar), mikroorganizmlar shu mintaqaning biotsenoziga misol boʻla oladi.


Demak, biotsenoz biogeotsenozning tirik qismidir. Biosenozda yashay-digan oʻsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar doimo bir-birlariga maʼlum munosabatda aloqada boʻladilar. Ularning ana shu munosabatlari hayot kechirish sharoitiga ham taʼsir etib turadi.
Yashash sharoiti bir xil boʻlgan oʻtloqlar, oʻrmonlar, yaylovlar, botqoqlar, sugʻoriladigan ekinzorlar va sholipoyalar ham biotsenozga mi¬sol boʻla oladi. Biosenoz umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning ti¬rik qismidir. Biosenoz doim rivojlanib boradi va bu rivojlanish ja¬rayoni odatda uzoq vaqt davom etadi, bunda bir biotsenoz asta-sekin ik¬kinchi bir biotsenozga almashinadi. Odamning xoʻjalik faoliyati biotsenozni oʻzi uchun foydali tomonga qarab oʻzgartirishi mumkin (ma¬salan, ta¬biiy koʻllarning hosil boʻlishi, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi, Orol¬ning quriy borishi va hokazolar). Biogeosenozning turgʻunligini modda¬larning davriy aylanishi (oʻlik tabiatdan, tirik tabiatga, tirik tabiat¬dan esa oʻlik tabiatga tinmasdan ayla¬nishi) orqali taʼminlanadi. Bunda energiya manbai quyosh hisoblanadi. Uning energiyasi davriy aylanish ja¬rayonida kimyoviy bogʻlar energiya¬siga, keyin esa mexanik va issiqlik energiyasiga aylanadi.
Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: avtotroflar va getero¬troflar.
Avtotroflar — asosan yashil oʻsimliklardan tashkil topgan boʻlib ular fo¬to-sintez tufayli quyosh energiyasini oʻzlashtirib va oddiy anorganik bi-rikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi.
Geterotroflarga – hayvonlar, odamlar, zamburugʻlar, bakteriyalar ki¬radi. Ular tayyor organik modda bilan oziqlanadi va oʻz hayot fao¬liyati jarayonida ularni oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar oʻz na¬vbatida tabiatga qaytariladi va avtotroflar tomonidan yana mod¬dalar davriy aylanishga jalb qilinadi.
Biosenoz quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1- produsentlar (hosil qiluvchilar):
2- konsumentlar (isteʼmol qiluvchilar):
3- redusentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar)
Biosenoz tarkibiga kiruvchi oʻsimliklar jamoasini fitosenoz, hay¬vonlar jamoasini zoosenoz deyiladi.
Biosenozda masofa, turlar va trofik tizimlar boʻladi. Masofa tizi¬mida biotsenozdagi turlar bir-birlaridan maʼlum bir masofada qo¬nuniyat asosida joylashadi. Masalan, Oʻzbekistonning qumli choʻllarida oʻsadigan oʻsimliklarda uchraydigan yaruslilikni olsak, bu hududlarda eng yuqori yarusda quyon suyak undan keyingi pastki yarusda oq saksovul, qizilcha, qandimlar oʻssa, keyin singrinlar, shuvoqlar, tereskinlar joylashadi, ulardan keyin ostki yarusda barra oʻtlardan yaltirbosh, qoʻngʻirbosh, chitir, lolaqizgʻaldoqlar va tuproqqa yopishgan holda lishaynik turlari eng ostki yarusni hosil qiladi.
Turtizimi deganda biotsenozda uchraydigan turlar yigʻindisini, ular orasidagi munosabatlarni eʼti¬borga olinadi va nihoyat trofik (ozuqaviy) tizim asosida biotsenozdagi har xil orga¬nizmlar bir-birlari bilan ozuqaviy (trofik) birlashib maʼlum bir ozuqa zanjirini hosil qiladi. Biosenozda bulardan tashqari boshqa xil tizimlar ham boʻlib, bularga baʼzi bir daraxtlarni olsak, ular lishay-niklar uchun substrat boʻlib xizmat qiladilar yoki bir organizm boshqa xil organizmlar uchun mikroiqlim yaratadi va hokazolar.
Biosenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biotsenoz uchun xos boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarning umumiy soni deyarli doimiy boʻlib, har xil turdagi biotsenozlarda u keskin oʻzgarib turadi. Namli tropik oʻrmonlardagi biotsenozlar turlarga boy hisoblansa, choʻl va sovuq Arktikadagi viloyatlardagi biotsenozlarda turlar soni kam uchraydi. Maydon birligiga toʻgʻri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga toʻyinganligi deb ataladi. Bu koʻrsatkich ham biotsenozlarda turlar tarkibi kabi oʻzgarib turadi. Har bir biotsenoz maʼlum tarkibdagi hukmronlik qiluvchi hayot shakllariga ega boʻladi. Chunonchi, oʻrmon biotsenozlarida fonerofitlar (daraxt va buta oʻsimliklar) hukmronlik qilsa, oʻt oʻsimliklardan tashkil topgan biotsenozlarda gemikriptofitlar (kurtaklari yer ustida joylashgan, yer ustki qismi butunlay nobud boʻladigan ildizpoyali, piyoz boshli, tuganakli koʻp yillik oʻsimliklar), arid – qurgʻoqchil viloyatlarda esa xamefitlar (butacha va chala butalar) va terofitlar (bir yillik oʻt oʻsimliklar, ular kelgusi yili faqat urugʻidan koʻkaradi) hukmronlik qiladi.
Biosenoz odatda fitosenoz va zoosenozdan tashkil topgan boʻlib, biotsenoz va uning tarkibidagi oʻsimlik va hayvonlar (biotoplar) chegaralari birinchi navbatda oʻsimlik qatlamining oʻzgarishi bilan boʻladi. Shu sababali biz biotsenozning muhim tarkibiy qismi boʻlmish fitosenoz va uning baʼzi bir xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Fitosenoz yoki oʻsimliklar jamoasi deyilganda Yer yuzining bir xildagi muayyan hududlarida qavm (guruh) boʻlib yashaydigan tuban va yuksak oʻsimliklar yigʻindisi tushuniladi. Ular oʻzaro bir-birlari bilan aloqada boʻlib, natijada oʻziga maxsus muhitni hosil qiladi. Har qanday oʻsimliklar jamoasi (fitosenoz) ham turlar tarkibi, turlar oʻrtasidagi oʻzaro miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik (yaruslik) (13-rasm), gorizontal tuzilishi, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot shakllarining xilma – xilligi, yashash sharoitining xarakteri va shunga oʻxshash bir nechta xususiyatlari bilan tavsiflanadi va biri-biridan farqlanadi.

13-rasm. Oʻtloqli-dashtlarda oʻsimliklarni qavatliligi (yarusliligi) (V.A.Alexin, A.A.Uranov maʼlumotlari)



Fitosenozni hosil qilishda oʻsimlik orasida son yoki biomassa jihatidan koʻpchilikni tashkil etuvchi tur odatda dominant (hukmron) tur deyiladi. Bu turlar miqdor jihatdan koʻp uchrab, boshqa turlar orasida yaqqol koʻzga tashlanadi. Ular koʻp biomassa hosil qilib, fitosinozning fonini va landshaftini belgilaydi. Oʻzbekistonning qumli choʻllarida dominant turlarga misol qilib, saksovulni, shuvoq barra oʻtli yaylovlarda shuvoqni, Markaziy Osiyo togʻlaridagi archaning bir necha turlarini koʻrsatish mumkin.
Jamoada har qanday dominant turlar biotsenozga taʼsir etavermaydi. Ular orasida edifikator turlar ajratilib, jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning asosiy tizimini hosil qilib, mazkur fitosenozning xususiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, Oʻzbekistonning qumli choʻllarida edifikator tur oq saksovul va shuvoq barra oʻtli yaylovlarda esa shuvoqdir. Baʼzi vaqtlarda hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Chunonchi, katta maydonlarda tarqalgan yer kovlovchi xususiyatga ega boʻlgan sugʻurlar koloniyasi oʻsimliklarning oʻsish sharoitiga, mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta taʼsir koʻrsatadi. Dominant turlarga nisbatan kamroq miqdorda uchraydigan, ammo fitosenozda maʼlum ahamiyatga ega boʻlgan turlar subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari jamoa tarkibida kam miqdorda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular komponentlar deyiladi.
Biosenozdagi har bir turning ahamiyatini aniqlashda ularning moʻlligi, uchrashi, hukmronlik darajasi kabi miqdor koʻrsatkichlar eʼtiborga olinishi lozim. Fitosenozlarda moʻllik, ogʻirlik, ball va oʻsimliklar soni bilan ifodalanadi. Chunonchi, Toshkent viloyati atrofidagi efimerli choʻllarda 1 m2 maydonda 5000 nusxadan ortiq oʻsimlik roʻyxatga olingan boʻlib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligini aniqlashda ogʻirlik usulidan foydalaniladi. Tarqalish darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis tarqalganligini bildiradi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur uchragan maydonchalar soniga nisbatan hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar sonining ushbu guruhdagi umumiy soniga boʻlgan nisbatini bildiradi. Chunonchi, maʼlum maydonda 200 ta qush roʻyxatga olingan boʻlsa, shundan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, dominantlik darajasi 40 % ga tengdir. Biosenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi.
Shunday qilib, biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash natijasida uning turlar tarkibi haqida maʼlum bir xulosaga kelish mumkin. Biosenozning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tuzilish birliklaridan tashqari uning funksional tuzilish birligi, yaʼni konsorsiyalar xarakterlidir.
Konsorsiyalar. Konsorsiya tushunchasi fanga V.N.Beklemishev va L.G.Ramenskiylar tomonidan kiritilgan. V.N.Beklemishev konsorsiya deganda ayrim tur biror biotsenoz tarkibiga kirar ekan, u maʼlum bir edifikator yoki dominant tur bilan birgalikda boshqa individlar bilan (tanasi ichida yoki yuzasida) yashayotgan bir nechta boshqa individlardan iborat epibiotlar va endobiotlardan tashkil topishini tushunadi. Masalan, yongʻoq oʻsimligi tuproqda yashaydigan zamburugʻlar bilan birga tana va shoxlaridagi epifit holda yashaydigan moxlar va lishayniklar, toʻqimalaridagi parazit zamburugʻlar hamda juda koʻp boʻgʻimoyoqlilar bilan murakkab konsorsiyani hosil qiladi. Har bir yongʻoq tupi ana shunday konsorsiyalardan iborat. Dala sichqoni ektoparazitlari, ichki organlaridagi bakteriyalari, sodda hayvonlari, parazit chuvalchanglari bilan birga konsorsiyaga misol boʻla oladi. Konsorsiyalardagi ichki aloqa bogʻlanishlarni oʻrganish biogeosenozlardagi katta bir muammolardan biri hisoblanadi.
L.G.Ramenskiy moddalar almashinuvi nuqtai-nazaridan oʻsimliklar hamjamoasidagi hayoti va taqdiri bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan hamda umumiy boʻlgan har xil organizmlarning majmuini konsorsiyalar deb ataydi. Chunonchi, daraxtlar orasida (yongʻoq, olma, doʻlana, togʻolcha) ular uchun xos boʻlgan parazitlar, saprofitlar, epifitlar (moxlar, lishayniklar), simbiontlar (mikroorganizmlar, mikroblar, rizosferalar va boshqalar), zararkunandalari, changlantiruvchilar, meva va urugʻlarni tarqatuvchi va hokazolar.
Hozirgi zamon tushunchasicha konsorsiya deganda biotsenozdagi biror bir avtotrof va geterotrof organizm yoki populyatsiya majmui atrofidagi geterotrof organizmlarning populyatsiyasiga aytiladi. Bunda har bir aʼzo ikkinchi bir aʼzo bilan trofik va topik bogʻlanishlarda boʻladi.
Har bir konsorsiya markaziy yadro (konsorsiyaning determinanti) va u bilan bogʻlangan trofik va topik bogʻlanishlardagi konsortlardan tashkil topgan (5-jadval).
Konsorsiyalar oʻz navbatida bir-biri bilan bogʻlangan bir nechta konsentrlarni hosil qiladi. Ularning birinchisi determinant bilan bevosita bogʻlansa, ikkinchisi esa bilvosita bogʻlanadi va hokazo. Birinchi konsentr konsorblarni modda va energiya manbai sifatida determenant organizm konsorsiyalaridan foydalanadi. Ikkinchi konsentr konsortlari esa birinchi konsentrni tashkil etgan organizmlar hisobiga oziqlanadi va hokazo.

5-jadval
Yongʻoq oʻsimligi konsorsiyasiga kiradigan


taxminiy organizmlar

Energiya manbai yoki birikish joyi Konsortlar


I konsentr II konsentr III konsentr
Mevalar Qargʻalar, Turkiston kalamushi, yovvoyi choʻchqa Tulki, boʻri, yirtqich qushlar
Tanasi va shoxlari Qushlar (qizilishton, Hind maynasi, jannat qushi), epifitlar, koʻrshapalaklar uyasi, poʻkak zamburugʻi
Barglari Hasharotlar Yirtqich hasharotlar, qushlar
Ildizi Mikoriza hosil qiluvchi zamburugʻlar
Tuproqdagi shox, novda, barg qoldiqlari va mevalari Yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar, zamburugʻlar, bakteriyalar Tipratikan, choʻchqa Yirtqichlar

Tirik oʻsimlik va hayvon organlari, ulardan ajralib chiqadigan moddalar, shuningdek, oʻlik organik qoldiqlar ozuqa manbai boʻlib hisoblanadi.


Konsorsiya determinantlari oʻsimlik (fitokonsorsiyalar) individi populyatsiyalari boʻlishi mumkin. Organizmlarning hosil qilgan konsorsiyalari oʻzaro, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita taʼsirlarda boʻlib, determinantlar va konsortlar soniga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Jamoa komponentlari oʻrtasidagi munosabatlar


Jamoa (biotsenoz) komponentlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlar turli xil shaklda boʻladi. Ana shunday munosabatlarning bir necha xil¬lari boʻlib ular quyidagilardan iborat.
1. Neytralizm – (0:0) bunda ikki populyatsiyadagi asatsatsiyalarda oʻzaro taʼsir sezilmaydi, ikki populyatsiya (sherlar va oʻtlar) individlari ham deyarlik bir xil¬day yashaydi. Masalan, sherlar oʻtlar bilan oziqlanmasalar ham, savan-nalar¬dagi yaylovlarning holati ular uchun befarq emas. Chunki ularning ovqati boʻlmish antilopalar hosildor yaylovlarda koʻp boʻladi.
2. Konukurensiya (raqobatlilik) (-,-) — bunda ikki populyatsiyalar bir-birlariga toʻsqinlik qiladilar. Yaʼni, bir popluyasiya ikkinchi populyatsiya bilan defisit (tanqis) resurslarni oʻzlashtirishda kurashadilar (bu ma¬sala populyatsiyalar mavzusida batafsil yoritilgan).
3. Amensalizm (-,0) — bunda bir populyatsiya oʻziga zarar keltirmasdan ikkinchi populyatsiyaning yashashiga toʻsqinlik qiladi yoki uni oʻsishga qoʻymaydi. Amensalizmga tipik misol qilib antibiotik zamburugʻlar — aktinomisetlar yoki oʻsimlik fitonsidlarining parazit mikroorga¬nizmlarga koʻrsatgan taʼsirini olish mumkin. Amensalizm hodisasini suvning gullashida ham koʻrish mumkin, yaʼni koʻpayib chiriyotgan koʻk – yashil suvoʻtlardan ajralib chiqqan toksinlar (zaharli moddalar) koʻpchilik zooplanktonlarning oʻlimiga sabab boʻladi yoki ularni siqib chiqaradi.
4. Parazitizm va yirtqichlik (+,-) — bunda bir populyatsiya ikkinchi populyatsiyaga hujum qilib uning yashashishga zarar keltiradi, biroq oʻzining kel¬gusidagi hayoti ham oʻljasiga bevosita bogʻliqdir. Agar ja¬moadagi bir populyatsiya yirtqich (birlamchi konsument)- odatda hayvonlar oʻljasi yoki "xoʻjayini" — birlamchi produsent (oʻsimlik) boʻlsa ular oʻsim¬likxoʻrlar deyiladi. Agar bir populyatsiya ikkinchi populyatsiya uchun za¬rarli boʻlgan moddalarni ishlab chiqsa, bunda allelopa¬tiya yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi.
Biz hammamiz yirtqich va parazitlarga nisbatan gʻarazgoʻyligimiz kuchli, biroq odamlarning oʻzlari ham tipik yirtqichlar hisoblanadi.
Ular tabiiy epidemiyalarga koʻpincha oʻzlari sabab boʻladilar. Toʻgʻri yirtqichlar va parazitlar oʻsimliklar bilan oziqlanib, allelopatiyada esa bir populiyasiya individlari ikkinchi bir populiyasiya individla¬riga salbiy taʼsir etib, ularni halok qiladilar yoki zarar keltiradi¬lar populyatsiyalarning oʻsishini susaytiradilar, ularning miqdorini kamay¬tiradilar va hokazo. Lekin yirtqichlarsiz, parazitlarsiz va allelopo¬tiyasiz populyatsiyalar yashay oladimi yoʻqmi, buni chuqur tahlil qilib oʻrga¬nilganda shu narsa aniq ravshan boʻldiki, bu xildagi organizmlar populyatsiyalar zichligini meʼyorida taʼminlash imkoniyatini yaratadilar.
5. Kommensalizlik (+,0) — bunda bir populyatsiya ikkinchi populyatsiya bi¬lan birlashganda foyda koʻradi, bu birlashish ikkinchi populyatsiya uchun esa, ahamiyatsiz yoki uning uchun befarq boʻladi. Bu birlashish sim¬bioz¬ning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlarning bittasi ik¬kinchisiga (xoʻjayiniga) tashqi muhitga boʻlgan munosabatlarini baja¬rishni yuk¬laydi, oʻzi esa tashqi muhit bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanmaydi. Ular ora¬sida antoganizm ham boʻlmaydi. Umumiy maydon, substrat, ozuqa, hara¬katlanish-kommensial munosabatlarning asosini tashkil etadi. Xoʻjay¬inning tuzilishi va hayot kechirish holatlaridan kommensal oʻzi uchun koʻpincha bir tomonlama foyda koʻradi. Uning oʻzi "xoʻjayin" uchun koʻpincha befarq, ahamiyati yoʻqday tuyuladi. Parazit¬lik yoki simbiozning boshqa shakllariga qaraganda kommensalizm kam¬roq uchrab turadi. Masa¬lan, daraxtlarda in qurib yashovchi qushlar, aku¬lalarda yopishib yashovchi losman baliqlari, axlatlar bilan oziqlanadigan sinantrop yumronqoziq populyatsiyalari va qushlar ham kommensalizmga misol boʻla oladi (14-rasm).

14-rasm. Kommensalizm. A-zagʻchalar koloniyasi


(A.V.Mixseyev boʻyicha) B-Afrika chumchuqlarining
umumiy uyalari (N.N.Kartashev boʻyicha)

Kommensalizm koʻpincha okeanlardagi organizmlarda koʻproq uchrab tu¬radi. Buni okeanlardagi har bir qurt uyasida, har bir ikki chanoqli mo-lyuskalar chanogʻida, bulutlilarning tanasida doimo chaqirilmagan mehmonlar, organizmlar yashab hayot kechiradilar. Lekin ular oʻzlari xoʻjayinlariga zarar keltirmaydilar.


6. Protokooperasiya — bunda ikki populyatsiya ham birlashgan asssosia-siyadan faqat foyda koʻradilar, biroq bunday munosabatlar ular uchun shart emas.
7. Kooperasiya — ikki organizm bir-birlari bilan kooperasiya hosil qiladilar. Bunday kooperasiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. Masalan, krablar bilan kovakichlilar bunga misol boʻla oladi. Ko¬vakichlilar krablarning orqasiga yopishib olib (baʼzan ularni krablar¬ning oʻzlari oʻtqazib oladilar) ularni dushmanlardan, himoya qiladilar. Kovakichlilar esa oʻz navbatida krablardan transport vazifasida foyda¬lanadilar hamda ulardan qolgan ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadilar.
8. Mutualizm (+,+). Birlashgan ikki populyatsiya ham faqat foyda koʻradi, bu birlashish ular uchun foydalidir, bunday birlashgan orga¬nizmlar tabiiy sharoitda biri ikkinchisiz hayot kechira olmaydi. Masa¬lan, termitlar va ularning ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga yaqqol misoldir. Bunda xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yordam beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil oʻzlashtira olmaydilar. Xivchinlilar ham termitlarsiz yashay olmaydi¬lar. Chunki ular uchun yashash sharoiti termitlar ichaklaridir. Xuddi shunday holatni lishayniklar misolida ham koʻrish mumkin.
9. Turlar oʻrtasidagi munosabatlarning ikki va undan koʻp tur uchun qulaylik tugʻdiradigan xilini oʻzaro yordam deyiladi. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar, changni bir oʻsimlikdan ik¬kinchi oʻsimlikka olib oʻtadigan va shu bilan oʻsimliklarning chetdan changlanishini taʼminlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hol¬larda turlar orasidagi oʻzaro munosabatlar bir-biriga qarama qarshi tarzda boʻlishi mumkin.
Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlarni yeydi. Ik¬kala tur tashqi muhitning bir xil sharoitidan foydalansa-yu, oʻsha shart-sharoit miqdori chegaralangan boʻlsa, bunda bu sharoitda yashaydi¬gan tur¬lar oʻzaro raqobat tarzida munosabatda boʻladi. Masalan, oʻsimliklar yorugʻlik, tuproqdagi suv va mineral moddalar uchun raqobatda boʻladi. Shox-shabbasi yaxshi rivojlangan oʻsimliklar yorugʻlik nurini koʻproq oladi, suv va mineral moddalardan yaxshi foy¬dalanadi hamda tez oʻsadi va rivojlanadi, natijada yorugʻlik va boshqa mineral moddalardan kamroq foydalangan turlarni oʻzining shox — shabbasi ostida qoldirib, ularning oʻsishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Bir xil oʻlja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlarning har xil turlari oʻrtasida ham ana shunday raqobat qiladigan oʻzaro munosabat¬lar mavjud. Mikroorganizmlardagi antibioz qarama-qarshi munosa¬batlar¬ning oʻziga xos shaklidir, chunonchi, penisill zamburugʻi organik oziq moddalar uchun oʻzi bilan raqobat qiladigan talaygina bakteriya¬larning oʻsishi va koʻpayishini toʻxtatib qoʻyadi.

Jamoaning tur, tizim, genetik turli-tumanligi



Jamoa tarkibidagi turlar turli xil miqdorda uchraydi va shu sa¬babli ularning hammasi ham dominant boʻlavermaydi. Jamoa tarkibiga kiruvchi turlarning faqat bittasi yoki bir nechtasi oʻzining miqdori (biomassasi, hosildorligi, ahamiyati) jihatidan boshqa turlarga nisba¬tan ustun turadi, turlarning koʻpchiligi esa son jihatidan kam uchraydi. Toʻgʻri baʼzan jamoalarda ustunlik qiluvchi turlar uchramas¬ligi ham mumkin. Turlarning turli-tumanligini quyidagicha belgilash mumkin:
a) Tur boyligi yoki turlar zichligi bu koʻrsatgich jamoadagi turlar¬ning umumiy soni bilan belgilanadi.
b) Turning bir tekisligi boʻlib, bu belgi jamoadagi turlar indi¬vid¬larining koʻpligiga yoki tizimdagi boshqa dominantlik belgilariga asos¬lanadi.
Jamoadagi turlarning turli-tumanligi ular uchraydigan maydon¬ning katta kichikligiga hamda shimoliy kenglikdan ekvatorga borgan sari iqlim sharoitining qulay boʻlishiga bogʻliq boʻlib, jamoadagi turlar soni koʻpayib boradi. Stress omillar taʼsirida boʻlib turadi¬gan jamoa¬larda turlarning turli-tumanligi (soni) oʻta past boʻladi. Shu sababli ular yashab turgan joy uzoq vaqtgacha oʻzgarmasa ham turlar orasida doimo boʻlib turadigan raqobatlik turlar sonining kamayi¬shiga olib keladi.
Jamoa tizimining xilma-xilligi koʻpincha mintaqalikka, stratifi¬kasiyaga, yil fasllariga, ozuqa turiga yoki xiliga, turlar yashaydigan mikroiqlimga bogʻliq boʻladi. Genetik turli-tumanlik yoki boshqacha qilib aytganda genotipik geterozigotalikni, polimorfizmni va boshqa xil genetik oʻzgaruvchanlikni taʼminlash yoki ushlab turish koʻpincha ta¬biiy populyatsiyalardagi turlarning adaptatsion (yoki mosla¬nish) belgila¬riga bogʻliqdir. Hozirgi kunda koʻpchilik ekologlarga maʼlumki, tur va genetik turli-tumanlikning kamayishi koʻpincha in¬sonning tabiatga koʻrsatgan salbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlib kelmoqda. Bu tabiiy ekosi¬stema va agroekosistemalar uchun ancha muncha xavf tugʻdiradi. Shimoliy kenglikdagi hamda yogʻingarchilik bilan birga¬likda qurgʻoqchilik fasl-lari boʻlib turadigan tropik viloyatlardagi jamoalar tizimining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bu odatdagi tur¬larning yoki dominant turlar¬ning kam uchrab turlar ichidagi individ¬lar sonining koʻpligidir.
Aksincha, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan namlik tropik iqlim sharoi¬tida esa, turlar soni koʻp boʻlib ulardagi individlar soni kam boʻladi. Shimoldan janubga boravergan sari ham turlar soni koʻpayib boradi. Bundan tashqari yana muhim qonuniyatlardan biri shuki, u yoki bu tur egal¬lab turgan maydonning kattalashishi bilan turlar soni ortib bo¬radi. Evolyutsion davrning ortishi ham tur sonining koʻpayishiga olib keladi. Chunki, bunda turlarning joylarini egallashining mutaxassis¬lashishi hamda yangi turlarning hosil boʻlishi kuzatilib turiladi.
Har xil sharoitlarda turlarning turli-tumanligini aniqlash (tahlil qilish) ikki xil usul bilan boʻladi:
Birinchisi, nisbatan koʻplik yoki dominantlik shakllariga asos¬lansa, ikkinchisi turli-tumanlik indekslariga yoki boshqacha qilib ayt¬ganda, turning ahamiyati va uning soniga asoslanadi. Bu yerda albatta tur¬larning turli-tumanligidagi ikkita komponentni hisobga olmas¬lik mumkin emas, bu dastavval birinchisi asosiy komponent tur boy¬ligi (turli-tumanligi) yoki turning zichligi. Bu turning umumiy soni koʻpincha tur soni va tur individlari soni oʻrtasida toʻgʻridan – toʻgʻri bogʻliqlik boʻlib, turlar maydonining kengayishi turlar sonining koʻpayishiga, bu hodisa esa oʻz navbatida yashash sharoitining hamda tur¬lar egallab turgan maydonning turli-tumanligiga olib keladi.
Turli-tumanlikning ikkinchi muhim aspektlari — bu turlar indi¬vid¬larining tarqalishidagi bir tekislikdir. Masalan, har qaysi 10 tur va 100 ta individlardan tashkil topgan ikki sistemada turli-tumanlik¬ning bir xil indeksi boʻlishi mumkin. Biroq, 100 individlar¬ning 10 ta tur orasida taqsimlanishiga qarab bir tekislik indeksi har xil boʻlishi mumkin. Masalan, turning taqsimoti 91-1-1-1-1-1-1-1-1-1 (minimal te¬kislik va maksimal dominantlik) va boshqa xil har bir turga 9 ta indi¬vid toʻgʻri kelishi mumkin (maksimum tekislik va domi¬nantlik yoʻq). Te¬kislik koʻpincha qushlar populyatsiyasida yuqori va doi¬miy boʻladi, aksincha oʻsimliklarda va fitoplanktonlarda esa tekislik nisbatan past boʻladi. Ikki komponentda ham u yoki bu tomonga qarab tebranish kuzatilib turi¬ladi.
Jamoa tarkibidagi turlar tashqi muhit sharoitiga qarab min¬taqalar boʻylab taqsimlanishi mumkin. Bu turlarning mintaqali tarqalishi dey¬iladi. Bunga yaqqol misol qilib vertikal mintaqalikni olish mumkin. Bunda dengiz sathidan balandlikka koʻtarilgan sari oʻsimlik va hayvon tur xillari oʻzgarib boradi. Bu holatni Markaziy Osiyoda koʻrish mum¬kin. Bu hududda choʻl, adir, togʻ va yaylov kabi verti¬kal mintaqalar mavjud boʻlib turlar va ularning soni dengiz sathidan koʻtarilgan sari oʻzgarib boradi. Masalan, Markaziy Osiyoning choʻl zo¬nasida 1600 ga yaqin oʻsimlik turlari uchrasa, uning togʻ mintaqasida esa ularning soni 7000 ga yaqindir.
Jamoadagi barcha ekologik burchaklar asta-sekinlik bilan shaklla¬nib, ularda uchraydigan organizmlar oʻrtasida joy va ozuqa uchun doimo raqobat boʻlib turadi. U yoki bu hayvonning egallagan joyda mus¬tahkamlanib qolishi bir nechta omillarga bogʻliq boʻladi. Birinchidan, uning shu viloyat hududidagi migrasiyasiga va u uchun mazkur joyda ozuqaning yetarli boʻlishiga, oʻzi uchun kerak ekologik taxmonni topa olish qobiliyatiga hamda kerak boʻlsa, oʻzini raqobatlikda himoya qilish uchun joy topa olish xususiyatlariga bogʻliqdir. Ekologik taxmonlarda turlar¬ning joylashishi koʻpincha shu joylardagi ovqat (ozuqa) resurs¬larining taqsimotiga bogʻliq. Maʼlum bir resurslarga (ovqatlarga) mutaxassisla¬nish jamoadagi organizmlarning raqobatlik xususiyatini kamaytiradi va jamoa tizimining stabillik (doimiylik) xususiyatini oshiradi. Re¬surslar taqsimotining turli xillari mavjud:
1. Ovqatga qarab morfologik mutaxasislanish va xulq atvorning shakllanishi, chunonchi, qushlar tumshuqlari hasharotlarni ushlashga, te¬shik teshishga, yongʻoqlarni chaqishga, goʻshtlarni maydalashga moslash¬gan.
2. Vertikal taqsimot. Masalan, oʻrmonda yuqori yarusli va pastki qism zonalari.
3. Gorizontal taqsimot. Masalan, har xil mikroiqlim sharoitida yashovchi organizmlar orasidagi taqsimot. Bu xil organizmlarning har qaysisi turli xil ekologik burchaklarni egallaganligi sababli ular oʻrtasida raqobatlik sezilarli darajada boʻlmaydi. Hattoki, qushlarning ham ekologik guruhlarga ajralishi kuzatiladi. Masalan, bir xil qushlar havodan oziqlansa, ikkinchi xillari barglarda, uchinchi xillari esa yerda oziqlanadilar.
Oʻsimliklarda esa har bir oʻsimlik turi uchun optimal, yashash sharoiti (namlik, yorugʻlik, harorat, dengiz sathidan balandligi, pH va shu kabilar) mavjud boʻlib, ular ham oʻsimlik turlari orasidagi raqobatni susaytiradi.

Jamoaning shakllanish mexanizmida yirtqichlik va raqobatning roli



Jamoaning tizimi va funksiyasi asosan shu jamoa tarkibidagi bir-birlari bilan murakkab munosabatda boʻlgan komponentlarga bogʻliq. U yoki bu populyatsiyaning bir-biriga taʼsiri koʻpincha uning tarkibidagi raqobatlarga, yirtqichlar hamda oʻljalarga bogʻliq boʻladi. Chunonchi, hasharotxoʻr qushlar oʻsimliklar yoki daraxtlar bilan oziqlanmasa-da, biroq ular oʻsimliklarni changlatuvchi hasharotlarni yoʻqotadilar, demak, qushlar bilvosita oʻsimliklarning meva hosiliga salbiy taʼsir koʻrsatishlari mumkin, oʻsimlik mevalarining kamayishi esa mevaxoʻr hayvonlar soniga va bu holat esa oʻz navbatida hayvonlarda parazitlik qiluvchi yoki yirtqich hayvonlarga salbiy taʼsirini koʻrsatadi va hokazo. Jamoa tizim birligi va funksiyasi, yaʼni undagi tur soni, tropik daraja miqdori, dastlabki mahsulot hosil qilish tezligi, jamoadagi energiya oqimi va moddalar almashinish jarayonlari bularning hammasi populyatsiyalar orasidagi oʻzaro ekologik taʼsirni hamda populyatsiya individlari bilan tashqi muhit oʻrtasidagi munosa¬batlarni oʻzida aks ettiradi. Jamoa tashqi ekologik oʻzgarishlarga doimo moslashib boradi. Chunki jamoaning oʻzini qayta tiklash xusu¬siyati boʻlib, jamoa tarkibidagi populyatsiya va ularning individlari qayta tiklanish qobiliyatiga ega, yaʼni ularda gomeostatik mexanizm mavjud.
Yirtqichlar oʻz oʻljasini kamaytirishi natijasida jamoadagi boshqa raqobatbardosh turlar yoki populyausiyalar koʻpayib ketishi ham mumkin yoki bu jamoadan yirtqichlarni olib tashlansa yirtqichlar tomonidan ov¬lanib turadigan turlar boshqa turlarga nisbatan raqobatda ustunlik qilib, boshqa turlarni siqib chiqarishadi. Ana shu holatni isbotlash maqsadida R.Peyn Tinch okeanining Vashington qirgʻoqlarida quyidagi tajribani oʻtkazdi. Bu joylarda oʻsimlikxoʻr hayvonlarning bir nechta turlari yashaydi. Jumladan, dengiz jeludlari, dengiz oʻrdakchasi, ikki chanoqli mollyuskalar suvdagi fitoplanktonlar bilan oziqlanadilar. Ikkinchi guruh hayvonlardan — turbolar, blyudechekalar, xitonlar den¬giz qirgʻoqlarida yashaydigan suvoʻtlari bilan oziqlanadilar. Yuqorida ay¬tilgan hayvonlar bilan dengiz yulduzlari ovqatlanadilar.
Uzunligi 8 m va kengligi 2 m boʻlgan tajriba maydonchalaridan bit¬tasidan hamma dengiz yulduzchalari olib tashlandi. Shundan keyin koʻpgina oʻsimlikxoʻr hayvonlar populyatsiyasining miqdori qisqarib ketdi, hattoki, tajriba maydonchasidagi 15 ta turdan 8 tasi tajriba¬ning oxiriga borib umuman yoʻqolib ketdi. Nazorat tajriba maydon¬chasida esa hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Turlarning yoʻqolib ketishi¬ning asosiy sababchilari ikki chanoqli molyuskalar va dengiz jelud¬lari hisoblanadi. Chunki dengiz yulduzlari olib tashlangandan soʻng bu hayvonlarning qushandalari qolmaganligi sababli ular tez koʻpayib ketishdi. Ana shu tajribaga asoslanib Peyn shunday xulosaga keladi:
Bu oʻrganilgan dengiz sharoitidagi hayvonlar turli tumanligini saqlab turuvchi bosh omil bu — dengiz yulduzlaridir.
Baʼzan jamoa tarkibidagi begona oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida unga yirtqichlarni kiritadilar. Bu kiritilgan yangi tur zararkunanda turning sonini qisqarishiga olib keladi, key¬inchalik bu yangi kiritilgan turning ham potensial konkurenti (raqobati) paydo boʻlishi mumkin. Masalan, Avstraliyada oʻsuvchi opun¬siyaga qarshi kaktus ognevkasi olib kelingandan soʻng boshqa tur oʻsimliklarga nisbatan opunsiyaning ustunligi tamom boʻldi va boshqa tur oʻsimliklarning oʻsishi uchun muhit hosil boʻldi.
Yirtqichlarning oʻljalar populyatsiyasini tartibga solib turish qoi¬dasini keng izohlagan holda. D.Djenzin tropik zonadagi daraxt oʻsimlik turlarining xilma-xilligi ana shu qoidaga asoslanadi deydi. Masalan, Kanadada 150, Butun Shimoliy Amerika boʻylab 800 ga yaqin daraxt oʻsim¬lik turlari oʻsgan holda, namlik tropik iqlim sharoi¬tidagi mamlakat¬larda 120000 dan ortiq daraxtsimon oʻsimlik turlari oʻsadi. D.Djenzen fikricha yosh novdalar, maysalar, urugʻlar bilan oziqlanuvchi oʻsimlikxoʻr hayvonlar, yirtqichlar raqobatbardosh turlar individlarining koʻpayib ketishiga yoʻl qoʻymaydi, shu sababli hamma turlar uchun deyarli bir xil yashash sharoiti yaratilib, dominantlik qiluvchi turlar koʻzga tashlan¬maydi. Shu sababli boʻlsa kerak namlik tropik iqlim sharoitida bitta da¬raxt tur oʻsimligidan oʻrmonlar tash¬kil qilish sohasidagi ishlar oxiri-gacha yetkazilmay qoldi, chunki ular epifit yoki zararkunandalar hujumiga uchrab tez orada yoʻqolib ketadi¬lar. Xuddi shunday holat Braziliyaning Amozonka boʻyida Gevey daraxti plantatsiyalarini tashkil qilishda kuza¬tildi. Biroq Malaziyada Gevey daraxtining qushandasi yoʻqligi sababli bu daraxt plantatsiyalari tash¬kil qilindi.

Serial va Klimaks jamoalar. Mono va poliklimaks nazariyalar


Shakllangan, nisbatan doimiy tizimli, oʻz – oʻzini tiklay oladigan va tashqi muhit bilan tenglikda boʻluvchi jamoani klimaks jamoa deyi¬ladi.
Klimaks jamoalarda koʻpincha bitta dominant yoki bir nechta kodomi-nant turlar boʻladi. Dominantlik koʻpincha subektiv tushuncha boʻlib, odatda koʻp biomassa va hosil beruvchi turlarni dominantlar deyiladi. Klimaks jamoalarga Oʻzbekistonning gil tuproqli choʻl mintaqasidagi shuvoq barra oʻtli yaylovlarni misol qilib olish mumkin. Bu jamoada shuvoq individlar soni hamda biomassa hosil qilishi boʻyicha boshqa (yantoq, chitir, qoʻngʻirbosh, qorabosh va hokazolar) oʻsimliklarga nisbatan ustun turadi. Demak, u dominant tur hisoblanadi. Suksessiya nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan kishi Kle¬mentsdir (1916). U Shimoliy Amerika hududidagi jamoalarni oʻrganib klimaks jamoalar tarkibining oʻzgarishiga asosiy sabab iqlim ekanli-giga ishonch hosil qildi. Uning tasavvuricha maʼlum bir iqlim sharoi¬tida faqatgina bitta klimaks jamoa shakllanishi mum¬kin. Buni mono¬klimaks konsepsiya deyiladi.
Hozirgi kunda esa poliklimaks konsepsiyasi koʻproq ishlatilmoqda. Bu nazariyaga koʻra klimaks jamoalari birgina iqlim omillari asosida emas, balki bir qancha fizik omillar (drenajlar, tuproq, topografiya, yongʻinlar) taʼsirida ham shakllanishi mumkin.
Poliklimaks konsepsiyasining haqiqatga naqadar yaqin ekanligi Markaziy Osiyoning choʻl zonasida shakllangan klimaks jamoalaridan koʻrinib turibdi. Maʼlumki, bu mintaqaning iqlimi deyarli bir xil keskin kontinental hisoblanadi. Qishi sovuq, yozi esa issiq keladi. Yogʻingarchilik miqdori ham chegaralangan boʻlib, uning oʻrtacha yillik miqdori 80 – 120 mm ni tashkil etadi. Yogʻinlar ham asosan kech kuzda va qishda hamda bahor oylarida yogʻadi. Iyundan oktyabr oyigacha olti oy mobaynida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Biroq, bu mintaqaning tuproq sharoiti turli xilda boʻlib, gil tuproqli, qum tuproqli, gipsli tuproqli va shoʻr tuproqli hududlarga boʻlinadi. Ana shunday tuproq sharoitlari choʻl mintaqada bir-biridan oʻsimlik va hayvon turlari jihatidan farq qiladigan klimaks jamoalarning shakllanishiga olib kelgan. Chunonchi, gil tuproqli choʻllarda asosan chala buta va koʻp yillik oʻt oʻsimliklar hamda efemer va efemeroidlardan tashkil topgan yuqorida bayon etilgan shuvoq barra oʻtli klimaks jamoalari shakllangan boʻlsa, qumli choʻllarda boʻta, chala buta koʻp yillik oʻt, efemer va efemeroidlardan tashkil topgan saksovul, shuvoq barra oʻtli klimaks jamoalar hosil qilgan. Bu jamoalarda dominant oq saksovul boʻlib, subdominantlarga shuvoq yoki singrenlar kiradi. Xuddi shunday tur va biomassasi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi klimaks jamoalari gipsli tuproqli va shoʻr tuproqli hududlarda ham shakllangan.
Uzoq muddat davomida yashab turadigan jamoalarga chin klimaksja¬moa deyiladi, chunki ularda vaqtli klimaks jamoalarga qaraganda oʻzga¬rishlar nisbatan sekinlik bilan boʻlib turadi.
Quruqlikdagi tipik klimaks jamoalarga misol qilib, barglari toʻkiluvchi oʻrmonlarni, dasht, choʻl va togʻ zonasi oʻsimliklarini misol qilib olish mumkin. Bu oʻrmonlar tur¬larga juda boy boʻlishadi. Masalan, Oksford (Angliya) oʻrmonlarida 4 mingga yaqin hayvon turlari uchraydi. Shunday koʻp hayvon turlarining uchrashiga asosiy sabab koʻp miqdorda mikroiqlim sharoitining mavjudligi¬dir. Oʻrmon zonasining muhim xususiyatlaridan biri bu oʻsimliklarning yaruslar boʻylab koʻp uchrashidir. Dastlabki mahsulotning koʻp qismi bi¬rinchi yarusdagi oʻsimliklar tomonidan yara¬tiladi. Yerga yaqin joylashgan yarusda esa, eng intensiv ravishda organik moddalarning parchalanishi boʻlib turadi. Hayvonlar esa hamma yarus¬dagi burchaklarda uchraydi.
Suksessiyalar natijasida jamoalar mahsuldorligining oshib bo¬rishi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchasini 1942 yilda Lindeman ayt¬gan edi. Keyingi kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, suksessiyaning oxirgi davr¬larida jamoalar mahsuldorligi chindan ham orta boradi. Biroq, klimaks jamoaga oʻtgandan soʻng uning umumiy mahsuldorligi pasaya bo¬radi. Shun¬day qilib, keksaygan oʻrmonlarda mahsuldorlik yosh oʻrmonlarga qaraganda ancha past boʻladi, shunga oʻxshash mahsuldorlikning pasayishini baʼzi bir suv ekosistemalarida ham ku¬zatish mumkin. Oʻrmonlardagi mahsuldorlikning kamayishini daraxt-larning eskirganligi, qarigan¬ligi bilan tushuntirish mumkin. Shakl¬langan klimaks jamoalarda bio¬massaning toʻplanishi suksessiya davr¬lariga qaraganda koʻproq boʻladi. Organizmlarning faoliyati natija¬sida tashqi muhit vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib boradi. Bunga misol qilib qumliklarda suksessiyalarning hosil boʻlish jarayonini olish mumkin. Masalan, Shimoliy Amerikadagi Michi¬gan koʻli atrofidagi suksessiya¬larning shakllanishi yaxshi oʻrganilgan. Bu yerlarda qumlikning stab¬billanishi natijasida oziq moddalarga talabi koʻp boʻlmagan daraxt (terak, qaragʻay) oʻsimliklarining oʻsishiga imkon tugʻilgan. Keyinchalik ularning faoliyati natijasida uzoq vaqt davomida organik moddani oʻzida toʻplovchi tuproq qatlami hosil boʻla boshlagan va azot toʻplovchi bakteriyalar koʻpayib ular tuproqni azot birik¬malari bilan boyitganlar va natijada bu yerlarda dominant turga aylan¬gan dub doi¬miy oʻsa boshlagan. Bu yerda suksessiyaning shakllanishida tu¬proq omili asosiy rol egallagan. Biroq suksessiyaning toʻla shakllanib tamom boʻlishi uchun yana ming yillar talab etiladiki, ana shu davrda tu¬proq toʻla shakllanadi, hamda shu sharoitga moslashgan oʻsimliklar key¬incha¬lik doimiy oʻsa boshlaydi va klimaks jamoa hosil boʻladi. Sukses¬siya¬ning keyingi davrlarda jamoaning shakllanishida biotik omillar¬ning oʻzaro taʼsiri kuchayib, muhim ahamiyat kasb etadi. Organizmlarning turli-tumanligi ortadi va soʻzsiz ularning bir-biriga taʼsiri murak¬kablashib boradi.
Toʻliq suksessiya baʼzan seriya deb ataladi. Seriyalar seriya jamoa qa-torlarini hosil qiladilar. Oʻxshash yashash sharoitlarida bir-bir¬lariga yaqin (oʻxshash) suksessiyalar boʻladi. Ana shunga qarab suksessiya¬larni yashash sharoitlariga koʻra klassifikasiyalash mumkin. Chunonchi, suv sha¬roitida rivojlangan suksessiyalarni gidroseriya, shoʻrlangan joylarda rivojlangan suksessiyalarni galoseriya deyiladi.
Muhokama savollari
1. Jamoaning shakllanishi toʻgʻrisida qanday tushunchaga egasiz?
2. Suksessiya va uning mohiyati nimadan iborat?
3. Biotsenoz va uning komponentlari toʻgʻrisida fikrlang.
4. Jamoa komponentlari oʻrtasidagi munosabatlar va ularga misol¬lar keltiring.
5. Jamoaning tur, tizim va genetik turli-tumanligini qanday izohlaysiz?
6. Jamoaning shakllanish mexanizmida yirtqichlik va raqobatning ahamiyatini tushuntiring.
7. Serial va klimaks jamoalar deb qanday jamoalarga aytiladi?
8. Mono va poliklimaks nazariyalarining mohiyatini tushuntiring.
Yüklə 26,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə