O’. A. Farmanov


 Bir yillik davr mobaynida mashg’ulotlarni tashkillashtirish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

9.3. Bir yillik davr mobaynida mashg’ulotlarni tashkillashtirish 
negizlari 
 
Sport turlarining aksariyat qismida musobaqalar natijasi va uning 
jarayoni asosan sportchinig harakatlari siljishlari va buning ortishi bilan 
belgilanadi. Aslini olganda tayyorgarlikning barcha turlari jismoniy, 
texnikaviy, taktik, musobaqaviy, psixologik va hokazo provardida 
yagona maqsadga qaratilgan bo’ladi, bu ham bo’lsa sportchining 
tezkorlik imkoniyatlarini oshirishga imkoniyat tug’dirish hamda 
musobaqa muhitida ularni samaradorlik bilan ishga solishga oid 
mahoratini oshirishdir. Binobarin, musobaqa mashqini bajarish tezligi-
bu birinchidan, mahoratning integral sifat tavsifi bo’lsa, ikkinchidan, 
butun mashg’ulot jarayonining natijaviy qadami, uchinchidan esa ushbu 
omil mazkur jarayonning asosiy mezonidir. 
Bizning davrimizda yuqori malakali sportchi deb a’lo texnikaga ega 
bo’lgan sportchigina sanalishi mumkin, va bu texnika intensiv 
harakatlarning yuksak saviyasida namoyish etilmog’i darkor. Bundan 
tashqari, bunday texnika uni takomillashtirish uchun ko’p vaqt va katta 
kuch-quvvat talab etmasligi va eng muhimi, uni tubdan qayta qurishga 


113 
ehtiyoj sezmasligi darkor. Boshqacha qilib aytganda, ushbu texnikaviy 
mashg’ulotlarning asosiy vazifasi bo’lmish musobaqa mashqlarini 
bajarish tezligini chegaralamaydigan bo’lishi shart. Binobarin, asosiy 
maqsadlardan biri bo’lgan ko’p yillik mashg’ulotlar tizimsi texnikaviy 
tayyorgarlik vazifalarini o’z vaqtida va reja asosida bajarishni 
ta’minlashi kerak. 
Mazkur texnikaviy tayyorgarlik uning talablariga javob beradigan 
URM tashkillashuviga muvofiq bo’lishi kerak. Agar ushbu shartga rioya 
qilinsa, texnika ustidan ishlash o’yinchining harakat imkoniyatlarini 
vaqti-vaqti bilan yangi darajaga keltirib turishi bilan cheklanadi. Bu 
narsa o’yinchini asosiy vazifadan chalg’itmasligi ko’zda tutiladi va bu 
asosiy bo’lajak musobaqalarga maqsadga muvofiq muntazam 
tayyorgarlikdan iboratdir. Bajarilishi shart bo’lgan va ko’p yillik 
mashg’ulotlarni tashkillashtirish bilan bog’liq bo’lgan bunday talab va 
maxsus jismoniy va texnikaviy tayyorgarlik o’rtasidagi uzilish va 
ziddiyatlarni mustasno etadi bunday vaziyat o’tgan yillarga ham, hozirgi 
davrga ham nihoyat xosdir va bundan yuqori mahoratga ega bo’lgan 
o’yinchilar mashg’ulotlarining samaradorligi jiddiy ravishda oshadi. 
Boshqacha qilib aytganda, MMT og’irligi musobaqaviy mashq texnikasi 
va tezligi ustida olib boriladigan ishdan oldin kelishi ya’ni ushbu 
amaldan oldin bajarilishi shart. Bu holda mazkur og’irlik organizmni 
yuqori shiddatdagi amaliyotga tayyorlaydi, (musobaqaviy mashqning 
texnikasi) va tezligi ustidan olib boriladigan ish esa MMT og’irliklarini 
amalga oshirish sharoitida, ya’ni nihoyatda qulay sharoitlarda olib 
boriladi. Musobaqaviy mashq bajarilishining tezligi quvvatiga kelganda 
esa uning maksimal miqdori dastlab bundan oldingi mavsumda 
erishilgan darajaga nisbatan kamayib ketadi, so’ngra sekin-asta 
ko’tarilib ushbu darajaga etadi va nihoyat undan ham oshib 
rejalashtirilgan natijalarga erishish ta’minlanadi. 
MMT og’irliklaridan mujasam holda foydalanish ham muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Malakali 
o’yinchilar 
maxsus 
jismoniy 
tayyorgarligining darajasi shu qadar yuqoriki, uni yanada oshirish uchun 
nihoyatda baquvvat mashqiy ta’sir kuchi kerak bo’ladi. Aynan MMT 
og’irliklarining mujassam ta’siri ostida ushbu holat ta’minlanadi. O’ziga 
xos funksional ko’rsatkichlarning vaqtincha pasayib ketishi aynan shu 
to’g’rida guvohlik beradi. Bunda musobaqaviy yuklovlar musobaqaviy 
mashqni bajarishda o’ziga xos ish qobiliyati va tezlikni muhim 
pog’onaga etkazish vositasi sifatida namoyon bo’ladi. 


114 
Shunday qilib, o’z-o’zidan ravshanki, yirik hajmdagi mashg’ulotlar 
majmui uch nisbatan mustaqil bosqichdan iborat bo’lib, o’yinchilarni 
musobaqalarga tayyorlashdan iborat eng muhim masalani izchil va 
paydar-pay tarzda echishga oid ma’lum mantiq bilan bog’langandir. 
Tayyorgarlik davri sportchi organizmining motor potensialigi 
oshirish vazifasini qamrab oladi va bu vazifa musobaqaviy mashq 
tezligini oshirish ustidan keyingi muvaffaqiyatining ob’ektiv tarzdagi 
zaruriy sharti sifatida ko’riladi. Ushbu vazifa MMTning afzalliklari 
yordamida hal etiladi. 
Musobaqadan oldingi bosqich imkon qadar yuqori tezlikda harakat 
quvvati musobaqaviy mashqni bajarish mahoratini egallashni ko’zda 
tutadi. Ushbu maqsadda asosan musobaqaviy faoliyatning shartlarini 
modellaydigan og’irliklardan foydalaniladi. 
Musobaqaviy bosqichdan maqsad mashqlarni bajarish tezligini 
imkon qadar yanada oshirish va asosiy startlarga qadar musobaqaviy 
mahoratning nihoyatda ishonchliligiga erishishdir. 
Bosqichlar izchilligining va tadrijiyligining mantiqi quyidagicha: 
tayyorgarlik boqichida organizmning ish jarayoniga xos tezkorlik 
tartibini 
yaratishga 
morfofunksional 
tayyorgarligi 
ta’minlanadi, 
musobaqadan oldingi bosqichda dastlabki morfofunksional tayyorgarlik 
negizida mashqni yuqori tezlikda bajarish qobiliyati kamol topadi 
hamda musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish uchun zamin 
hozirlanadi; musobaqaviy bosqichda-bashartiki dastlabki ikkala bosqich 
vazifalari qonikarli darajada hal etilgan va bu vazifa tezlikning rekord 
darajasi va rejalangan sport natijalarga erishishdan iboratdir. 
Ushbu konsepsiya doirasida mashg’ulotlarni tashkillashtirish o’zaro 
bog’langan tamoili, ya’ni turli xil tarzdagi imtiyozli yo’nalishlarga xos 
og’irliklardan bir vaqtning o’zida parallel tarzda foydalanish maqsadga 
muvofiq, deya tan olinadi. Yuklovning o’yinchi organizmiga bo’lgan bu 
xildagi “yalpi” hajmi umumiy yuklov dinamikasining to’lqinsimon 
shakli yordamida boshqariladi va bunda u yoki bu qo’shimcha yohud 
tuzatishlar bilan olingan katta, o’rtamiyona va kichik og’irliklar qayd 
etiladi. 
Yuqori malakali sportchi qizlarni tayyorlashning eng muhim 
xususiyati shundan iboratki, ulardagi mahoratning oshishini belgilovchi 
asosiy omil bo’lib motor potenstiali namoyon bo’ladi. Aynan shu asosda 
murabbiydagi professional mahoratning pedagogik tarziga xos 
tarbiyaviy va didaktik masalalar o’z echimini topishi mumkin 


115 
Mashg’ulotlar jarayoni u yoki bu muntazam birikmada 
kombinatsiyalangan mezostikllar yig’indisidan tashkil topadigan additiv 
hosila bo’lmasdan, MP ga tabaqalangan yaxlit bir hodisadir. Mashg’ulot 
jarayonining vaqt jihatidan yaxlitligiga organizmning alohida fiziologik 
tizimlari darajasida reaksiyalarning davriy rivojlanishi hamda 
shoshilinch adaptatsiyadan uzoq muddatli adaptatsiyaga o’tishda 
ob’ektiv ketma-ketlik sabab bo’lib xizmat qiladi. Ayol organizmining 
biologik tabiatini tushunmasdan, ushbu jarayonni anglamasdan, uning 
yaxlitligiga bois bo’luvchi mexanizmlarni, unga xos davriy tuzilma va 
uning stiklik takrorlanishlarini bilmasdan turib mashg’ulot jarayoniga 
tegishli muayyan bosqichlari yoki davrlarida ushbu jarayonni avj 
oldirishning mantiqi xususida jiddiy so’z yuritib bo’lmaydi. 
BTS-mashg’ulot jarayonining mustaqil hamda tahliliy va uzviy 
qismi bo’lib, ushbu qism uzoq muddatli adaptastiyaning rivojlanishidagi 
nisbatan poyoniga etgan fazasiga to’g’ri keladi. Bunday fazaning 
odatdagi natijasi funksional imkoniyatlarning yuqori saviyasini barqaror 
qayta qurishni takomillashtirishda o’z aniq ifodasini topadi. Yuqori 
malakali sportchilarni tayyorlashda nafaqat yuklovning tetiklantiruvchi 
yuqori potenstiali, balki uning yordamida ta’minlanadigan mashg’ulot 
ta’sir kuchining sifat xarakteri ham muhim ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə