O’. A. Farmanov



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

 
Tayanch so’zlar:
Texnik baza, texnik vositalar, trenajyorlar, gantella, stanok, 
shtanga, konspekt dinamometr, kombinirovannaya, grunt, ekker, kanop, 
proekt, basseyn. 
 
O’z-o’zini nazorat qilish savollari: 
1.Sport inshootlarini modniy texnik bazalrining hozirgi paytdagi
ahvoli 
2.Moddiy texnik vositalar o’zining maqsadiga ko’ra necha guruhga 
mo’ljallanadi 
3.Eng oddiy sport inshootlarini qurishning xususiyatlari 
 
Adabiyotlar:
 
1.
Rasulyеv O.T. Baskеtbol. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. 
Toshkеnt,1998-y. 
2.
Rasulеv O.T, Sokolova, N.D, Ismatullaеv X.A. Baskеtbol.
Ixtisos qursi bo’yicha dastur, Toshkеnt, 1993. 
3.
Sokolova N.D. G’aniyеva F.V. Ismatullayеv X.A. Baskеtbol.
Ma’ruzalar to’plami, Toshkеt, 2001. 
 
Chet el adabiyotlali: 
1.Active schools. Kori ki te Kura. Games sport New Zealand 2012
year, 
2.A Hand Book For Teaching Sports 1958-2008 year, 
3.Harko Brown. Traditional Maori Games. - Copyright © 2006 year 
4.P. Edwards, M.A. Basketball
 
 


104 
IX-BOB. AYOLLAR BASKETBOLINING HOZIRGI DAVRDAGI 
HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISHNI O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
Hozirgi davrdagi ayollar basketboli yuqori darajadagi hujumkorlik 
va himoyaviy potensial bilan belgilanadi va bunda o’yinning faol shakl 
va uslublari muntazam qo’llaniladi. O’yinchilarning himoyadagi 
harakatlari 
ilgarigidan 
ancha 
ixcham, 
omilkorlik 
bilan 
takomillashtirilgan 
va 
samaraliroq 
bo’lib 
qolgan. 
Hujumda 
ishlatiladigan o’yin vositalari aniq muvozanatlashgan va o’zaro 
to’ldirish prinsipiga asoslangandir. Himoya va hujumda jamoa bo’lib 
harakatlanishga zo’r berish texnik va taktik jihatdan universallashgan 
hamda o’z o’yinlarini yuqori dinamik harakatlarga asoslay oladigan 
o’yinchilarning individual harakatlanishi bilan mantiqiy tarzda 
uyg’unlashuvi muhim omildir. 
Ayollar 
jamoalarining 
kuch-qudratini 
oshirish 
maqsadida 
mutaxassislar savatga to’p irg’itishlar sonini oshirish, o’yin davomida 
va jarimadan to’p irg’itishda savatni aniq mo’ljalga olish holatlarini 
ko’paytirish, o’z shchiti va raqib shchitiga tegib qaytgan to’p uchun 
kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan tayyorgarlik vositalari va 
uslublarini topish uchun faol harakat qilmoqdalar. 
Ushbu xildagi uzviy masalalarni hal etish yo’li bilangina o’yinni 
olib borishning zamonaviy shakllari qo’llaniladigan va sport 
maydonlarida bir tekis muvaffaqqiyatlarni namoyish etuvchi jamoani 
shakllantirish mumkin. 
Har qanday ijtimoiy jarayon singari basketbol ham bosqichma-
bosqich tarzda rivojlanadi: bunda yuksalish davrlari qonuniy ravishda 
rivojlanishning nisbatan susayishi bilan uyg’unlashadi. Ba’zi hollarda 
ushbu o’yin rivojlanishining bir qarashda yaqqol bo’lib ko’ringan 
tendensiyasi aslida uning istiqbollarini qisqagina muddatga belgilab 
beradi xolos. Va aksincha, dastlab kam ahamiyatli bo’lib ko’ringan 
tendensiyalar keyinchalik o’yinni takomillashtirish ishiga hal qiluvchi 
hissa qo’shishi mumkin va bu tendensiyalar ularni ijro etuvchilarga 
yuqori talablar qo’yishi mumkin. 
O’yinni tahlil etar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, hozirgi davrdagi 
basketbol rivojlanishiga xos bo’lgan ba’zi bir tendensiyalar poyoniga 
etib bormoqda, masalan kelgusi bir necha yillar mobaynida jahon 
xavaskorlik basketboli olamidagi etakchi ayol jamoalarining o’yini 
umumiy natija, hujumlar soni, ikkala shchit ostida kurash jarayonida 


105 
yutilgan matchlar soni singari ko’rsatkichlarga binoan barqarorlashadi, 
deyishga barcha asoslar mavjud. O’z-o’zidan ravshanki, ushbu 
ko’rsatkichlarga qarab basketbolchi ayollar tayyorgarligini rejalashtirish 
kam istiqbolga ega va bunda eng yaqin kelajakni bashorat qilish 
mumkin xolos. Shu bilan birga shunday bir jarayon ko’zga tashlanadiki, 
yaqin kelajakda mashg’ulotlar intensivligi har tomonlama oshadi, atletik 
tayyorgarlikning 
roli 
yanada 
kuchayadi, 
tezlik 
texnikasini 
takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlar mazmuni sifat 
nuqai nazaridan yaxshilanadi. Basketbol soxasi mutaxassislari fikricha, 
hozirgi davrda eng kuchli ayollar jamoalari o’rtasida faollikning hamda 
hujumda va himoyada texnik va taktik harakatlar samaradorligining 
tenglashuvi kuzatilmoqda. Shu bilan bir qatorda musobaqalar bilan 
bog’liq bo’lgan rejimlarga xos jismoniy va psixologik zo’riqishning 
anchagina ortishi, ijrochilik mahoratining uzluksiz va izchil oshishi, 
o’yinda qatnashuvchi barcha basketbolchi ayollarning jo’shqinligi va 
epchilligining taraqqiy etishi, shakllar va sxemalarning qattiqligidagi 
o’zgarishlarni engib o’tish hamda tezkor va ko’p hollarda 
improvizatsiyalashgan basketbolga o’tilishi yaqqol tashlanadi. Buning 
boisi shundaki, o’tgan bir necha yillar mobaynida ko’pgina kuchli va 
o’yin yo’nalishi bo’yicha bir-biridan farq qiluvchi jamoalar paydo 
bo’ldi. O’yin qoidalarida tez-tez bo’lib turadigan o’zgarishlar sportchi 
ayollar, murabbiylar va ilmiy xodimlar tomonidan ijodiy tashabbusga 
turtki bo’lib xizmat qilmoqda. O’yin qoidalaridagi so’nggi o’zgarishlar 
shu narsalarni bashorat qilishga asos bo’la oladiki, maydonning o’z 
yarmisida himoyaning aktiv shakllarini muntazam ishlatgan holda 
himoyaviy sifat va samaradorlikni oshirish raqibga doimiy bosim 
o’tkazish va uni himoyachi oldindan ko’ra biladigan texnik va taktik 
harakatlarni bajarishga majbur qilish bilan birgalikda olib boriladi. 
Himoyadan faol tizimlar nisbati oshib borishi tabiiy ravishda o’yin 
mazmunida sifat o’zgarishlarga olib keladi. Miqdor o’zgarishi sifat 
o’zgarishiga o’tishi aksariyat hollarda portlash, sakrash xarakteriga ega 
bo’lib, bunda himoyadagi o’yin ko’zda tutiladi, o’yin tuzilishida keskin 
o’zgarishlarga olib keladi. Hozirda himoyadagi o’yin ma’lum bir keskin 
davrdan o’tmoqdaki, ushbu davrni engib o’tgandan so’ng eng yaxshi 
basketbol jamoalari o’yinining usulan yangi texnik va taktik shakllarini 
topa olishlari shak-shubhasizdir. 
Basketbolchi ayollar erkak o’yinchilardan tobora ko’proq 
texnikaviy usullarni qabul qilib olib ularni yuqori tezliklarda 
bajarmoqdalar. Ushbu mulohaza to’pni oshirishga ham, galma-galdan 


106 
ikkala qo’l bilan driblingni amalga oshirishga ham tegishlidir. Bundan 
tashqari, shchit tagida to’p uchun kurashda ham sezilarli shiddat paydo 
bo’lgan. Ayollar jamoalari himoyani zudlik bilan yorib o’tib, o’rta va 
uzoq masofalardan to’p irg’itishni amalga oshirgan holda tezkor o’yin 
olib boradilar. Psixologik muhit ham o’zgarib bormoqda, jamoalarda 
zarur bo’lgan atletik xususiyatlarni ishga solgan holda keskin yakkama-
yakka olishuvdan tap tortmasdan kurash olib borilmoqda biroq ayollar 
basketbolida o’ziga yarasha qiyinchiliklar ham mavjud. Xususan, 
himoya bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni har bir murabbiy o’zicha 
talqin etishi kuzatilmoqda, terma jamoadagi basketbolchi qizlarda ham 
o’z navbatida himoyaviy o’yinga nisbatan turlicha munosabat tushuncha 
ko’zga tashlanadi. Masalan, ba’zilar raqibni shchitga yaqin chiziqqa 
o’tkazib yuborishni mumkin deb hisoblasa, boshqa birovlar sapchib 
qaytgan to’p uchun kurashni novcha o’yinchilargina olib borishi kerak, 
degan fikrda bo’ladilar, yana boshqa o’yinchilar esa to’pga ega bo’lgan 
raqibni passiv holda nazorat qilib turaveradilar. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə