Sportchilarning jismoniy ish qobiliyati



Yüklə 134,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü134,36 Kb.
#117762
  1   2   3   4
A5 KUCH QUVVATNI TIKLASH VOSITALARI SPORTCHILARNING JISMONIY ISH



5-amaliy mashg‘ulot: KUCH-QUVVATNI TIKLASH VOSITALARI. 
SPORTCHILARNING JISMONIY ISH QOBILIYATI 
 
Amaliy mashg‘ulot maqsadi:
Amaliy mashg‘ulot davomida sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy 
mashg‘ulotlar bajarishda yo‘qotilgan kuch-quvvatini tiklash hamda charchoqni 
oldini olish maqsadida kuch-kuvvatni tiklovchi vositalarni tibbiyot ko‘rsatmalari 
asosida qo‘llashni o‘rgatish.
 
Amaliy mashg‘ulot rejasi: 
1. Sportda tiklanish sistemasi haqida tushuncha 
2. Qayta tiklash vositalarining tasnifi 
3. Oqsil moddalar 
4. Farmakologik tiklash vositalari 
5. Fizikaviy tiklash vositalari
 
Amaliy mashg‘ulot borishi 
Sportda tiklanish sistemasi haqida tushuncha 
Sportda kuch-quvvatni tiklash vositalarining qo‘llanishi metodikasi sport 
kursida qarab chiqiladi. Gigiyenik nuqtai nazardan olganda, bunday tiklanish 
vositalarini qo‘llash vaqtida muayyan tartib-qoidalarga rioya etish lozim. Shunday 
qilish kerakki, bu tadbirlar salomatlikni mustahkamlashga yordam beradigan 
bo‘lsin. 
Haddan tashqari charchab qolishini oldini olish va toliqishga barxam berish 
uchun kuch-quvvatni tiklash vositalaridan foydalanish sportda ana shu vositalarni 
rasional tarzda qo‘llanishning asosiy sharti hisoblanadi: jismoniy mashqlardan 
keyingi charchoqni yo‘qotish yoki kamaytirish kerak emas, chunki bu trenirovka 
ta’siri ostida paydo bo‘ladigan va mahoratni oshiridigan funsional va struktura 
o‘zgarishlari uchun zarur bo‘lgan faktor hisoblanadi. hujayra va xujayrachalar 
darajasida olganda bu jarayonning mo‘iyati shundan iboratki. Charchoq hujayraning 
genetik apparatini aktivlashtirish uchun stimul bo‘lib, u muskul hujuyralari 
funsional potensiali (mitoxondriya, mioglobin)ni belgilovchi strukturalar xosil 
bo‘lishining ko‘payishiga olib keladi. Charchoqsiz maxoratni o‘stirib xam 
bo‘lmaydi. Faqat umumiy toliqish yoki qisman toliqishni ketkazish uchungina kuch-
quvvatni tiklovchi vositalarni qo‘llash lozim. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar shu 
ko‘rsatadiki, normal (toliqish darajasida bo‘lmagan) charchish vaqtida qilingan 
qisqav muddatli massaj (qisqartirilgan variant bo‘yicha massaj) ancha uzoq muddat 
qilingan massaj (to‘liq variant)ga qaraganda sportchilarni tayyorlashga yaxshiroq 
ta’sir ko‘rsatadi (Ya.S. Vaynbaum, N.A. Petuxov) quyidagilar sportda kuch-
quvvatni tiklash vositalarini qo‘llashning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 134,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə