Sportchilarning jismoniy ish qobiliyati


Fizikaviy tiklash vositalari



Yüklə 134,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix17.06.2023
ölçüsü134,36 Kb.
#117762
1   2   3   4
A5 KUCH QUVVATNI TIKLASH VOSITALARI SPORTCHILARNING JISMONIY ISH

 
Fizikaviy tiklash vositalari 
 
Fizikaviy faktorlar yuqori biologik aktivligiga ega bo‘lib sport tibbiyotida 
kasalliklarni oldini olish, davolash, organizmni chiniqtirish qayta tiklashni 
tezlashtirishi va ish qobilyatini oshirishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy faktorlar 
(quyosh, havo, suv) bilan birga har xil dushlar vannalar maxsus vannalar, issiqlik va 
nurlar, kislorod, elektrotoklar massaj va hammom turlari qo‘llaniladi. 
Fizikaviy faktorlar organizmda qator javob reaksiyalarni vujudga keltiradi va 
shu bilan organizmning himoya kuchlirini, tashqi muhitning noqulay ta’siriga 
qarshiligini oshiradi, charchashni tarqatadi, qayta tiklashni tezlashtiradi. Fizik 
faktorlar ikki guruhga bo‘linadi: organizmga umumiy ta’sir kiluvchi (dushlar, 


vannalar, umumiy va suvli massaj, hammomlar) va mahalliy ta’sir etuvchi 
(elektromuolajalar, vannalar, issiq muolajalar, segmentar massaj va b.) muolajalar 
charchagan ayrim mushaklarda o‘tkaziladi, katta hajmli va jadal mashg‘ulotlardan 
keyin umumiy va mahalliy charchash oqibatlarini tarqatishda umumiy ta’sir 
vositalari qo‘llaniladi. Bir kunda ikki marta mashg‘ulotlar o‘tkazilishi siklida 
birinchi mashg‘ulotdan keyin mahalliy ta’sir vositalarni qo‘llanilishi, ikkinchi 
mashg‘ulotlardan keyin organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar 
qo‘llanilishi tavsiya etiladi. 
Bir biriga mos kelmagan muolajalarni qabul qilmaslik kerak Umumiy (vanna, 
sauna) va mahalliy ta’sir etuvchi (ulg‘tratovush, ayerozolg‘,parafin) vositalarni 
birgalikda qabul qilish mumkin 
Suvli muolajalar eng ko‘p tarqalganlaridan biridir. Suvning haroratiga qarab 
dush sovuq (20 gacha), salqin (20-30), iliq va salqin- o‘rtacha (31-36), iliq (37-38), 
issiq (38 dan ortiq) dushlarga
 
ajratiladi. Ertalab mashg‘ulotlardan keyin tetiklan-
tiruvchi qisqa muddatli (30-60 s) sovuq yoki issiq dush olinadi, Kechqurun 
mashg‘ulotlardan keyin uyqudan oldin iliq tinchlantiruvchi dush qabul qilinadi. 
Sport tibbiyoti amaliyotida dushning bir necha turlari qo‘llaniladi: Sharko 
dushi – suv harorati 30-35, 1,5-3 
atm
bosimida 2-Z daqiqa davomida teri 
qizarguncha bir necha marta takrorlanadi.
Kaskadli dush – o‘ziga xos «suvli massaj» – 2,5 metr tepalikdan ko‘p miqdorda 
sovuq suvning tushishi

Suv osti massaji – vanna yoki suv havzasida apparat yordamida o‘tkaziladi. 
Suvning harorati 35-38, bosimi 1-3 
atm
(sport turiga qarab) muolajani davomiyligi 
ham sport turiga, yoshiga va funksional holatiga qarab belgilanadi. Masalan: 
suzuvchilarda 5-7 daqiqa, yuguruvchilarda 7-10 daqiqa, kurashchilar va 
bokschilarda 10-15 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Suv osti massaji haftada 1-2 marta 
ikkinchi mashg‘ulotlardan keyin uyqudan 2-3 soat oldin qabul qilinadi.
 
 



Yüklə 134,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə