Sportchilarning jismoniy ish qobiliyati



Yüklə 134,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü134,36 Kb.
#117762
1   2   3   4
A5 KUCH QUVVATNI TIKLASH VOSITALARI SPORTCHILARNING JISMONIY ISH

 
 


Qayta tiklash vositalarining tasnifi 
Qayta tiklash vositalari uchta asosiy – pedagogika, psixologik va tibbiy 
guruhlarga bo‘linadi. 
Pedagogik vositalari: 
• asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi, chunki rasional ravishda tuzilgan sport 
mashg‘ulotlarnigina qayta tiklash jarayonlarini tezlashtiradi va sport natijalarni 
oshiradi. Bunda quydagi faktorlarga katta ahamiyat beriladi: mikro va 
makrosikllarda shu bilan sportchini ko‘p yillar davomida tayyorlanishida yuklanish 
va dam olishni birga qo‘shib to‘g‘ri olib borilishi. maxsus qayta tiklash sikllarini 
kiritish, dam olish kunlar, mashg‘ulotlarni har xil sharoitlarda o‘tkazilishi, 
mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar, yengil krosslar, mashg‘ulot-larni kirish va 
tugash qismlarini rasional ravishda tuzilishi va h.k. 
Psixologik vositalari: – psixologik – asab tangligini (tarangligini) chetlatadi, 
shu bois organizmining harakat va fiziologik funksiyalari tezda qayta tiklanadi. 
Bularga har xil asabiy va ruxiy holatlarini boshqarish usulublar: uxlab dam 
olish, o‘z kuchiga ishontirish, o‘z-o‘zini irodasini mustahkamlash, mushaklarni 
bo‘shashtirish usullari, bo‘sh vaqtlarni sermazmunli o‘tkazish, gipnoz va x. kiradi. 
Jismoniy ish qobiliyatini tiklashda qo‘llaniladigan tibbiy vositalar asosiy 
rolg‘ni o‘ynaydi. 
Tiklanish deganda organizmning funksional holati o‘zgargandan keyin uning 
fiziologik holatini ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz (ichki muhitni saqlash) 
holatiga qaytishi tushiniladi. 
Ayerob reaksiyalar va assimilyatsiya ustun kelishi tiklanish jarayonlarining 
xarakterli tomonidir. 
Ma’lumki, ishdan keyin davrda faqat organizmning sarf qilgan resurslari va 
shuningdek, uning fiziologik funksiyalari tiklanibgina qolmay balki muhim 
funsional struktur qayta qurilishlar ham bo‘ladi. Shuning uchun tiklanish 
jarayonlarini bilib hisobga olish trenirovka yuklamalariga doimo to‘g‘ri yordam 
beradi. 
Yuklanish natijasida organizmning ichki muhitida kuchli o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi, qon reaksiyasi kislotali tomonga suriladi, energetik resurslar kamayadi, 
termoregulyasiya, buzi-ladi, 
Yurak-qon tomir, nafas sistemalarining faoliyati buzi-ladi. Bularning 
faoliyatini yaxshilashda tibbiy vositalar yordam beradi. Buning natijasida 
charchoqlik holati yo‘qoladi, ish qobiliyati oshadi, organizmga keyingi beriladigan 
yuklanishga moslanishini yengillashtiradi.

Yüklə 134,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə