O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BIA-97-2 guruh talabasi
Sirojiddinov Odil ning
Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot
fanidan
mustaqil ishi
Toshkent-2022
Mavzu: Iste’molchining bozordagi harakati
Reja: 2.Nafillik funksiyasi, yalpi va chekli nafillik 3.Befarqlik egri chizig’i 5.Iste’molchining huquqlari
1.Iste’molchilarning hatti harakati tahlili
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda.1 Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan 4-mavzuda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
.
Dostları ilə paylaş: |