Reja kirish psixologiya o’qitish tashkil qilishning umumiy va maxsus texnologiyalari. Psixologiya o’qitishda seminar va amaliy mashg’ulotlar tashkillashtirish metodikalari



Yüklə 47,23 Kb.
səhifə1/6
tarix22.04.2022
ölçüsü47,23 Kb.
#85868
  1   2   3   4   5   6
Psixologiya o\'qitishning umumiy va maxsus metodikalari


REJA

KIRISH

1. Psixologiya o’qitish tashkil qilishning umumiy va maxsus texnologiyalari.

2. Psixologiya o’qitishda seminar va amaliy mashg’ulotlar tashkillashtirish metodikalari.

3. Psixologiya fanida mustaqil ishlar tashkil etishning umumiy metodikalari

4. O’qitishda metodlarning umumiy tavsifi.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabaiar tomonidan psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi. Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar ularning psixologiyadagi amaliy baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini o'zlashtirish talabaga undan awal qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga imkon beradi.

Umumiy psixologiyani o'rganish psixologiya tizimidagi boshqa o'quv kurslarini o'zlashtirishda metodologik ahamiyatga ega, chunki umumiy bilimlarsiz xususiyatlarni tushunib olish rrmmkin emas. Bundan kelib chiqib, ma'ruza o'qishda va adabiyotlar bilan talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda talaba uchun har bir yangi ilmiy qoidani hayotda kuzatiladigan psixologik hodisalar bilan tushuntirish, balki ular ishlarini qanday tushuntirilganligi va zamonaviy umumiy psixologiyada qanday tushuntirilishi bilan ham taqqoslash zarur hisoblanadi. Ma'ruza mavzulari fanning rang-barangligi, bo'limlar mazmunida psixologiyaning asosiy muammolarini to'planishi, bir-biri bilan bog'liq tushunchalar tizimi sifatida bayon etilishi mumkin bo'lishi uchun bir nechta katta bo'limlarga jamlanganligi maqsadga muvofiq bo'lardi. Shunga muvofiq amaliy va semenar mashg'ulotlaridan kiritilishi mumkin bo'lgan tafsilotlari haqida ma'ruzalarda batafsil gapirib o'tish kerak bo'lmaydi. Misol uchun idrok etish psixik jarayonlaming har biriga batafsil tavsifnoma berib o'tish zaruriyati bo'lmaydi, lekin ularning faoliyati davomida ular o'rtasidagi o'zaro aloqalar va bogiiqliklariga talabalarni e'tiborini qaratish ularning vazifalarini ko'rsatish kerak. Keyingi seminar laboratoriyalar, amaliy ishlari davomida ular faqatgina nazariy emas, balki amaliy tajriba orqali chuqur o'rganish mumkin bo'ladi.

Shu bilan birga auditoriyada talabalarning kasbiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Misol uchun, pedagogika oliy o'quv yurtining matematika fakultetida o'quvchilarning matematik qobiliyatlari borasida nazariy asoslarini chuqurroq o'rganish va bo'lajak o'qituvchilarni bolalarda matematik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish metodikasi bilan qurollantirishi mumkin bo'ladi.

Beriladigan soatlar soniga qarab ma'ruza kurslar bo'yicha turli variantlarda bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, umumiy psixologiyaning hamma muammolari beshta, oltita yoki yetita ma'ruza bo'limlarga ajratilgan boiishi mumkin. Bu berilgan soatlar soni va o'qituvchining fikriga bog'liq bo'ladi.


Yüklə 47,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə