O’. A. Farmanov


 Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/90
tarix28.03.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#103460
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
13051 2 38C6C63CAFD2BEBD9BB131EAC3917CCA57663481

13.3. Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi 
hakamlar bilan muloqoti 
 
Murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yin paytida stol atrofida 
o’tirgan hakamlar bilan muloqot qila oladigan jamoaning yagona vakili 
bo’lib hisoblanadi. U istagan paytida, masalan, hisob, vaqt tabloga yoki 
follar soniga tegishli bo’lgan ma’lumotni olmoqchi bo’lganida hamda 
bir daqiqali tanaffus olish uchun murojaat qilganida bu ishni qilishi 
mumkin. Uning hakamlar stoli atrofida o’tirgan hakamlar bilan o’zaro 
muloqot har vaqt o’yinning bir me’yorda kechishiga xalaqit 
bermaydigan bo’lishi va osoyishtalik hamda vazminlik bilan o’tishi 
kerak. Agar murabbiy o’yinchini almashtirmoqchi bo’lsa, u zaxiradagi 
o’yinchiga almashish to’g’risida kotibga murojaat qilishni taklif etadi. 
Bu iltimosni aytish uchun murabbiy hakamlar stoli oldiga borishi shart 
emas.
 
 
13.4. O’yin holatlari 
 
O’yin vaqti - “toza” vaqt 40-daqiqa davom etadi. U to’rtta 10-
daqiqalik choraklardan iborat. Birinchi va uchinchi choraklardan so’ng 


175 
2-daqiqalik tanaffus bo’ladi. Ikkinchi chorakdan keyin 10-15 daqiqalik 
tanaffus bo’ladi. O’yin natijasi durang bo’lsa, 5-daqiqalik over taymlar 
beriladi. 
O’yin soati: 
a) bahsli to’pni yuqoriga otib berish vaqtida to’p o’zining eng 
yuqori nuqtasiga etganidan so’ng, to’p o’yinchilarning biri tomonidan 
urib yuborilgan paytida, yoki; 
b) agar jarima to’pi noaniq tashlangan bo’lsa va maydondagi biron 
o’yinchi to’pni egallab olgan paytida to’p o’yinda qolishi kerak bo’lsa, 
yoki; 
v) maydondagi biron o’yinchi to’pga tekkan paytda o’yin to’pni 
maydon tashqarisidan o’yinga kiritish bilan davom ettirilsa, yoqiladi. 
O’yin soati: 
a) o’yinning har ikkala yarmi yoki qo’shimcha davr oxirida yoki; 
b) hakam hushtak chalgan vaqtda yoki; 
v) 24-soniya operatorining signali chalingan paytda yoki
g) agar tanaffus talab qilgan murabbiy jamoasining savatiga to’p 
tushsa, ammo shu to’p savatga tashlayotgan o’yinchining qo’lidan 
murabbiy iltimosiga nisbatan keyin chiqib ketgan bo’lsa, to’xtatiladi. 
Agar o’yinnning ikkinchi yarmi tugagan vaqtda hisob durang 
bo’lsa, hisobdagi tenglikni buzish maqsadida 5-daqiqalik qo’shimcha 
davr yoki muvozanat buzilgunga qadar bir necha 5-daqiqalik davrlar 
belgilanadi. Jamoalar birinchi qo’shimcha davr boshlanishidan oldin 
qur’a tashlash yo’li bilan savatlarni tanlab oladilar va har bir keyingi 
qo’shimcha davr boshlanishidan oldin savatlarni almashtiradilar. Har bir 
qo’shimcha davr orasida 1-daqiqalik tanaffuslar ko’zda tutiladi. Har bir 
qo’shimcha davr boshida o’yin markaziy doirada bahsli to’p otib 
berilishi bilan boshlanadi. 
O’yin markaziy doirada bahsli to’p tashlab berilishi bilan 
boshlanadi. Katta hakam ikki raqib o’rtasida to’pni yuqoriga otib beradi. 
Bu narsa o’yinning ikkinchi yarmi boshlanishida, agar kerak bo’lsa, har 
bir qo’shimcha davr oldidan ham bajariladi. 
Mehmon jamoa savatni va jamoa o’rindig’ini tanlab olish huquqiga 
ega bo’lishi kerak. Agar o’yin betaraf maydonda o’tkazilayotgan bo’lsa, 
bu huquqni jamoalar o’zaro qur’a tashlash yo’li bilan aniqlaydilar. 
O’yinning ikkinchi yarmida jamoalar savatlarini almashadilar. Agar 
jamoalardan birida o’yinga tayyor beshta o’yinchi maydonda bo’lmasa, 
o’yin boshlanishi mumkin emas. Agar o’yin boshlanishi vaqtidan 15-
daqiqa o’tganidan so’ng qoidani buzayotgan jamoa yo’q bo’lsa yoki 


176 
maydonga 5-ta o’yinchisini chiqara olmasa, unda bu jamoa o’ynash 
huquqidan mahrum qilinganligi sababli mag’lubiyatga uchraydi va 
g’alaba boshqa jamoaga beriladi. 
I-II chorakdan keyin jamoalar hujum qilish tomonlarini 
almashtiradilar. Qo’shimcha choraklarda hujum qilish tomonlari bilan 
almashinmaydi. To’rtinchi chorakda qaysi savat tomon hujum bo’lgan 
bo’lsa, shu tomonga hujum qiladilar. 
a) hakam bahsli to’pni otib berish uchun doira ichiga kirgan paytda 
yoki; 
b) hakam jarima to’pi otilishini boshqarish uchun jarima to’pini 
tashlash maydoniga kirgan paytda, yoki; 
v) maydon tashqarisidagi vaziyatda, to’p to’pni o’yinga kiritish 
joyida turgan o’yinchining ixtiyorida bo’lgan paytda, to’p o’yinga 
kiritildi deb hisoblanadi. 
Agar jonli to’p yuqoridan savatga tushib, uning ichida qolsa yoki 
undan o’tib pastga tushsa, to’p savatga tushdi deb hisoblanadi. To’p 
o’yin jarayonida maydondan savatga tushsa, 2-ochko, uch ochko 
keltiradigan chiziq orqasidan savatga tushsa 3-ochko hisoblanadi. 
Jarima to’pi tashlanganda savatga tushgan to’p 1-ochko 
hisoblanadi. Qaysi jamoa hujum uyushtirib savatga to’p tushirsa, 
maydondan tashlangan bunday to’p shu jamoa hisobiga yoziladi. Agar 
to’p pastdan yuqoriga chiqayotib bexosdan savat ichiga kirib qolsa, bu 
to’p jonsiz hisoblanadi va o’yin to’pni o’yinga galma-gal kiritish 
qoidasi bilan davom ettiriladi. Lekin agar o’yinchi ataylab to’pni 
pastdan savatga kiritsa, bu qoidaning buzilishi bo’lib hisoblanadi va 
raqib o’yin jamoasi tomonidan to’pni qoida buzilgan joyga yaqin 
bo’lgan maydonning yon chizig’i tashqarisidan o’yinga kiritish bilan 
davom ettiriladi. Bu bahs to’pi vaziyati sodir bo’lganda bahs to’pni 
otish o’rniga to’pni maydon tashqarisidan o’yinga kiritib, to’pni jonli 
qilish usulidir. 
O’yin boshlanganida biron jamoa to’pni nazorat qilgan zahoti, 
to’pni galma-gal o’yinga kiritilishini anglatuvchi strelka to’pni egallab 
olgan jamoa tomoniga qaratiladi. Yana bahsli to’p vaziyati sodir bo’lsa, 
strelkaning uchi qaratilmagan jamoa o’yinchisi shu joy yaqinidagi yon 
chiziq tashqarisidan to’pni o’yinga kiritadi. To’p o’yinchining qo’lidan 
chiqqan zahoti strelka to’p uzatgan o’yinchining jamoasi tarafga 
qaratiladi. 
Zahiradagi o’yinchi maydonga tushishidan oldin almashish haqida 
kotibga murojaat qilishi va darhol o’yinga kirish uchun tayyor turishi 


177 
lozim. Kotib to’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtatilishi bilan, 
ammo to’p qaytadan o’yinga kiritilishidan oldin, o’z signalini berishi 
shart. O’yin qoidasi buzilganidan so’ng qoidani buzmagan jamoa to’pni 
maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritishi kerak bo’lsa, faqat shu 
jamoagina o’z o’yinchisini almashtirishi mumkin. Agar shunday vaziyat 
yuzaga kelsa, raqib jamoasi ham keyinchalik o’z o’yinchisini 
almashtirishi mumkin. Zaxiradagi o’yinchi hakam maydonga tushishga 
ruxsat berguniga qadar maydon chegarasi tashqarisida turishi lozim va 
ruxsat olinganidan so’ng darhol o’yinga tushishi mumkin. O’yinchilarni 
almashtirish imkoni boricha tez amalga oshirilishi kerak. Agar 
hakamning fikricha, biron bir jamoa o’yin vaqtini asossiz cho’zayotgan 
bo’lsa, qoida buzayotgan jamoa hisobiga tanaffus yozilishi zarur. Bahsli 
to’p uchun kurashda qatnashadigan o’yinchi boshqa o’yinchi bilan 
almashtirilishi mumkin emas. Almashtirilgan o’yinchi bir almashtirish 
davri ichida yana qaytadan maydonga chiqishga haqqi yo’q. 
Quyidagi hollarda: 
a) agar talab qilib olinadigan tanaffus berilgan yoki fol belgilangan 
bo’lmasa, maydondan tashlangan to’p savatga tushganidan so’ng; 
b) birinchi yoki yagona jarima to’pini tashlash uchun to’p o’yinga 
kiritilgan paytdan boshlab, to o’yin vaqti hisobining ma’lum bir 
davridan so’ng to’p yana jonsiz holatga o’tmagunicha, fol yoki qoida 
buzilishi soatda hisob qilishni boshlashdan oldin qayd qilinmagunicha 
o’yinchilarni almashtirishga ruxsat berilmaydi. Bunday qoidabuzarlik 
uchun jarima to’pini yoki to’plarni tashlash, galma-gallik qoidasi berish 
yoki maydonning yon chizig’i tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo 
bo’lib hisoblanadi. 
O’yinning birinchi yarmida 2-ta, ikkinchi yarmida 3-ta, shu bilan 
birga har bir qo’shimcha davrda har bir jamoa bir daqiqali tanaffus 
olishi mumkin. Foydalanilmagan 4-daqiqali tanaffus 1-chi chorakda 
olinmasa, 2-chi chorakka o’tishi mumkin, yoki o’yinchi chorakda 
olinmagan daqiqalik tanaffus to’rtinchi chorakka o’tishi mumkin, lekin 
o’yinning birinchi yarmidagi olinmagan tanaffuslar ikkinchi yarmiga 
o’tmaydi, berilmaydi. O’yin vaqtining har ikkala yarmida har bir 
jamoaga ikkita talab qilib olinadigan tanaffuslar va qo’shimcha 
davrning har birida bir marta shunday tanaffus berilishi mumkin. Talab 
qilib olinmagan tanaffuslar o’yinning keyingi yarmi yoki qo’shimcha 
davrga ko’chirilishi mumkin emas. Murabbiy va murabbiy yordamchisi 
talab qilib olinadigan tanaffusni so’rashiga haqqilari bor. Buni ular 
shaxsan kotibga borib, qoidalarda ko’rsatilgan ishoralar orqali 


178 
“tanaffus” olishlarini qo’llari bilan ko’rsatishlari lozim. Kotib talab 
qilingan tanaffus haqidagi iltimosni to’p jonsiz holatga o’tgan paytda, 
hamda albatta, to’p o’yinga kiritilishidan oldin hakamlarga ma’lum 
qiladi. 
Shuningdek, murabbiy yoki murabbiy yordamchisining talab qilib 
olinadigan tanaffus haqidagi iltimosidan so’ng, raqib jamoasi 
maydondan savatga to’p tashlasa, bu iltimos savatga to’p tashlanishidan 
oldin, ya’ni to’p otayotgan o’yinchining qo’lidan chiqib ketishidan oldin 
qilingan bo’lsagina, ularga tanaffus berilishi mumkin. Bu holda soniya 
hisoblovchi o’yin soatini darhol to’xtatishi lozim. Shundan so’ng, kotib 
o’z signalini chaladi va talab qilib olinadigan tanaffus haqida iltimos 
bildirilganligini hakamlarga ma’lum qiladi. To’p birinchi yoki yagona 
jarima to’pi tashlanganidan keyin, o’yinga kirgan paytdagi daqiqadan to 
o’yin vaqti tugab, to’p yana jonsiz holatga o’tmaguncha, quyidagi 
hollardan tashqari: 
a) jarima to’plarini tashlash oralig’ida fol qilingan paytda jarima 
to’plarini tashlash oxiriga etkaziladi, tanaffus esa fol uchun yangi jazo 
berilganda, to’p o’yinga kirishidan oldin olinadi; 
b) o’yin soati yurgazilishidan oldin qoida buzilishi qayd qilinsa, 
bunda bahsli to’p tashlab berish yoki maydonning yon chizig’i 
tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish jazo bo’lib hisoblanadi, talab qilib 
olinadigan tanaffusni olishga ruxsat berilmaydi. 
Bir daqiqa davom etadigan tanaffus ushbu shartlarga binoan jamoa 
hisobiga yoziladi. Agar tanaffusga javobgar jamoa talab qilib olingan 
tanaffus vaqti tamom bo’lmasidan o’yinni boshlashga tayyor bo’lsa, 
katta hakam darhol o’yinni boshlaydi. Tanaffus vaqtida o’yinchilarga 
o’yin maydonini tashlab chiqish va jamoa o’rindig’ida o’tirishga ruxsat 
etiladi. 
To’p jonsiz holatga o’tishi va o’yin soati to’xtalishi bilan, ammo 
to’p o’yinga kiritishdan oldin kotib signal berganidan keyin maydondagi 
hakam ruxsat berganidagina amalga oshishi mumkin. O’yinchilarni 
almashtirish ikkala jamoani xohlagan paytida amalga oshiriladi. 
Jarima to’pini otish belgilanganda, o’yinchilar jarima to’pi 
otiladigan savat tagidagi 3 soniyali maydoncha atrofida quyidagi 
tartibda joylashishlari shart. Uch soniyali zonani, ya’ni trapstiyani 
shchitga yaqin tomonidagi ikkala birinchi joyni himoyachilar 
egallaydilar, betaraf zonada hech kim turmaydi. Betaraf zonadan 
keyingi ikkinchijoyni hujumchilar egallaydilar, undan keyingi uchinchi 
joylardan birini bitta himoyachi egallashi kerak. 


179 
Hammasi bo’lib 3-soniyali zona atrofida oltita o’yinchi joylashishi 
kerak. Qolgan o’yinchilar orqa tomonda joylashadilar. 
O’yin natijasi o’yin davomida to’plangan eng ko’p ochkolar soniga 
qarab aniqlanadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə