Qoplpsh muddatining qolgan qismi – 4 yil
Joriy bozor bahosi – 1040 $
Obligatsiyaning qoplash muddati daromadi (taxminan) quyidagicha hisobkitob
qilinadi:
Obligatsiyalardan farq qilgan holda bank qarzlari ikkilamchi bozorda sotilmaydi.
Bank qarzlarni qiymati juda oddiy bo‘lib u belgilangan foiz stavkalariga teng bo‘ladi.
Qaysiki korxona oladigan qarzi uchun to‘laydigan foiz stavkasi. Agar foiz stavkasi bankda
13 foiz belgilangan bo‘lsa, korxona kelishuvga asosan 12 foiz to‘lasa, mana shu 12 foiz
bank qarzlari qiymatini ifodalab beradi.
Tijorat qog‘ozlari (veksel) odatda qisqa muddatli instrumentlar bo‘lib
nominal
qiymatni hisobga olish hamda almashtirish maqsadlarida jalb qilinadi. Bu yerda tijorat
qog‘ozlari qiymati juda oddiy. U nazarda tutilgan foiz kursidan iborat bo‘ladi. Fikrimizni
quyidagi misol yordamida aniqlashtirib beramiz.
“XYZ” LTD. korxonasida yana 6 oy muddati bo‘lgan muomaladagi tijorat qog‘ozlari
mavjud. Ushbu instrumentning har birini nominal qiymati 1000000 $ ni tashkil etadi.
Ularni korxona bozorda 965000 $ ga sotishi mumkin. Bu holatda nazarda tutilgan foiz kursi
6 oy uchun quyidagicha bo‘ladi:
(1000000 / 965000) - 1 = 0,0363 yoki 3,63 foiz
Yillik amaldagi foiz kursi hisobi:
(1,0363)
2
– 1= 0,0739 yoki 7,39 foiz
Shu yerda e’tiborga olish kerakki, korxona turli qarz instrumentlarini ishlatishi
mumkin. Shuning uchun ham ularni o‘rtacha
qiymatini aniqlash, bu boradagi markaziy
masalalardan biridir. Ta’kidlash kerakki, korxonalarda qarz mablag‘larining har birini
alohida olingan qiymati ularning birgalikda olingan o‘rtacha qiymati ko‘rsatkichlari biznes
faoliyatida qarz instrumentlaridan samarali foydalanishda asosiy ma’lumot manbai
hisoblanadi.
Obligatsiyalarning «sof» va «iflos» narxlari farqlanadi.
Moliyaviy axborotlar chop
etiladigan axborot agentliklari terminallari, gazetalar va boshqa OAV ma’lumotlarida aynan
«sof» narx keltiriladi. «Sof» narx u bo‘yicha foiz to‘lovlari to‘liq hajmda to‘lanishidan
kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Faraz qilaylik, obligatsiyani sotish kuponli yillik
daromad to‘lovlarining roppa-rosa o‘rtasida amalga oshirildi. Bu holatda navbatdagi kupon
to‘lovini obligatsiya xaridori oladi. Sotuvchi uni «sof» narxda emas, balki «sof» narx plyus
bu davrda to‘plangan foizlar miqdoriga teng bo‘lgan narxda sotib, yarim yil uchun olinmay
qolgan foizlar o‘rnini qoplashi lozim. Bu esa obligatsiyaning «iflos» narxi hisoblanadi.
Obligatsiyaning «iflos» narxi = «sof» narx + to‘plangan kupon daromadi. Bozorda
obligatsiyalar «sof» narx bo‘yicha kotirovka qilinadi, bitimlar esa «iflos» narx bo‘yicha
tuziladi.
1930-yillarda obligatsiyalar narxining foiz stavkasi o‘zgarishiga sezuvchanligini
belgilab beradigan ko‘rsatkich ishlab chiqilgan. U «dyuratsiya» deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: