Odiljonov bekmurodning umumiy psixologiya va pedagogika fanidan mustaqil ishi


Mirzo Uluqbek qaqida buyuk allomalarning fikrlari



Yüklə 34,34 Kb.
səhifə4/4
tarix20.05.2022
ölçüsü34,34 Kb.
#87443
1   2   3   4
pedagogikadan mustaqil ish tayyor

Mirzo Uluqbek qaqida buyuk allomalarning fikrlari
Yirik tarixchi olim va davlat arbobi Abdurazzoq Samarqandiy Ulug`bekni geometriya ilmida ham tengi yo`q olim deb quyidagicha ta'riflaydi:
Chun Ulug`bek mirzo dar ilmi qandasa,
Natavon yoft dar hazoron madrasa.
(geometriya ilmida Ulug`bek mirzodek kishini minglarcha madrasalardan ham izlab topib bo`lmaydi)
Ulug` Alisher Navoiy esa o`zining "Farxod va Shirin" asarida uni osmon sirlarini ochgan va uni kishilar ko`ziga oynadek ravshan qilib qo`ygan astronom olim sifatida ta'riflaydi:
Temurxon naslidan sulton Ulug`bek,
Ki olam ko`rmadi sulton oningdek,
Oning abnoi jinsi bo`ldi barbod.
Ki davr aqli biridan aylamas yod.
Valek ul ilm sori topti chun do`st,
Ko`zi oldinda bo`ldi osmon past.
Rasadkim bog`lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur.
Bilib bu nav' ilmi osmoniy,
Ki ondin yozdi "Zichi ko`ragoniy"
qiyomatga deganda aqli ayyom.
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.
Zahiriddin Muhammad Bobur Temur zamonida olib borilgan zo`r qurilish ishlari Ulug`bek hukmronlik qilgan davrda ham keng ko`lamda davom ettirilganidan va ko`pdan ko`p obidalar ayniqsa Samarqandning qoq markazida joylashgan Registon maydonida qator binolar haqida mana bularni yozgan:
"Ulug`bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qa'asining ichida madrasa va xonaqoqdir. Xonaqoqning gumbazi bisyor ulug` gunbazdur, olamda oncha ulug` gunbaz yo`q deb nishon berurlar... Yanabu madrasaning janubida bir masjid solibtur, masjidi muqatt' derlar. Bu jihatni muqatta' derlarkim, qit'a-qit'a yog`ochlarini tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibtur, tamom devorlari va saqfi ushbu yo`sunluqtur. Bu masjidning qiblasi birla bisyor tafovuttur. Qolibo bu masjid qiblasining samti munajjim tarixi bila amal qilibturlar"
Yüklə 34,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə