Reja: kirish mirzo ulug’bek hayot yo’li ilmiy merosi mirzo ulug’bek nomi bilan



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#151947
  1   2   3   4
Mirzo Ulug\'bek


REJA:
1. KIRISH
2. MIRZO ULUG’BEK HAYOT YO’LI
3. ILMIY MEROSI
4. MIRZO ULUG’BEK NOMI BILAN
5. XULOSA


  1. KIRISH

Oʻzbekiston-Markaziy Osiyoning yuragi va jahon ilm fan rivojiga benazir hissa qoʻshgan Buyuk allomalar vatanidir. Mirzo Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Al-Xorazmiy, Imom Buxoriy va koʻplab olim-u allomalar yetishib chiqgan zamindar. Misol uchun:
Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy -Buyuk mutafakkir va matematik olim.
Abu Rayhon Beruniy- qadimgi Ma'muriy akademiyasining eng koʻzga koʻringan Buyuk alloma olimlaridan. shu jumladan u shox Ma'mun || ning siyosiy masalalarda maslahatchisidir.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy-Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashgan.
Abu Ali Ibn Sino-falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she’riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi.
Imom al-Buxoriy- islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Mirzo Ulug’bek- Bobosi Sohibqiron Amir Temur singari Koʻragon – “xonning kuyovi” unvoniga ega boʻlgan Mirzo Ulugʻbek tarixda buyuk Oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi sifatida nom qoldirdi. Uning eng buyuk ishi – Samarqand ilmiy maktabini, oʻsha davr akademiyasini barpo etgani boʻldi. Quyida Mirzo Ulugʻbek hayoti va faoliyatiga oid ayrim qiziqarli faktlar keltirildi.

2. Mirzo Ulug’bek tavalludi


Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy – 1394-yil 22-mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida, Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohrux Mirzo oilasida dunyoga kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1394-yilda Amir Temur Iroqdagi Mordin qal’asini qamal qiladi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida yozilishicha, Amir Temurga nabirasi tug‘ilgani haqida xabar keltiriladi va munajjimlar uning hukmdor va olim bo‘lishini bashorat qiladi. Temur ushbu xushxabar tufayli Mordin qal’asi qamalini to‘xtatadi va uning xalqiga yuklangan tovonni bekor qiladi. Yangi tug‘ilgan nabiraga Muhammad Tarag‘ay ismi beriladi.



Muhammad Tarag‘ay bolalik yillari buvisi Bibixonimning tarbiyasida bo‘lgan. 1405-yil Xitoyga qilinayotgan yurish boshida Temur vafot etgach, ikki yil davomida uning avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash davom etadi. Kurashda Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning qo‘li baland keladi. U o‘z davlati poytaxti sifatida Hirotni tanlaydi, Movarounnahr poytaxti bo‘lgan Samarqandni esa o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi.


1411 yilda 17 yoshli Ulug‘bek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanadi. U yoshligida fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematika va astronomiyaga katta qiziqish bildiradi. Ulug‘bek yaxshi ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, turk she’riyatidan yaxshi xabardor bo‘lgan. O‘zi ham she’rlar yozgani haqida ma’lumotlar bor.
Ulug‘bek 1447-yilda otasining vafotidan xabar topgach Balxga jo‘naydi. Bu yerda u marhum akasi Boysung‘urning o‘g‘li Alovuddavlaning Hirotda Temuriylar saltanati hukmronligini da’vo qilganidan xabar topadi. Ulug‘bek Alouddavlaga qarshi yurish qiladi va Murg‘obda bo‘lib o‘tgan jangda u bilan uchrashadi. O‘z jiyani ustidan g‘alaba qozonib, 1448-yilda Hirotga qarab yuradi. Biroq Alouddavlaning ukasi Abulqosim Bobur Mirzo unga yordamga kelib birgalikda Ulug‘bekni mag‘lub etishadi.
Ulug‘bek Balxga chekinadi va u yerda to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullatif Mirzo ison ko‘targanidan xabar topadi. Ichki nizolar boshlanadi. Abdullatif Amudaryo bo‘yida otasining qo‘shinini kutib olish maqsadida qo‘shin to‘pladi . Biroq shahardagi notinchlik xabarini eshitib, Ulug‘bek hech qanday jang bo‘lmasdan Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Abdullatif tez orada Samarqandga yetib boradi va Ulug‘bek beixtiyor o‘g‘liga taslim bo‘ladi. Abdullatif otasini hibsdan ozod qilib, Makkaga haj qilishiga ruxsat beradi. Biroq, manziliga yetib bormasdan turib otasi va ukasi Abdulazizni ham 1449-yilda qatl qildirdi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə