Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
  1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar



XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya 
va pedagogik fikrlar 
 
 
Reja: 
1. Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, 
madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy 
ahamiyati. 
2. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo’ston ul orifin» asarida ilm- 
ma‘rifat haqidagi 
 fikrlari. 
3. Mirzo Ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati.
4. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari. 
5. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari. 
6. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasi


1. Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, 
madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati. 
Temuriylar hukmronligi davri 1370 yildan Temur hokimiyat tepasiga chiqqan 
davrdan boshlanib, 1507 yil Shayboniyxon (20 may) Hirotni egallashi bilan tamom 
bo’ldi. 
Bu davr O’rta Osiyo xalqlari shu jumladan, o’zbek xalqi madaniyati ilm-fani, 
maorifi, san’ati va adabiyoti tarixiy taraqqiyotining yangi va sermahsul bir 
davridir. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlari ilm-fan, maorif, me’morchilik, adabiyot, 
tasviriy san’at, naqqoshlik, muzika va boshqa sohalarda juda katta hissa qo’shdilar. 
Shu jihatdan ko’zda tutib tadqiqotchilar bu davrni Sharq repessansi – Uyg’onish 
davri deb aytadilar. 
Iqtisodiy va madaniy sohadagi bu rivojlanish davlatning barpo qilinishi bilan 
chambarchas bog’liq edi. Xalq ommasini mug’ul zulmiga qarshi ozodlik 
hukumatidan foydalanib, u Movarounnahrdan tashqari bosqinchilik urushlari 
natijasida Eron, Iroq, Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismini o’ziga itoat 
qildirdi. Shunday qilib, O’rta er dengizidan to Xitoy chegarasigacha cho’zilgan 
katta imperiya vujudga keltirildi. Teumr qattiqqo’llik bilan o’zaro ichki urushlar va 
feodal tarqoqlikka chek qo’ydi. Temur o’zi zabt qilgan mamlakatlarning son-
sanoqsiz boyliklari bilan hunarmandlari usta va me’morlarini ham Samarqandga 
olib keldi. Bularning kuchi va mahalliy ustalarning ishtiroki bilan shaharlarda 
masjid, madrasa va madaniy-maishiy binolar barpo etdi. Ayniqsa, Samarqandning 
qiyofasi tubdan o’zgardi. Unda azim va ko’rkam binolar, bog’lar va saroylar
ko’priklar va kanallar paydo bo’ldi. O’sha davrda O’rta Osiyoning qo’shni va 
Sharq va G’arb mamlakatlari bilan savdo elchilik munosabatlari rivojlandi. 
Temurni jahonga mashhur qilgan 2 g’alabasi: To’xtamishxon va Yldirim 
Boyazid. Temur vafot etishi bilan (1405 yil) uning davlati parchalanib ketdi, ko’p 
o’lkalar undan ajralib chiqdi. Temurning vorislariga Xuroson va Movaraunnahr 
qoldi. Xuroson va Movaraunnahr taxti uchun qattiq kurash boshlanib ketdi. Uzoq 
davom etgan qonli kurashlardan keyin 1409 yilda taxtga Shohruh chiqdi. U 
Xurosonni o’ziga qoldirib, Movaraunnahrni o’g’li Ulug’bekka berdi. 1447 yilda 


Shohruh vafot etdi. 1449 yilda Ulug’bek yovuzlarcha o’ldirildi. Taxt-toj kurashlari 
yanada kuchaydi. Nihoyat, 1450 yillarga kelib bu kurash bir muncha pasaydi. 
Xuroson Abulqosim Bobirga Movaraunnahr Abusaidmirzoga o’tdi. Abulqosim 
Bobirga vafotidan keyin Xurosonni ham mustabid va johil Abusaid egallaydi. U 
1469 yilda G’arbiy Eronga hujum qilib jangda engilib halok bo’ldi. Ko’p yillar 
davomida taxt-toj uchun kurashib kelgan Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini 
egallab oladi. Alisher Navoiy va boshqa ma’rifatparvarlarning faoliyati va 
tashabbusi bilan davlat hokimiyatini bir muncha mustahkamlab oladi, 
obodonchilik, ilm-fan, maorif, san’at va adabiyot ishlariga e’tibor beradi. Biroq 
taxt-toj talashlari saroy amaldorlari fitnasi va ishratparastliklar natijasida Husayn 
Boyqaro saltanati tanazzulga yuz tutdi. Samarqand va Farg’ona hokimliklari va 
boshqa temuriy davlatlar tobora zaiflashib ketdi. Bularning barchasi temuriylar 
hokimiyatining halokatga sudradi. Bundan foydalangan Shayboniyxon (1450-
1510) Movaraunnahr va Xurosonni bosib oldi. Z.M. Bobur temuriylar hokimtyaini 
saqlab qolish uchun olib borgan ko’p yillik kurash natija bermadi. 
Temuriylar davrida 2 ta madaniy markaz mavjud bo’lib, bularning biri 
Samarqand, ikkinchisi Hirot edi. Shunisi diqqatga sazovorki, temuriy hukmdorlari 
ilm qilibgina qolmasdan, ularning ichidan atoqli olimlar, shoirlar, san’atkorlar, 
ma’rifatparvarlar ham etishib chiqqan. Buyuk astronom Mirzo Ulug’bek, shoirlar 
Mironshoh, Husayn Boyqaro, Z.M. Bobur va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
IX-XII asrlarda jahon ilm-fani taraqqiyotida mislsiz katta rol o’ynagan O’rta 
Osiyo XIV-XVI asrlarda ham tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qancha buyuk 
olimlarni etishtirdi, jahon fani taraqqiyotiga yangi hissa qo’shdi. 

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə