Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar

«Mahbubul-qulub» 
Buyuk Alisher Navoiy tomonidan o’z hayotining oxirgi chog’larida-1500 yilda 
yozilgan asar «Mahbubul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani» dir). Bu asar 
Navoiyning butun hayoti va faoliyatining yakunidir. Asar uch qismga bo’linadi: 
Birinchi
qismda ijtimoiy guruhlar to’g’risida, 
Ikkinchi 
qismda-axloq va odob-masalalari haqida, 
Uchinchi
qismi aforizm va maqollardan iborat. 
Asar xalq orasida juda mashhur edi. Asar o’zbek xalqining asrlar bo’yicha 
zolimlarga, talovchilarga qarshi kurashda erishgan g’oyalari, orzulari bilan 
sug’orilgan. 
U zulm, adolatsizlik, xoinlik, aldamchilikka qarshi xalqning o’tkir nafratini 
o’zida aks ettirgan asardir. 


Asarda zolim podshohlar haqida navoiy bunday deydi,-«Obod erlar uning 
zulmidan vayrona, kaptar tokchalari boyqushlarga uya, hayot suvini desa, to’g’ri 
demagan gunohkor, quyosh nurini qorong’u desa, ma’qul demaganning ahvoli 
chatoq, qora quzg’unni oq quzg’un desa, «g’ozni yaxshi olur» demagan aybdor. 
Yorug’ kunni qorong’u tun desa, «yulduz ko’rinayotir» demagan baloga duchor. 
Chinni aytuvchilar joniga xatar, yaxshi yo’lga undovchilarga o’limdan zarar 
bor. To’g’rilik uning qoshida noto’g’ri, aqlli uning fikricha johil». 
Navoiy bu podshohlarning vazirlarini byukrokrat, poraxo’rlik apparatining 
vakillarini xalq mulkini barbod beruvchilar, xalqqa zarba etkazuvchilar sifatida 
ko’rsatadi. 
«Bu zolimlar mulkni barbod berguvchilardir. Mulk egalari yig’ishtirganlarini 
bitiruvchilardir.
... zaxar berib, kasal o’ldiruvchi tabib ularga bo’lsin nasib, bularning barchasi 
chayonlar, xaloyiqqa etkazur ziyonlar». 
Alisher Navoiy sotqin qozilar, muftilarga ham nafrat va g’azab bilan qaradi. 
Ularning ishlari poraxo’rlik asosida qurilganini, ularning hiylalarini fosh etdi. 
«... bir savat uzum uchun bir bog’ni kuydirmoqdan g’am tortmaydi. Poraxo’r 
qozi pora berib, qozilik uchun yorliq ola bilganidek, pora olib, qonunni ham buza 
oladi. O’qimagan qozikim may ichgay o’ltirishi do’zax o’tiga etmasdan burun 
kuydirgulikdir». 
Alisher Navoiy noinsof savdogarlar, chayqovchilarni ham o’zining qamchisi 
ostiga oladi. Navoiy dehqonlarga yuqori baho beradi. Dehqonlarning mehnatini 
jamiyatning asosi, obodonchilikni negizi sifatida ilgari suradi. 
«Dehqon don sochar, er yormoq bilan tirikchilik yo’lini ochar...».
Olamning obodonligi ulardan, kishilarning xursandligi ulardan haryon qilsalar 
harakat, elga ham quvvat, ham barakot etkazur.... 
Alisher Navoiyning xalqqa muhabbati, uning turmush bilan qiziqishi folklorni 
ham sevdirdi. «Mahbubul-qulub» maqol va aforizmlarga boy, folklor bilan 
sug’orilgandir. 



Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə