Guliston davlat universiteti mustaqil ish



Yüklə 40,12 Kb.
səhifə1/3
tarix30.05.2023
ölçüsü40,12 Kb.
#114268
  1   2   3
apapatoza


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH
Mavzu: Hujayra apoptozi va uning biologik ahamiyati
Bajardi: Oripova Laylo
Qabul qildi: _______________

Guliston – 2023


Mavzu:Hujayra apoptozi va uning biologik ahamiyati
Reja;

  1. Apoptoz bu nima?

  2. Nega hujayralar apoptozga uchraydi?

  3. Apoptoz mexanizmi


Apoptoz bu rejalashtirilgan oʻlim yoki “hujayraning oʻz joniga qasd qilishi”dir. Bu hujayralar shikastlanish tufayli nobud boʻladigan nekrozdan farq qiladi.
Apoptoz – bu keraksiz hujayraning tarkibiy qismlari immun hujayralar tomonidan “yigʻish” uchun mayda membrana qadoqlariga oʻraladigan tartibli jarayon.
Apoptoz rivojlanish jarayonida (ortiqcha) hujayralarni yoʻq qilish, xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan saraton va virus bilan infeksiyalangan hujayralardan organizmni tozalash va odam tanasida muvozanatni taʼminlash vazifasini bajaradi.
Video: apoptoz
Khan Academy video muqovasi
Apoptosis
Video taglavhalariga qarang
Siz tanangizdagi hujayralarning nobud boʻlishini noxush jarayon deb oʻylashingiz mumkin. Koʻp jihatdan bu toʻgʻri: shikastlanish tufayli hujayralarning nobud boʻlishi albatta yomon (misol uchun, zararli kimyoviy vositalardan). Lekin tanamizdagi hujayralarning tasodifiy tartibda emas, balki oldindan rejalashtirilgan tartibda oʻlim topishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, barmoqlaringizning tuzilishini hech diqqat bilan kuzatganmisiz? Aniqlanishicha, embrional rivojlanish davrida barmoqlar orasidagi hujayralar rejalashtirilgan oʻlimga uchraydi. Agar shunday boʻlmasa, barmoqlaringiz qoʻshilgan boʻlar edi yoki barmoqlar emas, balki suzgichga ega boʻlar edingiz.
Embrion barmoqlari orasidagi hujayralarning oʻlimi apoptoz deyiladi, bu rejalashtirilgan oʻlim degani. Rejalashtirilgan oʻlimda hujayralar maʼlum taʼsir natijasida “oʻz joniga qasd qiladi”. Apoptoz hujayraning oʻlimiga olib kelsa ham, umumiy organizm uchun foyda keltiradi (masalan, barmoqlarning toʻgʻri rivojlanishi yoki saraton rivojlanishi oldini olish). Bu maqolada apoptozni chuqurroq oʻrganib, uning qachon sodir boʻlishi va qanchalik muhim ekanini bilib olamiz.
Apoptoz va nekroz
Kengroq qilib aytganda, koʻp hujayrali organizmlarda hujayra oʻlimining ikki xil shakli bor:
Ular oʻzlariga zarar keltiruvchi (fizik yoki kimyoviy) taʼsir natijasida nobud boʻladi va bu jarayon nekroz deb ataladi.
Ular rejalashtirilgan oʻlimga berilgan turtki natijasida nobud boʻladi. Bu oʻlimning eng yaxshi oʻrganilgan shakli apoptozdir.
Nekroz va apoptoz turli vaziyatlarda sodir boʻladi va turli bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Oddiyroq qilib aytganda, nekroz tartibsiz jarayon boʻlib, yalligʻlanish natijasida immun javobni keltirib chiqaradi. Apoptoz esa toza va tartibli jarayon va u hujayralarni kichik boʻlaklarga boʻlib, boshqa hujayralar tomonidan qayta ishlanishi uchun qulay holatga keltiradi.
Nekroz (tartibsiz jarayon)
Hujayralar zararli omillar (shikastlanish yoki zararli toksik moddalar) taʼsiriga uchraganida, nobud boʻlishdan oldin hujayra ichi tarkibiy qismlarini “toʻkib tashlaydi”. Zararlangan hujayraning plazma membranasi endi ionlar va suvning oʻtishini nazorat qila olmasligi sababli hujayra shishib ketadi va uning tarkibi plazma membranasidagi teshiklardan oqib chiqadi. Bu jarayon koʻpincha toʻqimadagi nobud boʻlgan hujayralar atrofida yalligʻlanishni keltirib chiqaradi.
Apoptoz (tartibli jarayon)
Apoptozga uchrovchi hujayralar boshqacha tuzilgan va ancha tartibli jarayondan oʻtadi. Ularning yuzasida pufakchaga oʻxshash teshiklar (texnik nom: “pufakchalar”) paydo boʻladi. Yadrodagi DNK mayda boʻlaklarga boʻlinadi va ayrim hujayra organellalari, masalan, endoplazmatik toʻr parchalanadi. Oxir-oqibat butun hujayra membranalar toʻplami bilan oʻralgan mayda qismlarga boʻlinadi.
Bu boʻlaklarning taqdiri nima boʻladi? Ular makrofaglar kabi qoldiqlarni parchalovchi (fagotsitar) immun hujayralarini jalb qiladigan signallar chiqaradi. Shuningdek, nobud boʻlayotgan hujayraning boʻlaklari oʻz yuzasiga fosfatidilserin deb nomlangan lipid molekulasini chiqaradi. Fosfatidilserin odatda membrananing ichki qismida yashiringan boʻladi, tashqi tomondan esa fagotsitlarga hujayra parchalarini bogʻlab, “yeyish”ga imkon beradi.
Apoptoz - bu tartibli programmalashtirilgan hujayra oʻlimining bir turi. Apoptoz natijasida hujayra apoptotik tanachalarga boʻlinib ketadi. Apoptotik tanachalar esa tezda (oʻrtacha 90 minut) makrofaglar yoki qoshni hujayralar tomonidan yalligʻlanishga yol qoymay yutib olinadilar.
Koʻp hujayrali organizmda apoptoz ikki yo'l bilan vujudga kelishi mumkin:
1) Tashqi signallar boʻylab. 2) Mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali.
Umurtqali organizmlarda mitoxondriyaviy signal yoʻl orqali boʻlib oʻtadigan programmalashtirilgan hujayra oʻlimi koʻproq uchraydi.
Apoptozning mitoxondriyaviy signal yoʻli hujayra sitoplazmasiga apoptogen oqsillarning chiqishi natijasida boʻlib oʻtadi. Bu ikkita sababdan kelib chiqishi mumkin: 1. mitoxondriyaning membranalari yorilishi va 2. mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligini oshib ketishi natijasida.
Mitoxondriya membranalarining oʻtkazuvchanligi oshishida apoptotik Bcl-2-oqsillar (Bax va Bak oqsillari) katta ahamiyatga ega. Bcl-2-oqsillar mitoxoxondriya membranalariga oʻtirib sitoplazmaga apoptozda ishtirok etadigan oqsillarni - sitoxrom c, prokaspaza va AIF-flavoproteinlarni - chiqib ketishini taʼminlab beradi.

Yüklə 40,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə