Guliston davlat universiteti mustaqil ish


Nega hujayralar apoptozga uchraydi?



Yüklə 40,12 Kb.
səhifə2/3
tarix30.05.2023
ölçüsü40,12 Kb.
#114268
1   2   3
apapatoza

Nega hujayralar apoptozga uchraydi?
Inson tanasidagi koʻplab hujayralar apoptozga uchrash qobiliyatiga ega (xuddi DNKni nusxalash yoki energiya beruvchi molekulalarni parchalash qobiliyatiga ega boʻlgani kabi). Muhimi, apoptoz – bu organizmning ortiqcha hujayralarini yoʻq qilishining umumiy va qulay usuli.
Rivojlanish jarayonida baʼzi hujayralarni “yoʻq qilish” zarur boʻladi, masalan, yaxlit tuzilma boʻlgan qoʻlni toʻqima tarkibidan ajratish uchun.
Ayrim hujayralar anormal boʻlishi va yashab qolgan taqdirida organizmga xuddi virus bilan infeksiyalangan yoki shikastlangan DNKga ega hujayralar singari zarar yetkazishi mumkin.
Katta yoshli organizmdagi hujayralar yangi hujayralar paydo boʻlishiga yoki vaqtincha vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujayralarni chiqarib tashlash, yaʼni muvozanatni saqlash uchun yoʻq qilinishi mumkin.
Apoptoz embrional rivojlanishning bir qismi
Koʻp organizmlarda rejalashtirilgan hujayra oʻlimi normal rivojlanishning bir qismi hisoblanadi. Ayrim hollarda rivojlanish davrida apoptoz juda aniq tarzda sodir boʻladi: C. elegans chuvalchangida
131131131 ta hujayra apoptoz orqali nobud boʻladi, chunki chuvalchang bitta hujayradan kattalashib voyaga yetadi (va biz uning qaysi hujayradan rivojlanishini aniq bilamiz).
Apoptoz inson rivojlanishida ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. Masalan, kirish qismida koʻrganimizdek, embrional davrda qoʻlingiz suzgichsimon toʻqima boʻlagidan iborat boʻladi. Boʻlakcha orasidagi hujayralarning apoptozi rivojlanayotgan barmoqlarga “oʻyilgan” shakl beradi.
Rivojlanayotgan sichqon panjasi tasvirlangan rasm. Barmoqlar orasidagi apoptozga uchragan hujayralar alohida belgilangan.
Rivojlanayotgan sichqon panjasi tasvirlangan rasm. Barmoqlar orasidagi apoptozga uchragan hujayralar alohida belgilangan.
Rasm manbasi: “Apoptozning susayishi va orqa oyoqlarda xondrogenezning kuchayishi hisobiga toʻrtinchi barmoq ikkilanishi yuz beradi”, Farin et al tomonidan.
2 squared, CC BY 4.0.
Bu jarayon barmoq yoki oyoq barmoqlariga ega boʻlgan umurtqali hayvonlarning barcha turlarida uchraydi va apoptoz kamroq darajada sodir boʻlsa, barmoqlar orasida koʻproq bir-biriga yaqin joylashish holatlari yuzaga keladi. Baʼzan barmoq yoki oyoq barmoqlarining rivojlanishida kichik xatolik yuz bersa, apoptoz toʻliq boʻlmasligi mumkin (bu barmoqlar bir-biriga qoʻshilib qolishiga olib keladi).
Normal rivojlanish davomida yuz beradigan apoptozga yana bir misol sifatida, baqaga aylanish davomida itbaliqlarda dumning yoʻqolib ketishi va miyadagi ortiqcha va keraksiz neyronlarning yoʻq qilinishini keltirishimiz mumkin.
Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi
Baʼzi hollarda, hujayraning tirik qolishi tananing qolgan qismi uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Masalan, DNKsi zararlangan hujayralar, saraton oldi hujayralari va viruslar bilan zararlangan hujayralar shunday xususiyatga ega. Agar bu hujayralar apoptozga uchrasa, organizmning qolgan qismiga nisbatan boʻlgan xavf (masalan, saraton yoki virusli infeksiyaning tarqalishi) olib tashlanadi.
Agar hujayraning DNKsi shikastlangan boʻlsa, hujayra odatda shikastni aniqlaydi va uni tuzatishga harakat qiladi. Agar shikastlanish tuzatib boʻlmaydigan darajada boʻlsa, hujayra odatda oʻz-oʻzini apoptozga uchratadi va bu shikastlangan DNK tarqalishining oldini oladi. Agar hujayralar DNKsiga zarar yetsa, ammo apoptozga uchramasa, ular saraton kasalligiga aylanishi mumkin.
Ayrim hollarda, ichki apoptoz hujumidan qochgan saraton oldi hujayralari immun hujayralar tomonidan aniqlanadi, ular tashqi signal yoʻli orqali apoptozni qoʻzgʻatishga harakat qiladi. Omadli saraton hujayralari odatda apoptozni keltirib chiqaradigan ichki va tashqi taʼsirlarni yoʻq qilishga qodir. Bu ularga nazorat doirasidan ajralib chiqishga va mutatsiyalarni keltirib chiqarish (DNKni oʻzgartirish)ga imkon yaratadi.
Apoptoz immun funksiyasining kaliti
Apoptoz sogʻlom immun tizimining rivojlanishi va bir maromda ishlashida ham muhim rol oʻynaydi. B va T (spetsifik molekula bogʻlovchi) hujayralar ishlab chiqarilganda birinchi navbatda organizmning “oʻz” shaxsiy toʻqimasiga qarshi reaksiya bildirish yoki bildirmasligi tekshiriladi. Qarshi reaksiya bildirgan taqdirda, bunday hujayralar apoptoz yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Bu jarayon buzilsa, organizmda oʻz toʻqimalariga qarshi boruvchi hujayralar paydo boʻladi va bu autoimmun jarayonlarga olib keladi.
Bundan tashqari, apoptoz patogenga qarshi paydo boʻlgan immun javobni pasaytirishda ham ahamiyatga ega. Patogen aniqlanib, immun sistema hujayralari tomonidan tanilgach, uni yoʻq qilish uchun immun hujayralari tez koʻpayishni boshlaydi. Organizm patogendan tozalangach endi ahamiyatga ega boʻlmagan immun hujayralari immun sistemada gomeostazni taʼminlash uchun apoptozga uchraydi.
Apoptoz - bu tartibli programmalashtirilgan hujayra oʻlimining bir turi. Apoptoz natijasida hujayra apoptotik tanachalarga boʻlinib ketadi. Apoptotik tanachalar esa tezda (oʻrtacha 90 minut) makrofaglar yoki qoshni hujayralar tomonidan yalligʻlanishga yol qoymay yutib olinadilar.

Yüklə 40,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə