Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy


-masala. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar

 
6-masala. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasi. 
XV asrda faqat Eronda emas, balki Xuroson va Movaraunnahrda ham ijtimoiy-
falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlardan biri Jaloliddin 
Davoniydir. Jaloliddin Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Alisher Navoiy, 
Abdurahmon Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko’p jihatdan tutash keladi. Ular 
dunyoqarashining mag’zini komil insonni tarbiyalash uchun yuksak insoniy 
fazilatlarini tarkib toptirishda tashkil etadi. 
Jaloliddin Davoniy umrining oxirgi yillarini o’z qishlog’ida o’tkazgan. Olim 
1502 yilda vafot etgan. U Kazarun yaqinidagi qishlog’i Davonga dafn etilgan. 
Davoniy o’z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qomusiy 
olim. Uning yirik olim bo’lib etishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham 
katta ta’siri bo’lgan. Chunki, ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan 
va madaniyat markazida taraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, 
shuningdek, Vizantiya, Ozarbayjon, qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va 
Jurjon olimlari bilan uzviy aloqada bo’lgan. Ayniqsa, Hirotda bo’lganda mashhur 
shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u erdan 
ketganidan so’ng ham alloma bilan xat yozishib turgan. 
Demak, Davoniyning etuk olim bo’lib etishishida Yaqin va O’rta Sharq, 
Movarounnahrdagi etuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil bo’lgan. 
Davoniyning madrasadagi uzoq vaqt muddarislik faoliyati uning ta’lim-tarbiya 
to’g’risida o’z qarashlariga ega ekanligini ko’rsatadi. 
H. Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Jaloliddin Davoniyning hayoti va 
faoliyati, ilmiy-pedagogik merosini Sharq va G’arb olimlari Xondamirning «Habib 
us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq etganlar. Samarqandlik olim Abu Tohir 
Xo’janing «Axloqiy Muzaffariy», Shamsiddin Somiyning «Qomus al-allom» 
asarlarida alloma haqida ma’lumotlar berilgan. Lekin H. Aliqulov Jaloliddin 


Davoniy haqida batafsil ma’lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin Davoniy» nomli 
kitobida, A.M. Shastrinning «Islom madaniyati haqida lavhalar» nomli asarida, 
ingliz tilida chop etilgan «Islom qomusi», M. Duayt va D.D. Donaldsonlarning 
kitoblarida ancha batafsil aytib o’tilganini ta’kidlaydi. 
H. Aliqulovning tadqiqotlarda ma’lum bo’lishicha, Davoniydan quyidagi ilmiy 
meros qolgan: «Risolai isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqida risola), «Risolai 
ul-mufradot» (Moddalar haqida risola), «Risolat ul-huruf» (Harflar haqida risola), 
«Risolati fi tavjix ul-tashbix» (Majoz talqini haqida risola), «Risola dar elm un-
nafs» (Ruhshunoslik to’g’risida), «Tariqati tarbiyat ul-avlod» (Bolalarni 
tarbiyalash usuli), «Arznoma» (Armiyani boshqarish qoidalari) kabilar shular 
jumlasidandir. 
Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotiga etishida aqliy va 
axloqiy shakllanishi masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy ham boshqa 
mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. 
Masalan, Abu Nasr Farobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi 
inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega 
bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok 
qilishni to’g’ri talqin etdi. Jaloliddin Davoniy insonning kamolga erishishi uning 
boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, 
ma’lum ijtimoiy muhitda boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan inson 
o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi 
mumkin deydi. Shuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli fozil 
shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Farobiy kabi Davoniy ham fozil shahar 
boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak deydi. 
Bular: birinchisi-hukmdor odamlarni e’zozlashi, ikkinchisi-davlat ishlarini adolatli 
ijro etishi, uchinchisi-hirs va shahvatga berilmasligi, to’rtinchisi-hukmdorlikda 
shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga 
asoslanishi, beshinchisi-xalqining ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan 
kelib chiqishi, oltinchidan-xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga 
harakat qilish, ettinchisi-xalqqa nisbatan odil bo’lishi, sakkizinchisi-har bir ishni 


maslahatlashib, kengashib hal etishi, to’qqizinchisi-har bir kishini uning 
qobiliyatiga monandlavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim 
bermaslikni, o’ninchisi-adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l 
qo’ymaslik kabilardir. Shuningdek, Jaloliddin Davoniy hukmdorning diniy 
majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki, 
adolatli shoh timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir. 
Davoniy ayniqsa, dehqonchilik kasbini ulug’laydi. Davoniy ham barcha 
mutafakkirlar kabi dehqonning mehnatiga yuqori baho beradi. Zero, dehqon 
odamlarni oziq-ovqat, moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Olim agar dehqon 
bo’lmasa, inson zoti mayda savdogarlardek yo’q bo’lib ketgan bo’lur edi, chunki 
boshqa toifadagi kishilar inson hayot kechirishi uchun ulardek moddiy ne’mat 
yarata olmaydilar, balki bunyod qilingan narsalarni boshqa kishilarga beradilar
joydan-joyga olib boradilar, shaklini o’zgartiradilar, deydi. Demak, Davoniy 
dehqon mehnatini boshqa kishilarning mehnatidan yuqori qo’yadi. Ko’rinib 
turibdiki, uning dehqon mehnati haqidagi fikrlari boshqa Sharq mutafakkirlarining 
fikri bilan hamohangdir. Masalan, Navoiy dehqon mehnatidan hatto qurt-
qumursqalar, hashoratlar, hayvon va parrandalar ham bahramand bo’lishini o’z 
vaqtida haqqoniy baholagan. 
Davoniy mardlik va shijoatkorlikni ham insonning eng zarur fazilatlaridan, 
deb hisobladi. U shijoatga kamtarlik, yumshoq fe’llik, botirlik, sabot-matonat, 
chidamlilk kabi sifatlarni kiritadi. Shijoatga kishining hatti-harakati va boshqalar 
bilan munosabatini baholaydigan tushuncha deb qaraydi. 
Olim agar inson biror xavf-xatarga duch kelsa, o’zini mahkam tutib 
esankiramasligi, sabotli bo’lishi zarurligi, ana shu xislatlar shijoatga kirishini 
aytadi. Shijoatkorlik ham aqlga bo’ysunishi kerak, deydi. Davoniy askarlarni 
shijoatli jasur kishilar deydi, chunki ular davlat chegarasini qo’riqlaydi, davlatni 
mudofaa qiladi, shuning uchun hukmdor ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi, 
moddiy yordam berishi zarur, deb ko’rsatadi. U ba’zi kishilar tashqi ko’rinishidan 
shijoatli ko’ringanlari bilan jasurlik va shijoatni o’zlarining manfaatlari yo’lida 


namoyon etadilar. Bunday xatti-harakatlarni shijoatlikka kiritish mumkin emas 
deydi. 
Davoniy ham Farobiy kabi shaharlarni fozil va odil shaharlarga bo’ladi. Fozil 
shaharlarni odil podsho idora qilsa va o’z hukmlarida adolatga rioya qilsa va 
ta’magirlikni aql bilan daf’ etsa, johil shahar boshlig’i o’z manfaatini ko’zlab ish 
yuritadi va boylikka hirs qo’yib, xalq fikri bilan hisoblashmaydi, deydi. 
Uning ta’kidlashicha, davlatni idora etuvchi adolatsiz bo’lsa, uning qo’l 
ostidagi ham ta’magirlik, yolg’onchilik va boshqa hatti-harakatlar qiladilar, ya’ni 
podshoh ishini fuqarolar ham takrorlaydi. Xullas, fuqarolarning yaramas xulq-
odoblari uchun ham qukmdor aybdor sanaladi, deydi. Agar hukmdor adolatli 
bo’lsa, boshqalar ham adolatli bo’lishga harakat qiladi, deydi. 
Davoniy odil shohni mohir tabibga o’xshatadi. Dono tabib odamlar 
salomatligini doimo kuzatib, uning holatini mo’’tadillashtirib borgani kabi odil 
shoh ham fuqarolarini yo’ldan adashsa, ularni to’g’ri yo’lga solib boradi, deydi. 
Davoniy ilohiy sevgini tan olsa ham, mavjud dunyodagi sevgini inkor etmadi. 
U kishilarni noz-ne’matlardan bahramand bo’lish, ilm-fan, tabiatni o’rganishga, 
ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanishga chaqirdi. 
Davoniyning tarbiya tizimida odamlarda uchraydigan nuqson va yaramas 
odatlarni bartaraf etish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovor. Masalan, Davoniy 
salbiy ruhiy quvvatlar: jahl, g’azab, hasad, g’amginlik, dangasalik va boshqalar 
haqida gapirib, bular ruhiy jarayon bo’lib, ularni davolash yo’llari, usullari haqida 
gapiradi. Chunki bu ruhiy kasalliklar ham inson tanasidagi kasalliklarga o’xshab, 
davoga muhtoj deydi. Uning fikriga ko’ra kishi tanadagi kasalliklarni tibbiyot yo’li 
bilan davolansa, kishilarning yaramas odatlarini ruhiy ta’sir natijasida davolash 
mumkin. Jismoniy davo ovqat yoki dori-darmon vositasida amalga oshiradi. Ruhiy 
kasalliklarni davolash esa, yuqoridagi usullardan bir muncha vaqt farq qiladi. 
Ruhiy kasalga chalingan odam eng avvalo yaxshi hatti-harakatlar qilishga 
odatlanishi zarur. Shundagina u yomon odatlardan xalos bo’ladi, deydi.


XULOSA 
Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta 
nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql, g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi 
hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin. Chnuki hayvonning aqli bo’lmaganligi 
tufayli, u g’azab quvvatini o’ziga bo’ysundira olmaydi. Inson aqli bo’la turib, 
g’azabni bo’ysundira olmasa, buni hech qachon kechirishi mumkin emas. U 
hamma vaqt o’z g’azabini aqlga bo’ysundirishga harakat qilish kerak. Shundagina 
u haqiqiy inson bo’lib etishishi mumkin, deydi. Olim kishilar ruhiyati haqida 
gapirar ekan, g’azabyu quvvatini quyidagilarga bo’ladi: ba’zilar tez g’azabga 
keladi va tez jahldan tushadi. Ba’zilar tez g’azablanib, uzoq vaqt jahldan tushmay 
yuradilar. Davoniy g’azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb, eng oxirgisini 
yomoni deb belgilaydi.
Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb 
ishonadi va ularni yaxshi maslahat berish, so’z bilan, jazo va mehnat qildirish 
yo’llari bilan tarbiyalasa bo’ladi, deb hisoblaydi. 



Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə