Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy


-masala. Mirzo ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix14.06.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#117133
1   2   3   4   5   6   7   8
XIV-XVI asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar

3-masala. Mirzo ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati 
Ilm-fan va ma’rifatning rivojlanishida Ulug’bekning roli katta bo’ldi. 
Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda 


tug’ildi. Yuqorida aytganimizdek, Temur vafotidan keyin 4 yil davom etgan toj-
taxt uchun kurashlari natijasida hokimiyat Ulug’bekning otasi Shohruh Mirzo 
qo’liga o’tdi. Shohruh Mirzo o’zi Xurosonda podsholik qilib, poytaxti Samarqand 
bo’lgan Movaraunnahrni Ulug’bekga topshirdi. Biroq Ulug’bek boshqa temuriy 
hukmdorlardan ko’p farq qilar edi. U yangi viloyatlarni qo’lga qo’lga kiritishga, 
davlatni kengaytirishga emas, balki ko’proq obodonchilikka, ilm-fan va 
ma’rifatning rivojlanishiga e’tibor berdi. Jumladan, u Buxoro, Samarqand
G’ijduvon va boshqa shaharlarda madrasalar qurdirdi. U Buxoro madrasasining 
darvozasiga «Ilmga intilish xar–bir muslim va muslima uchun karzu-farzdir. 
Degan xadisni yezdirib kuygan.Demak. u musulmon erkaklаr bilan bir qatorda 
xotin-qizlarning ham ilm olish huquqini himoya qilgan. Ayniqsa, Samarqanddagi 
Ulugbek madrasasi mamlakatda diniy va dunyoviy ilmlarni tarqatishda tabiiy 
fanlarni rivojlanishda o’ziga xos markaz rolini o’ynadi. Madrasaning birinchi 
mashg’ulotini mashhur olimlar Muhammad Xavofiy va Qozizoda Rumiylar 
o’tkazgan edi.Madrasa yirik ilmiy markazga aylandi. Ulug’bek, G’iyosiddin 
Jamshid, Abuali Birjandiy, Mansur Koshiy, Ali Qushchi, Maryam Chalabiy va 
boshqa olimlar astronomiya, matematika, geometriya va boshqa fanlardan 
muntazam ilmiy ish olib bordilar. Ulug’bek bu olimlarning yordami bilan 
Samarqandda Obirahmat arig’i yonida Ko’xaq tepaligida 1424 yilda katta 
rasadxona-observatoriya qurdi. Bu observatoriyadagi asboblar, jumladan asosiy 
asbob bo’lgan sekstant o’z aniqligi bilan XV asrning barcha observatoriyalaridagi 
asboblardan ustun turadi. Ulug’bek bu observatoriyada ertayu-kech kuzatish olib 
boradi, sayyoralar olamining sirlarini aniqlaydi. 1018 yulduzning holati va 
harakatini o’rganib chiqadi. 
Astronomiya fanini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’taradi. O’z kuzatishlarini 
yakunlab o’zining yirik asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy (Yangi Ko’ragoniy yulduzlar 
jadvali)ni» yozadi. Bu asar nazariy kirish qism va 4 katta bobdan iborat. Kirish 
qismida «Din tumanday to’zg’ib ketadi. Podsholiklar emiriladi, ammo olimlarning 
xizmatlari mangu qoladi»-deb yozadi. Shuning bilan insoniyat uchun fanning 
ahamiyatini yuksak baholaydi. Bu asarida Ulug’bek hindlar, greklar, eronliklar va 


boshqa xalqlarning kalendarlarini tanqidiy tahlil qilib, o’zidan oldin o’tgan 
Erotosfen, Gipparx, Ptolomey, Al-Battoniy, Ibn Yunus, Nasriddin Tusiy va boshqa 
astronomlarning muvaffaqiyatlarini orqada qoldirgan edi. Sayyoralar olamini 
o’rganishda, yil, hafta, kecha-kunduzni belgilashda mislsiz katta yutuqlarga 
erishdi. Ulug’bek yilni takomillashmagan asboblar bilan o’lchab hisoblashda atigi 
58 sekundda xato qilgan (hozirgi zamon hisobi bo’yicha 2 yil 365 kun 6 soat 9 
minut 10 sekunddan iborat). 
Ulug’bek tuzgan bu yulduzlar jadvali vaqt ustidan nazorat qilishda, kun, hafta, 
oy va yillarni to’g’ri belgilashda shahar va mamlakatlarning koordinatalarini 
aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
1 oy harakatiga hijriy kalendar asoslangan arab kalendari bo’yicha 
hisoblaganda har yuz yilda 3 yil tafovut chiqadi. (Hozirgi Grigoryan kalendarida 
ham har 4 yilda 1 kun ortib qoladi. U qobisa yiliga qo’shib hisoblanadi). Ulug’bek 
san’at ahillari va shoirlarga homiylik qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, u muzika 
kuylari ham yaratgan, she’rlar yozgan. Ulug’bekning ilm va ma’rifat bilan keng 
shug’ullanishi, san’at va adabiyotga ixlosi xotin-qizlar taqdiriga gumanistik 
munosabatda bo’lishi va boshqa ilg’or harakatlari reaktsion ruhoniylar 
boshchiligida barcha reaktsion qora kuchlarni o’rtadan olib tashlash uchun chora-
tadbir ko’rdilar. Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda yovuzlarcha o’ldirdi 
Samarqand Ulug’bekdan keyin ham uzoq vaqtgacha O’rta Osiyoning katta 
ilmiy va madaniy markaz bo’lib qoldi. XV asrning ikkinchi yarmida maydonga 
chiqqan buyuk Alisher Navoiy ham, uning ustozi Jomiy ham Samarqandda 
o’qiganlar. 
Hirot asta-sekin Xuroson va Movaraunnahrning yirik madaniy markaziga 
aylana boshladi. Bu shaharda XV asrning II yarmida adabiyot, san’at, maorif, 
muzika, xattotlik, minatyura san’ati taraqqiy eta bordi. 

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə