Reja: Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim va transport ekologiyasi



Yüklə 19,01 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,01 Kb.
#137227
Barqaror taraqqiyot uchun ta\'lim va transport ekologiyasi


Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim va transport ekologiyasi
Reja:
1.Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim va transport ekologiyasi
2. Barqaror taraqqiyot yo’nalishi

Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy tashkilotlar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorligi yuksak darajada rivojlanmoqda. Jumladan, 2017 yildan buyon ushbu bank mamlakatimizga 3,3 milliard yevro investitsiya kiritdi. O‘tgan vaqt mobaynida O‘zbekiston YETTBning mintaqadagi yetakchi hamkoriga aylandi. Moliyaviy tashkilot Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishining Samarqandda o‘tkazilishi ham fikrimizni tasdiqlaydi.


Azaldan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan ushbu qo‘hna shahar Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni o‘zaro bog‘laydigan, Yevropa, Osiyo va Afrika qit’alari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnologik almashuvlar makoni bo‘lib xizmat qilgan. Xalqimiz bu zaminda turli sivilizatsiyalar o‘rtasida yuksak muloqot madaniyati shakllangani bilan doimo faxrlanib keladi. Dunyoning barcha mintaqalaridan 2500 dan ortiq mehmonlar ishtirok etayotgan ushbu anjuman ana shu ezgu an’analarni yangi bosqichda davom ettirib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ko‘prigini yanada mustahkamlaydi.
Bank rahbariyati, xorijiy hukumatlar, yetakchi transmilliy korporatsiyalar, sanoat xoldinglari, xalqaro moliya institutlari, umuman, dunyoning 70 ta mamlakatidan kelgan soha ekspertlari va tahlilchilari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda global iqtisodiyot istiqbollari tahlil qilindi. Iqtisodiyot barqarorligiga sarmoya kiritish, xalqaro savdoni rag‘batlantirish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, raqamlashtirishni jadallashtirish, moliyaviy infratuzilmani modernizatsiya qilish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, “yashil” iqtisodiyot dasturini ilgari surish masalalari forumning markaziy mavzulari bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etib, bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emasligini qayd etdi. So‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘lamiga to‘xtaldi.
Ta’kidlangandek, O‘zbekistonda inson huquqlarini amalda eng oliy qadriyat darajasida ta’minlash maqsadida majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi. So‘z va e’tiqod erkinligi, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar bugun xalqaro hamjamiyat tomonidan ham alohida e’tirof etilmoqda. Yurtimizda ilk bor kambag‘allik borligi tan olindi va uni qisqartirish uchun samarali tizim yaratildi. Eng asosiysi, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud mustaqilligi va odil sudlov institutini mustahkamlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash borasidagi islohotlar qat’iy davom ettirilmoqda.
Jamiyatimizda korrupsiyaga murosasiz bo‘lish muhitini shakllantirish eng ustuvor vazifaga aylandi. Xorijiy investorlar uzoq kutgan yengillik va imkoniyatlar iqtisodiy islohotlarimizda o‘z aksini topmoqda. Valyuta tizimi erkinlashtirilgani, tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha to‘siqlar olib tashlangani, bojxona bilan bog‘liq yengilliklar tashqi savdo aylanmasini ikki karra oshirdi. Shuningdek, soliq yuki qariyb 2 barobarga kamaytirildi. Natijada yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017 yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.
Bugun o‘z eshiklarini dunyoga yanada kengroq ochayotgan Yangi O‘zbekistondagi bu kabi o‘zgarishlar Samarqand anjumanida ishtirok etayotgan xalqaro moliyaviy tashkilotlar vakillari tomonidan ham yana bir bor e’tirof etildi.
O‘zbekiston YETTB bilan xususiylashtirish va xususiy sektor uchun keng sharoitlar yaratish, infratuzilma, tibbiyot, ta’lim, transport, ekologiya kabi davlat ixtiyoridagi sohalarda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish, “yashil iqtisodiyot”, ayniqsa, “yashil energiya” sohalarini jadal rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, suvni tejash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.
Ta’kidlash lozim, 1991 yilda tuzilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bugungi kunda dunyodagi eng yirik moliya instituti hisoblanadi. Bankning asosiy maqsadi mamlakatlarga bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish, monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Bankning ustav kapitali 30 milliard yevroni tashkil etadi va o‘z obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlarida chiqarish orqali mablag‘ jalb qiladi. Bank tomonidan o‘tgan yillar davomida umumiy qiymati 180 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 6500 dan ko‘p loyihalar amalga oshirilgan.
Muxtasar aytganda, mana shunday nufuzli tadbirning o‘tkazilishi xalqaro savdoni rag‘batlantirish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, raqamlashtirishni jadallashtirishga xizmat qiladi.
Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə